11-Mavzu: SUYAK SINISHLARLARINI DAVOLASH.
Darsning maqsadi. Talabalarga har xil suyak sinishlari, suyak kasalliklarini differensial diagnostika (qiyosiy diagnoz) qilishni, diagnoz qo‘yish va ularni davolash usullarini o‘rgatish.
Jihozlar, asbob-uskunalar va hayvonlar. Har xil suyak sinishlarning rasmlari va jadvallar, periostit, osteomiyelit va ekzostozli preparatlar, suyak sinishlari rentgenogrammasi, sariq paxta, biks va zararsizlantirilgan tampon, salfetka, bint, gipsli bint, shinalar, yod eritmasi, 1 % li novokain, 1:1000 rivanol, yodli spirt, antibiotiklar, shprislar, ignalar, pinset, qaychi, skalpellar, qon to‘xtatuvchi pinsetlar, tikuv materiallari va kasal hayvonlar.
Darsning o‘tilish uslubi. Dars kafedra klinikasida o‘tkazilib, o‘qituvchi talabalarning darsga tayyorgarligini so‘rash orqali o‘rganadi. So‘ngra talabalarga suyak sinishlari, periostitlarni mohiyatini, keltirib chiqaruvchi sabablarini, sinish turlarini jadval, rentgenogramma va boshqa mavjud bo‘lgan preparatlar bilan tushuntirib o‘tadi.
Periostitlar. (suyak ustki pardasining yallig‘lanishi).
Etiologik faktorlar, klinik belgilari, patalogoantomik o‘zgarishlar va yallig‘lanishning tarqalishiga qarab qo‘yidagi periostitlar kuzatiladi:
a)etiologik faktorlarga qarab – travmatik yallig‘lanish va toksik
b)patalogoanatomik o‘zgarishlariga qarab – seroz, seroz-fibrinoz, yiringli, fibrinoz va suyaklashuvchi.
v)klinik kechishiga qarab – o‘tkir va surunkali.
g)tarqalish darajasiga qarab – chegaralangan, diffuz va chegaralanmagan.
Seroz va yiringli periostitlar o‘tkir kechadi, fibroz va suyaklashuvchi periostitlar esa surunkali kechadi.
Serozli periostit (Periostitis serosa) ko‘proq himoyalanmagan suyaklarda kechadi (kaft, tovon, tushov va boshqalar).
Kelib chiqishining asosiy sabablari bir marotaba ta’sir qiluvchi suyak qobig‘ining yopiq mexanik shikastlanishlaridir (urilish, uzilish, suyak shikastlanishlari). O‘tkir periostit mustaqil rivojlanishi mumkin yoki surunkali kechadigan fibroz, suyaklashuvchi periostitlarning boshlang‘ich davrida kelib chiqishi mumkin.
Suyak qobig‘ida ta’surotlar natijasida qon tomirlari yoriladi, shu tufayli atrof to‘qimalarga qon qo‘yiladi. Shikastlanishning birinchi soatida yallig‘lanish boshlanadi, seroz suyuqlik to‘planadi, giperemiya qizarish hujayra infiltrasiyasi boshlanadi. Keyinchalik suyuqlik so‘riladi va normallashadi. Qattiq shikastlanishlarda esa katta molekulyar oqsil va fibrinogenning chiqishi natijasida seroz-fibrinoz suyuqlik to‘planadi, o‘z vaqtida davolansa so‘rilib ketadi. Ayrim hollarda o‘tkir perisotit, surunkali shaklga o‘tadi va fibroz yoki suyaklashuvchi periostitga aylanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |