«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet47/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Sinishlarning klinik belgilari.Oyoq suyaklari singan vaqtda uning funksiyasi buziladi, oqsaydi. Singan suyak uchlari, mushaklarning qisqarishi va statik apparatlarning buzilishi oqibatida nerv reseptorlari qitiqlanib kuchli og‘riq yuzaga keladi.
Singan suyak uchlarining joylari siljishi yoki to‘qimalarga kuchli qon quyulishi natijasida deformasiya yuzaga keladi. Sog‘lom oyoq bilan solishtirib ko‘rganda singan oyoqning notabiiy shaklda ekanligi va singan joyda deformasiya kuzatiladi.
To‘liq singan suyakning xarakterli klinik belgisi – uning singan joyidagi harakatchanligidir. Buni aniqlash uchun bir qo‘l bilan singan joyning ustidan, ikkinchi qo‘l bilan distal qismidan ushlab tomonlarga harakat qildiriladi.Singan joyni harakatlantirganda suyak g‘ijirlashi (krepitasiya) aniqlanadi. Singan oyoqni tekshirganda hayvon kuchli og‘riq sezadi va bezovtalanadi.Yumshoq to‘qimalarga qon quyulishi, limfa va qon aylanishining buzilishi oqibatida shish paydo bo‘ladi.
Diagnoz. Klinik belgilar va differensial diagnoz ma’lumotlariga asslanib qo‘yiladi. Asosan, yorilishdan differensasiya qilinadi, bunda klinik belgilar kamroq namoyon bo‘ladi, singan joyda harakat va g‘ijirlash kuzatilmaydi. Oxirgi tashxis singan joyni rentgenografiya qilib qo‘yiladi.
Oqibati. Hayvonning yoshi, turi suyak va to‘qimalarning shikastlanishi, singan vaqti, sinish turi va shakli hisobga olinadi.
Davolash. Suyak singanda asosiy maqsad singan suyaklarni o‘z joylariga to‘g‘rilash va shu holda suyak chandig‘i hosil bo‘lguncha, funksional zo‘riqish bermasdan, deformasiya bo‘lmaslikning oldi olinadi. Buning uchun talabalar operasiya maydonini tayyorlab, 1 % li novokain eritmasi bilan singan joy va mushaklar atrofiga inyeksiya qilinadi yoki mushak orasiga aminazin yuboriladi. Singan suyaklar orasiga 5-10 ml novokain eritmasi yuborilsa, 5-7 minutdan so‘ng mushaklar bo‘shashadi. Og‘riqsizlantirish uchun – o‘tkazuvchanlik, epidural va katta hayvonlarga ba’zida narkoz ham qo‘llash mumkin. Og‘riqsizlantirilgandan so‘ng suyak siniqlarini repozisiya (joyiga qaytarish) qilish kerak. Buning uchun singan joyning proksimal va distal qismidan ushlab tortib, bukib, burab va boshqa harakatlar qilib, singan suyaklar o‘z joyiga qo‘yiladi. Singan suyaklar aniq o‘z joyiga qo‘yilganda qon aylanish va innervasiya tiklanib, bitish tez bo‘ladi va funksional buzilish yo‘qoladi.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling