Xor dirijorligi
Ilmiy tadqiqot ishimizning vazifalari -
Download 1.87 Mb.
|
Ahmadqulov Muhammaddin M Ashrafiymimh operalarida milliy an\'analar
- Bu sahifa navigatsiya:
- BMI maqsadi.
Ilmiy tadqiqot ishimizning vazifalari - tanlangan mavzuning dolzarbligi va maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilanadi:
1. Opera san’atining yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni. 2. Muhtor Ahrafiyning hayoti va ijodini ochib berish. 3. Opera ijodining milliy ohanglarga boyligi. BMI maqsadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ” talablari asosida ta’lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi boshqa o‘quv fanlari qatori musiqa predmetining o‘qitilishi tubdan yangilandi. Shuningdek oxirgi yillar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining harakatlar strategiyasi, yoshlarga doir qaror va farmonlari bilan tanishish. Musiqa ta’limida DTS ning yangi mazmuni o‘quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, ularda ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik kabi xislatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Uzluksiz ta’limni amalga oshirishdagi davlat hujjatlari qabul qilindi va ular asosida ta’lim sohasida islohatlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat hayotining hozirgi bosqichida ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligiga erishish ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan va ushbu jarayonda jamoa bo‘lib kuylashga o‘rgatish zamon talabidir. Musiqa madaniyati darslarida jamoa bo‘lib kuylash dars samaradorlini oshirishning asosiy manbailaridan biridir. Mavzuning dolzarbligi ham shundadir. Ma’lumki, hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya sohasida islohatlar qizg‘in olib borilmoqda. Ayniqsa, o‘quvchi yoshlar ongiga jamoa bo‘lib kuylash g‘oyasini singdirishda yangi pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim prinsiplariga asoslangan interfaol usullardan keng foydalanish, ularda vatanparvarlik xis tuyg‘ularini, ma’naviy axloqiy sifatlarni shakllantirishga katta e’tibor berilmoqda. Musiqiy ta’limda jamoa bo‘lib kuylash yuqorida ta’kidlab o‘tilgan maqsad va vazifalarimizni amalga oshirishda eng muhim va samarali omillardan biri hisoblanadi. Mustaqil O‘zbekiston respublikasining «Miilliy maktab konsepsiyasi», «Uzluksiz pedagogik ta’lim konsepsiyasi», «Umumta’lim maktablarining musiqa ta’lim-tarbiya konsepsiyasi», «Ta’lim to‘g‘risida» qonun singari muhim ilmiy va rasmiy pedagogik hujjatlarning e’lon qilinishi, zamonaviy o‘qituvchi shaxsi va uning kasbiy sifatlari tavsifnomasini ishlab chiqishga, uni tayyorlash va shakllantirish jarayoniga yangicha yondashishni taqozo qilmoqda.1 Jamoa bo‘lib kuylash ommani «estetik ruhda tarbiyalash bilan birga, kishilarni xalq qo‘shiqlari ijodiyoti durdonalari, o‘zbek, rus va chet el klassik vokal-xor asarlari namunalari bilan tanishtiradi, ularning ma’naviy dunyosini boyitadi. Jamoa bo‘lib kuylash madaniy hayotimizda keng o‘rinni tutgan, inson shaxsiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Musiqa tarbiyasi esa, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biridir, u atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. O‘quvchilarga nafosatli tarbiya berishda umumta’lim maktablaridagi, musiqa madaniyati darslarini ahamiyati katta. O‘quvchilar nafosat hissini, san’at sirlarini tushunishni va qadrlashni, san’atdan bahramand bo‘lishni, avvalo maktablarda o‘rganadilar. Nafosat didini shakllantirish uchun esa, musiqa madaniyati darslari bilan bir qatorda sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ahamiyati katta. Chunki, sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy va to‘garak shakllarida bolalar yalpi tarzda jalb etiladi. Zotan, musiqa tarbiyasi sozanda yoki o‘quvchini emas, eng avvalo insonni tarbiyalaydi O‘sib kelayotgan yosh avlodni musiqa, go‘zallik olamiga olib kiradi. Chunki, musiqa inson hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega va ahloqiy-nafosat tarbiyasining muhim vositasidir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go‘zallikni xis eta oladigan bo‘lishi kerak. Olimlardan birlari: «Odam shaxs bo‘lishi uchun, u ruhiy tomonidan rivojlanishi, o‘zini bir butun inson deb his qilmog‘i kerak» - degan edi. Shaxsni rivojlantirish uchun avvalo, uning hulqiga ta’sir etuvchi omillarni, uning tabiatini, qiziqishini o‘rganish lozim. Buning uchun shaxsni turli munosabatlar doirasiga qo‘yib kuzatish kerak. Ana shundagina uning ijtimoiy hulqi, ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ro‘yobga chiqadi. «Har bir inson – degan edi Abu Nosir Al-Farobiy – o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va yuksak yetuklikka erishish uchun, insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi, shu sababli u ko‘p narsalarni o‘zaro yordamlashuvi orqali yetuklikka erishadi». Endilikda mustaqil Respublikamiz ijtimoiy hayotimizining barcha sohalarida tubdan o‘zgarishlar, yangilanishlar jadal suratlar bilan amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, o‘z tariхimiz, sa’natimiz, madaniyatimiz, ma’naviyatimizni o‘rganish va bunda kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni bahramand qilish asosiy vazifalardan biri bo‘lib turibdi. O‘zbek xalqi o‘zining tarixida buyuk olim va fuzololari Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Farobiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yasavviy, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur kabi siymolar, fanning barcha sohalarida ulkan tadqiqotlar yaratib, butun jahonni larzaga soldilar. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling