«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet41/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Umumiy davolash.Kuyishdan shok hosil bo‘lishning oldini olish maqsadida teri ostiga morfin, vena qon tomiriga 10 % li natriy bromid, kofein yoki 0,5 % li novokain qo‘shib yuboriladi.
Qon plazmasini to‘ldirish, zaharlanishning oldini olish maqsadida poligyukin va reopoliglyukin vena qon tomiriga katta hayvonlarga 3000-4000 ml, kichik hayvonlarda 300-400 ml; har kuni yoki kunaro yuboriladi.
Asidozni yo‘qotish uchun katta hayvonlar venasiga 4 % li bikarbonat natriy (1000-2000 ml) har kuni 2 marta yuboriladi.
Sensibilizasiyani oldini olish maqsadida venaga 30 % li tiosulfat natriy katta hayvonlarga 50 ml, kichik hayvonlarga 3-5 ml, yuborish yaxshi natija beradi.
Kimyoviy kuyishlar.
Kislotalar, ishqorlar, so‘ndirilmagan ohak, og‘ir metall tuzlarining hayvon terisi, shilliq pardasiga tushishi natijasida yuzaga keladi. Kimyoviy modda konsentrasiyasi qancha kuchli va ta’sir vaqti qancha uzoq bo‘lsa, kuyish shuncha chuqur va og‘ir o‘tadi. Kislotalar oqsillarda koagulyasiya chaqirib, to‘qimalarni quruq nekrozga uchratadi. Ishqorlar hujayralarni suvsizlantirib oqsillarni eritib, kollikvasion nekroz chaqiradi.
Davolash kimyoviy moddalarni olib tashlash yoki ularning konsentrasiyasini kamaytirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Dastlab sovuq suv bilan yuvish, so‘ngra kimyoviy moddalarni neytrallash zarur. Kislotalarni 2-3% li nashatir spirti, 5-10 % li osh sodasi, sut, bo‘r yoki kul sepish kerak. Ishqorlarni va so‘ndirilmagan ohakni kuchsiz kislotali eritmalar, 2 % li uksus, limonli yoki borat kislotasi bilan neytrallaydi.
Termokimyoviy kuyishlar.
Termokimyoviy kuyishda yuqori harorat ta’siri bilan birgalikda bu moddalar kuchli zaharlash xususiyatiga ham ega. Tarkibida fosfor va fosfor saqlovchi moddalar teriga tushganda yonishi bilan bir qatorda organizmga so‘rilib, kuchli intoksikasiya chaqiradi. Terida qalin, og‘riqli po‘stloq hosil qilib, uzoq bitmaydigan yaralarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Davolashda yong‘inni suv yoki 5 % li mis kuporosi, xlorli ohak yoki uning 1:2 nisbatdagi suvdagi eritmasi bilan o‘chiriladi.
Yuqoridagilar bo‘lmagan taqdirda oddiy mayda qum bilan o‘chirish zarur. So‘ngra hayvon terisi tozalanib, junlari olinadi, zaharli moddalar qoldiqlari olib tashlanadi hamda teriga ohak yoki mis kuporosi eritmasi bilan ishlov beriladi va termik kuyish sifatida davolanadi.

378. Rp.: Pastae Lassara 20.0


D.S. Kuygan joyga surtish uchun.
#
379. Rp.: Sol. Kalii permanganatis 4-5 – 500.0
D.S. Kuygan joyning yuzasiga surtish uchun.
#
380. Rp.: Formalini 2.0
Spiritus aethylici 10.0
M.D.S. Kuygan joyning yuzasiga surtish uchun (V.V. Titov)
#
381. Rp.: Tannini 10.0
Spiritus aethylici 950 200.0
M.D.S. Kuygan joyning yuzasiga surtish uchun.
#
382. Rp.: Pyoctanini coerulei 2.0
Spiritus aethylici 100.0
M.D.S. Kuygan yuzaga surtish uchun.
#
383. Rp.: Brilliantgrün 1.0
Spiritus aethylici 100.0
M.D.S. Kuygan yuzaga surtish uchun.
#
384. Rp.: Sol. Argenti nitratis 10% - 250.0
D.S. Kuygan yuzaga surtish uchun.
#
385. Rp.: Resorcini 0.5 (1.0)
Vaselini albi 50.0
M.D.S. Kuygan yuzaga surtish uchun.
#
386. Rp.: Acidi salicylici 2.0
Zinci oxydati
Amili tritici aa 25.0
Vaselini 48.0
M.D.S. Lossar pastasi. Kuygan yuzaga surtish uchun.
#
387. Rp.: Trypsini cristallisati 4.0
Sol. Novocaini 0.25% (0.5%) – 200.0
M.f. solutio
D.S. Kuygan joydagi nekrozga uchragan teri qisman ko‘chib
tushgandan keyin unga qo‘yiladigan bog‘lamlarni ho‘llash uchun.
#
388. Rp.: Chymotrypsini 4.0
Sol. Novocaini 0.25% (0.5%) – 200.0
M.f. solutio
D.S. Kuygan joyga qo‘yiladigan bog‘lamlarni ho‘llash uchun.
#
390. Rp.: Hydrocortisoni acetatis 1.0 (2.0)
D.S. Ot va qoramollar 400 kg bo‘lganda kuyishning 3-4 darajalarida mushak
orasiga yuborish uchun.
#
391. Rp.: Hydrocortisoni acetatis 1.0 (1.5)
D.S. Venaga yuborish uchun.
#
392. Rp.: Unguentum Prednisoloni 20.0
D.S. Granulyasiya to‘qimasi o‘sayotgan kuygan joyga surtish uchun.
#
393. Rp.: Ephedrini hydrochloridi 2.0
Sulfacyli solubile 20.0 (30.0)
(Norsulfazoli solubile)
Aquae destillatae 100.0
M.D.S. Toza kuygan teriga qo‘yiladigan dokali salfetkani
ho‘llash uchun.
#
394. Rp.: Ephedrini hydrochloridi 2.0
Penicillini
Streptomycini sulfatis aa 250 000 ED
Aquae destillatae 100.0
M.D.S. Toza kuygan teriga qo‘yiladigan dokali salfetkani
ho‘llash uchun.
#
395. Rp.: Sol. Novocaini sterilis 0.25% (0.5%) – 100.0
D.S. Venaga quyish uchun.
#
396. Rp.: Sol. Natrii bromidi 10% - 80.0 (100.0)
D. t. d. N 4 Sterilisetur!
S. Venaga: ot, sigirga, itga 8-14 ml dan.
#
397. Rp.: Sol. Natrii chloridi 5% - 100.0
Insulini (20 ED) – 25.0
Calcii gluconatis 10.0
M.f. solutio. Sterilisetur!
D.S. Venaga ot, sigirga.
#
398. Rp.: Sol. Natrii thyosulfatis puri 30% - 150.0
Natrii hydrocarbonatis 3.0
M.f. solutio. Sterilisetur!
D.S. Venaga. Asidoz, shish va antitoksik ta’sirni kamaytirish uchun. Ot, sigirga 10-
12 ml/100 kg gacha, kichik hayvonlarga 0.5 ml/kg. Birinchi kun 2 marta,
so‘ngra kuniga bir marta.
#
399. Rp.: Rekonvalessensiya plazmasi 30,0 (50,0)
D.S. Mushak orasiga. It, qo‘yga bir kunda bir marta 3-5 kun davomida



Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling