«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet53/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Topshiriq va savollar
1. Kurak suyagi tanaga qaysi mushaklari yordamida mahkamlanadi?
2. Hayvon oldingi oyoqlariga tayanganda qaysi mushaklarga og‘irlik tushadi?
3. Barmoq bo‘g‘imlarini qaysi mushaklar fiksasiya qiladi?
4. Nima uchun otlar orqa oyoqlarini vaqti-vaqti bilan almashtirib turadi?
5. Qadam nima?
6. Harakat sikli nima?
7. Oqsashning qanday turlari bor?
8. Oqsash nima?
9. Oqsashni xarakterini aniqlash qanday xususiyatga ega?
10. Oyoqlarni erkin holda turganda oqsashida nima kuzatiladi?
11. Oyoqlarda tayanch oqsashda nima kuzatiladi?
12. Aralash oqsash qachon kuzatiladi?
13. Oyoqning qaysi elementlari shikastlanganda abduksiyali oqsash kuzatiladi?
14. Oyoqning qaysi elementlari shikastlanganda adduksiyali oqsash kuzatiladi?
15. Oqsashning nechta darajasi farqlanadi?

15-Mavzu: TUYOQLARNI TOZALASH VA QIRQISH.


Darsning maqsadi. Talabalarga hayvon oyoqlarini tug‘ri quyishini, tuyoq shakllarini, deformasiyaga uchragan tuyoq va tuyoqchalarni aniqlash, tuyoqlarga ortopedik ishlov berishda hayvonlarni harakatsizlantirish usullarini o‘rgatish,tuyoqlarni tozalashda, qirqishda qo‘llaniladigan asbob – uskunalar, bilan tanishtirish. Bundan tashqari o‘quv taqalash ustoxonasining jihozlanishi va taqalashda qo‘llaniladigan taqa, mix va asbob – uskunalar bilan tanishtirishdan iborat.
Jihozlar, asbob – uskunalar va hayvonlar: hayvonlarni harakatsizlantirish stanogi, arqon, ortopedik asboblar, hayvonlarning sog‘ va deformasiyaga uchragan tuyoqlari, xirurgik asboblar, bog‘lov materiallari, taqa va mixlar, tuyoq pichoqlari, qirqich, obsechka, taqalash to‘qmog‘i, ombur, tuyoq egovi va boshqalar. Tuyoqning anotomo – topografik tuzilishi aks ettirilgan jadval, 5%li yod, 2%li ko‘k briliant va hayvonlar (ot, sigir).
Darsning o‘tilish uslubi. Dars xirurgik klinikasida, o‘quv xo‘jaligida va otchoparda o‘tkaziladi. Dars boshlanishida o‘qituvchi 10 – 15 daqiqa davomida talabalardan ushbu mavzu bo‘yicha so‘rov o‘tkazib, ularni nazariy bilimlarini tekshiradi va qo‘shimcha qilib ularga mavzu tug‘risida tushintirib beradi. So‘ngra talabalar sog‘ va deformasiyaga uchragan tuyoq va tuyoqchalarni klinik tekshiradilar.
Tuyoq – bu teri hosilasi bo‘lib, hayvonlarda barmoqning oxirgi organi hisoblanadi. Tuyoqda tuyoq jiyagi, tuyoq aylanasi, tuyoq devori, tuyoq tovoni va tuyoq yumshog‘i farqlanadi. Tuyoq gistologik tekshirilganda, teriga o‘xshash tashqaridan ichkariga qarab uchta asosiy epidermis, teri asosi vateri osti qavatidan iborat.
Tuyoq teri asosi och qizil rangda bo‘lib, u tuyoq shox kapsulasi olingandan keyin yaxshi ko‘rinadi. Epidermis hosilasi tuyoq shox kapsulasini hosil qiladi, shox kapsulasi olinganidan keyin tuyoq teri asosi ko‘rinadi, u so‘rg‘ichsimon (varaqsimon), qon tomirli va teri osti qavatidan tuzilgan.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling