O‘ZBeKISTON ReSPUBLIKASI
MADANIYaT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI
“XOR DIRIJORLIGI” KAFEDRASI
AHMADQULOV MUHAMMADDIN IKROMALI O‘G‘LINING
“M.ASHRAFIY OPERALARIDA MILLIY OHANGLARNING QO‘LLANISHIGA DOIR MASALALAR”
“5150500 – Dirijyorlik (akademik xor lirijyorligi)” yo‘nalishi
Bakalavr darajasini olish uchun yozilgan
BITIRUV MALAKAVIY ISH
Ilmiy-ijodiy rahbar:
prof. L.Djumayeva
Toshkent-2020
Mundarija
|
KIRISH
|
|
I BOB.
|
Yoshlarni tarbiyalashda opera san’atining o‘rni va ahamiyati.
|
|
1.1.
|
Opera san’ati o‘quvchilarni musiqiy idrokini rivojlantirishda samarali vosita sifatida.
|
|
1.2.
|
Jahon va o‘zdek operalarining yaratilishi va uning kompozitorlari ijodiga chizgilar
|
|
|
|
|
|
II BOB.
|
M.Ashrafiyning operalarida milliy ohanglarni qo‘llanishiga doir masalalar
|
|
2.1.
|
M.Ashrafiyning ayrim operalaridagi xorlarning tahlili
|
|
2.2.
|
|
|
|
XULOSA
|
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
|
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz taraqqiyot va o‘zgarishlarga boy hozirgi paytda yosh avlodni har tomonlama kamol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Yosh avlodni ma’naviy baquvvat, bilimli, o‘z mustaqil Vatanimizdan faxrlanish tuyg‘usiga boy kishilarni tarbiyalash zamonamizning dolzarb mavzusi hisoblanadi, bu esa ta’lim tarbiya oldidagi murakkab, keng ko‘lamli muammolardan biridir.
Tarbiya deganda har tomonlama yetuk, o‘zida axloqiy poklik, ma’naviy boylik va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan insonni yetishtirish nazarda tutiladi.
Tarbiya tizimida musiqa san’ati yetakchi o‘rinda turadi. Hozirgi kunda musiqa va san’atini inson tarbiyasidagi roli ortib bormoqda. Yoshlarimizni ma’naviy yetuk, komil inson qilib tarbiyalashda musiqaning roli, shak-shubxasiz kattadir.
Yuqoridagilarni inobatga olib hozirgi kunda o‘zbek bastakorlari ijodida yirik janrdagi asarlarning deyarli yozilmayotganligi va bor ijod namunalari esa, qayta nashr qilinmayotganligi hozirgi kunda juda ham dolzarb bir mavzudir.
BMIning obyekti. Qo‘shiq kuylash har bir kishi uchun estetik hissiyotlar, kayfiyatlar va badiiy ehtiyojlarini ifodalashning oddiy va tabiiy yo‘lidir. Qo‘shimcha estetik tarbiyaning 2 ta ta’sirchan vositasi badiiy matn va musiqa birlashadi. Qo‘shiqning ifodasi, ijrosi odamlarda hissiy ta’sirchanligini o‘stirib, musiqiy obrazlarni yanada chuqurroq tushunishlariga, ularda musiqa madaniyatini tarkib topdirishda yordam beradi. Ayniqsa, ommaviy janrlardagi asarlar aniq g‘oyaviy va badiiylik asosida yozilgan bo‘lsa, ijrochi va tinglovchilarda o‘zgacha bir tuyg‘uni kashf etadi. Bitiruv malakaviy ishning obyekti sifatida “M.Ashrafiyning operalarida milliy ohanglarni qo‘llanishiga doir masalalar” deb belgilab olindi.
BMI vazifalari Mavzuning dolzarbligi va maqsadidan kelib chiqib quyidagicha belgilandi:
Mavzu bo‘yicha yozilgan psixologik-pedagogik, musiqashunoslik, pedagogik adabiyot manbaalari bilan tanishish;
Uslubiyotchi o‘qituvchilar va ilg‘or tajribali o‘qituvchilarning ish tajribasini o‘rganish bo‘yicha kuzatuv ishlarini olib borish;
Kafedramiz professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbek xor adabiyoti” o‘quv-uslubiy majmuasi asosida bitiruv malakaviy ishini olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |