«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi
Download 228.51 Kb.
|
Vet xirurgiyasi amaliy
Suyak sinishlari.
Cuyak sinishi deb - suyaklar birligining qisman yoki to‘liq buzilishiga aytiladi. Bu turli omillar natijasida yumshoq to‘qimalarning shikastlanishi bilan birga kechadi. Bu omillarga urilish, yiqilish, toyish, keskin yoki to‘satdan mushaklarning qisqarishi va o‘q kirishi kiradi. Bundan tashqari, suyak sinishlarini keltirib chiqarishga moyil omillardan raxit, osteomalyasiya, osteodistrofiya, gipovitaminoz, suyaklarning mahalliy kasalliklari nekroz, kariyes, osteosarkoma va boshqalar, qaysikim bu omillarda suyaklar qattiqligini yo‘qotadi va ular kuchsiz ta’surotlarda ham sinadi. Suyak sinishlarida mushaklar va kapsulalar yirtiladi, qon va nerv tomirlari uziladi. Suyak sinishlari kelib chiqishi ikkiga bo‘linadi: tug‘ma va orttirilgan. Tug‘ma, ya’ni antinatal qoringa tashqi tomonidan beriladigan kuchli ta’surotlar tufayli yoki bachadonning ritmikkuchli qisqarishlari natijasida kelib chiqadi. Bunga yordam beruvchi omillar, ya’ni homilaning rivojlanish davridagi yetishmovchiliklar osteomalyasiya, raxit va boshqalar. Orttirilgan suyak sinishlari tug‘ish jarayonida va postnatal: travmatik, patologik, o‘z-o‘zidan va fiziologik bo‘lishi mumkin (qarilik osteoparezi, bug‘ozlik, ko‘p sut berish va notug‘ri oziqlanish). Suyak sinishlari xarakteriga qarab ochiq va yopiq bo‘lib, ochiq suyak sinishlari ancha xavfli. Bir vaqtning o‘zida bir necha suyaklarning sinishi ko‘p suyak sinishlari deyiladi. Sinishlar joylashishiga qarab yassi, naysimon va yumaloq suyak sinishlariga bo‘linadi. Naysimon suyaklarda sinishlar epifizar, diafizar va metafizar deb farqlanadi. Suyaklar sinish darajasiga qarab to‘liq va to‘liqsiz bo‘ladi. Talabalar sinishning klinik belgilarini hayvonni tekshirish (kuzatish, palpasiya, auskultasiya, yurgizib ko‘rish) asosida o‘rganadilar. Sinishni fiksasiya qilish, shinali va gipsli bog‘lamlar qo‘yishni, ochiq sinishlar va osteomiyelitlarda davolash o‘tkazish usullarini o‘zlashtiradilar. Kasal hayvon mavjud bo‘lsa, talabalar hayvonni tekshirib diagnoz qo‘yadilar, davolashni belgilaydilar va uni amalga oshiradilar. Download 228.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling