«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet50/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Topshiriq va savollar
1. Qorin devori jarohatlarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Qorin devori jarohatlarining qanday turlari mavjud?
3. Qorin devori jarohatlarida qanday asoratlar kuzatiladi?
4. Qorin devori jarohatlarida ichak va charvi chiqib qolganda qanday xirurgik davolash usullari qo‘llaniladi?
5. Qorin devori flegmonasida qanday davolash amalga oshiriladi?
6. Travmatik peritonit va retikuloperitonitlarni qanday sabablar keltirib chiqaradi?
7. Qorin va qorin bo‘shlig‘i shikastlarishlarini aytib bering?
8. Dabbalarni tasniflanishi va klinik belgilari.
9. Kindik dabbalarini davolash.
10. Qorin dabbalarini keltirib chiqaruvchi omillar va ularni davolash.
13-Mavzu: SIYDIK - JINSIY A’ZOLAR KASALLIKLARI.


Darsning maqsadi. Siydik va jinsiy a’zolarning xirurgik kasalliklari: balanopostit, akropostit, fimoz, parafimoz, falajlanish, gematoma, o‘smalar, lat yeyish, orxit, epididimit, siydik kanali, urug‘don ortig‘i va jinsiy bezlar yallig‘lanishlarining klinik belgilari, differensiasiyasi va davolash usullarini o‘rganish.
Jihozlar, asbob-uskunalar va hayvonlar: kateter, xirurgik asboblar, xirurgik ipak iplari, shprislar va inyeksiya ignalari, steril bog‘lov jihozlari solingan biks, og‘riqsizlantiruvchi va neyroleptik moddalar (500 ml 10 foizli xloralgidrat eritmasi, rampun, aminazin 0,5-1 foizli novokain), antiseptiklar (kaliy permanganat 1:1000, 3 foizli vodorod peroksidi, Vishnevskiy linementi, antibiotik va sulfanilamidlar), yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kasalliklar bilan kasallangan buqa, qo‘chqor, ot va boshqa hayvonlar.
Darsning o‘tilish uslubi. Dars klinikada, otchilik fermer xo‘jaligida yoki kafedraga qarashli qoramolchilik fermerlik xo‘jaligida, oldindan kasal hayvonlarni ajratib qo‘yib o‘tkaziladi. Hayvonlar soniga qarab talabalar 3-4 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadilar va alohida topshiriqlar oladilar.
Oldin hayvon umumiy tekshiriladi, keyin patologik jarayon o‘rganiladi. Kasallikning sababi, klinik belgilari va o‘xshash kasalliklar bir-biridan farqlanadi.
Balanopostit, orxit va epididimit kasalliklarini klinik belgilari o‘xshash bo‘lgan infeksion kasalliklardan, asosan buqa va qo‘chqorlarda uchraydigan trixomonoz, vibrioz va brusellyoz kasalliklaridan farqlanishi lozim.
Jinsiy a’zolarni tekshirish va davolash uchun hayvonga rompun yoki aminazin yuboriladi yoki otlarda I.I.Magda bo‘yicha, bo‘qa va qo‘chqorlarga I.I.Voronin bo‘yicha jinsiy a’zo og‘riqsizlantiriladi. Siydik yo‘llariga tuz yoki tosh qolganda kateter yuboriladi, kichik hayvonlar rentgenografiya qilinadi, agar prostatitga gumon qilinsa, to‘g‘ri ichak orqali tekshiriladi. Gemotosele yoki gidroselega tashxis qo‘yish uchun yorg‘oq punksiya qilinib, olingan suyuqlik tekshiriladi.
Jinsiy organlar kasalliklarida asosiy e’tiborni kasallikni boshlanish jarayonida diagnoz qo‘yishga, samarali davolashga va oldini olishga qaratilishi lozim.
Talabalar siydik yo‘li, siydik pufagi va siydik yo‘llarida tosh paydo bo‘lishi kasalliklarini klinik belgilarini o‘rganadilar.
Siydik pufagida tosh bo‘lganda, siydik yo‘li yallig‘lanishida faqatgina siydikning sifati buzilmasdan, balki hayvon siyishga qiynaladi yoki umuman siydik ajrata olmaydi, hayvon siyganda qabul qiladigan holatni tez-tez takrorlaydi, qorin oblastida og‘riq va sanchiq hosil bo‘ladi.
Ot va itlarda jinsiy a’zo va uning xaltasining lat yeyishi ko‘proq urg‘ochi hayvonlar bilan qo‘shilganda kuzatiladi. Bunda qon ketishi, gematoma va jinsiy a’zoning shishib ketishi kuzatiladi.
Prepusiya flegmonasi, ko‘proq prepusiyasi uzun va qisqa bo‘lgan hayvonlarda uchrab, asosan ifloslangan jarohat, yara va prepusiya xaltasining yallig‘lanishi (akropostit) oqibatida kelib chiqadi.
Prepusiya yallig‘lanishida og‘riq, shish, mahalliy harorat prepusiya xaltasi teshigining kichrayishi va buning oqibatida jinsiy a’zoni chiqishi qiyinlashadi, siyganda og‘riq paydo bo‘ladi.
Buqa, qo‘chqor va itlarning prepusiya teshigi atrofidagi junlar, siydik va yallig‘lanish oqibatida hosil bo‘lgan shilimshiqqa yopishib qoladi, shilliq pardalarida yaralar paydo bo‘ladi. Buning oqibatida fimoz, ya’ni jinsiy a’zoning prepusiya xaltasidan chiqara olmasligi yoki parafimoz – tashqariga chiqqan jinsiy a’zo prepusiya xalqasining kichrayishi natijasida ichkariga qayta kira olmaydi, bunda jinsiy a’zo boshi va tanasi shishadi. Qon aylanishi buzilishi natijasida, jinsiy a’zo shisha boshlaydi, yara va nekroz uchoqlari paydo bo‘la boshlaydi. Parafimoz oqibatida, jinsiy a’zo falajlanishi kelib chiqadi, bunda u o‘z-o‘zidan pastga osilib, yuqoriga ko‘tarilmaydi, sezish qobiliyati yo‘qoladi.
Yosh buqa va otlarning jinsiy a’zolarida o‘smalar – fibropapilloma, fibroma, fibrosarkoma, melanosarkoma va karsinomalar ko‘p uchrashi aniqlangan. O‘smalarni samarali davolash usullaridan biri – operativ usul hisoblanadi
Urug‘don va uning ortig‘i yallig‘lanishida shish, og‘riq, palpasiya qilganda mahalliy harorat va ayrim hollarda umumiy haroratning ko‘tarilishi kuzatiladi. Palpasiya yordamida urug‘donning bir yoki bir necha joyida yumshagan joyni aniqlash mumkin, punksiya qilganda yiring olinadi.
Hayvon harakatlanganda qiynaladi, oyoqlarini yallig‘langan urug‘donga tekkizmaslikka harakat qiladi. Yorg‘oqda suyuqlik to‘planishi, gematoma yoki o‘smalar o‘sishi mumkin.
Yorg‘oqda gematoma bo‘lganda u kattalashadi, terisi taranglashadi, palpasiya qilganda og‘riq seziladi. Gematoma ko‘proq yiringli jarayonlarni rivojlanishiga olib keladi. Bunda orxit, urug‘donning yemirilishi va yiring paydo bo‘ladi.
O‘smalar o‘sganda urug‘don va yorg‘oq asta-sekin kattalashadi va og‘riqsiz qattiq shish hosil bo‘ladi. Xavfli o‘smalar metastaz berib hayvonni o‘limiga sabab bo‘ladi.
Jinsiy a’zo prepusiyaning lat yeyishlarida yuviladi, xirurgik ishlov beriladi, keyin patogenetik va stimullovchi davolash ishlari amalga oshiriladi.
Agar yiringli jarayonlar rivojlansa, novokain-antiboitiklar yordamida paranefral va epiplevral qamal usullari o‘tkaziladi.
Jinsiy a’zolarda bir yoki ikki joyida o‘sma bo‘lsa, ularni operativ yo‘l bilan olib tashlab, operasiyadan keyin yirik shoxli hayvonlar vena qon tomiriga 0,5-1,0 foizli novokain eritmasini (0,2 g 100 kg tirik vazniga) 2-3 marta 2-3 kun oralatib yuborish yaxshi natija beradi.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling