Xor dirijorligi
Download 1.87 Mb.
|
Ahmadqulov Muhammaddin M Ashrafiymimh operalarida milliy an\'analar
Final xori, V parda
Oxanglar sermazmunligi va ko‘povozlilikdagi foydalanish bo‘yicha final xori operada eng ahamiyatli hisoblanadi. U juda mantiqan opera dramaturgiyasini tugallaydi. Uning melodiyasi folklor emas, ularning kompozitorlar tomonidan yaratilish o‘zbek xalq va hozirgi zamon ommaviy qo‘shiqlari qo‘shilib ketganligini ko‘rsatadi. Melodiyalar ritmik tuzilishi (sinkopaning ko‘p foydalanganligi) va uning pardalar serbo‘yoqligi (natural minor) milliy koloritni beradi. M ISOL Xor uch qismli shaklda yozilgan. O‘rta qismi qolgan ikkitasidan partiyalar va zich xor fakturasidagi past registrlarda yangrash jiddiy xarakteri bilan farq qiladi. Unga solo partiyalari kiritilgan. Solistlar navbati bilan va xor bilan birgalikda kuylaydilar . Melodik va ladotonal tuzilishi ham boshqacha asosiy mi minor (miksolidiyda sol major, lya minor va b.) chetga chiqishlar mavjud. Xor barcha partiyalarda divisi bilan to‘rt ovozli aralash tarkib uchun lekin ko‘pincha tenor va basga mo‘ljallanib yozilgan. Xor fakturasi tuzilishining asosiy tuzilish prinsipi xor partiyalarini takrorlashdan iborat: soprano partiyasining asosiy melodik yo‘lining tenor yoki alt bilan bir vaqtning o‘zida bir necha partiyalar bilan almashiladi. Masalan, alt va bas, shu bilan birga basdan shu vaqtda divisi - oktava va melodiyasi uchta oktavada jaranglaydi. Bunga shu vaqtning o‘zida jo‘rligi oktava-unison bo‘lib melodik yo‘lni aks etiradi. MISOL «Bo‘ron» operasining final xori Yozuv bo‘g‘ini gomofon garmonik, lekin xorning birinchi uchinchi qismini polifoniyalashtirish tendensiyasi sezilarli. Ba’zi xor partiyalarida vazmin oxanglardan foydalanilgan, ayniqsa sof tenorlar. Xor partiyalari golosovedeniyasi mustaqil xromatik rivojlanishi, ularning takrorlanishligi sababli orkestr jo‘rligida olib borilishi qiyin emas. Tessitura bo‘yicha ba’zi qiyinchiliklar tenor partiyalarida uchraydi (baland registr ustunligi va ovozning katta kuchi). Qolgan partiyalar qulay yozilgan. Ovozning asosiy kuchi xorda f-ff bo‘lib, ancha past boshlanadigai mf o‘rta qismi bundan mustasno. Mazkur xorda bunday dinamika o‘zini to‘la oqlagan, chunki uning da’vat etuvchi g‘ayratli xarakteri shuni talab etadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling