«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet43/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Klinik belgilari.Paypaslash yo‘li bilan chegaralangan, issiq, og‘riqli qatiq shish borligi aniqlanadi va hayvon oyoqlarida oqsash kuzatiladi.
Davolash. Hayvonga tinchlik barqaror qilinadi, ta’sir maydoni spirtli yod bilan ishlanadi, birinchi kunda sovuq va qisib turuvchi bog‘lam qo‘yiladi, keyinchalik suyuqliklarni so‘rilib ketishiga imkon beruvchi vositalardan foydalaniladi.
Yiringli periostit (Periostitis purulenta). Yiringli yallig‘lanish bilan xarakterlanadi va suyak po‘stlog‘i ostida abssess hosil qilib, oqma kelib chiqadi.
Yiringli periostitlar, suyakgacha boruvchi jarohatlardan suyak atrofidagi abssess va flegmonalardan va ochiq suyak sinishlaridan, yallig‘langan joyda qon va limfa orqali mikroblar tushishi, yiringli ostit va osteomiyelitlardan kelib chiqadi.
Kasallik yengil yoki juda og‘ir kechishi mumkin. Yengil kechganda suyak qobig‘i ostida yiringli yallig‘lanish kelib chiqadi, hujayralar infiltrasiyasi kuchli bo‘lib, shish paydo bo‘ladi, ko‘p suyuqlik ajraladi va suyak po‘stlog‘i qobig‘i ostida abssess paydo bo‘ladi. Kichik abssesslarda yiring so‘rilib ketadi va deffekt granulyasiya bilan qoplanadi, jarayonga suyak to‘qimasi aralashib suyaklashuvchi yallig‘lanishga o‘tishi mumkin va demarkasion yallig‘lanish tufayli fermentolizga uchrab, tashqariga yoki teri ostiga ochiladi.
Klinik belgilari.Kasallik mahalliy va umumiy og‘ir kechadi. To‘qimalar qattiq taranglashadi, qattiq og‘riq seziladi, chuqur yiring hosil bo‘lib, yiring tashqariga chiqangan keyin hayvon axvoli ancha yaxshilanadi, suyak usti g‘adir-budir bo‘ladi. Hayvon yurganda qattiq oqsaydi.
Davolash.Kasallik boshlanishida infeksiyani chegaralash uchun qisqa novokain antibiotik qamali o‘tkaziladi. Spirtli qurib boruvchi bog‘lam qo‘yiladi. Arteriyaga antibiotiklar yuboriladi. Yiringxona hosil bo‘lishi bilan ochiladi va o‘rta tuzlar eritmasi yoki sulfanilamidlar bilan yuviladi. Operasiya qilingandan keyin o‘lik to‘qimalar kyuret bilan qirilib, olib tashlanadi. Hayvonning og‘ir holatlarida sepsisga qarshi davolash usullari qo‘llaniladi.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling