Kuygan maydonni o‘lchash texnikasi.
Kuygan maydon keng bo‘lmasa, polietilen plyonkasi olinib, unga spirt surtiladi va kuygan maydon ustiga qo‘yiladi.(B.N.Postnikov usuli) pioktanin eritmasiga botirilgan tayoqcha bilan kuygan maydonning chegarasi chizilib, so‘ngra pleyonka millimetrli qog‘oz ustiga qo‘yilib maydoni aniqlanadi.
Keng maydon kuygan bo‘lsa lineyka yordamida o‘lchanadi. So‘ngra uni tana maydoniga nisbatan solishtirib, kuygan maydon kengligi aniqlanadi (Tanaga nisbatan o‘rtacha: bosh-6 %, bo‘yinning ustki qismi, yag‘rin, yelka-sag‘ri-17 %, bo‘yin osti, ko‘krak va qorin-20 %, oldingi oyoqlar-15 %, orqa oyoqlar va sag‘ri-22 %, jinsiy organlar atrofi -4 %).
Termik kuyishlarni davolash.
Uchinchi va to‘rtinchi-darajali kuyish bilan hayvon tanasining 10 % dan ko‘proq maydoni shikastlangan bo‘lsa, uni davolash iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiq emas, qolgan hollarda davolash kompleks tarzda amalga oshiriladi.
Mahalliy davolash. Birinchi navbatda og‘riqni qoldiruvchi dorilar: novokain qamali, teri ostiga katta hayvonlarga aminazin 0,5-1 mg/kg vazniga, dimedrol 0,3-0,5 mg/kg; kichik hayvonlarga aminazin 2,5 mg va dimedrol 0,02-0,03 mg yuboriladi.
Mahalliy sovuq usul ham qo‘llaniladi, buning uchun soda, borat kislotasi, tanin aralashtirilgan sovuq suv, qo‘ygan joyga bosib turiladi. Kuygan joyni yumshatish uchun 0,5% li mintol malhami panolin, vazelin va rux-vazelin aralashmasi surtiladi. Qo‘ygan joyni doimiy ravishda spirt bilan ho‘llab turish kerak.
Pufakchalar ko‘p bo‘lsa, igna yordamida ichidagi suyuqliklar so‘rib olinadi va pufakchalar ichiga 1-1,5 ml 5 % li novokainga 5 % li efidrin va 0,25 % li kanamisin qo‘shib yuboriladi. Yorilgan pufakchalar ustiga spirt-efir, yod-benzin surtiladi, uzoq vaqt 5 % li kaliy permanganat eritmasi bilan yuviladi (ular o‘rniga 10 % li taninning suvdagi eritmasi, 2 % li metil ko‘ki, 3 % li taninning spirtdagi eritmasini qo‘llash mumkin). Nekrozlangan to‘qimalarni olib tashlagandan so‘ng kukunlar, kseroform, dermatol, streptosid, penisillin, Vishnevskiy malhamlari, sintomisinli emulsiya, baliq yog‘i va boshqalar qo‘llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |