Xor dirijorligi
I bob. Yoshlarni tarbiyalashda opera san’atining o‘rni va ahamiyati
Download 1.87 Mb.
|
Ahmadqulov Muhammaddin M Ashrafiymimh operalarida milliy an\'analar
I bob. Yoshlarni tarbiyalashda opera san’atining o‘rni va ahamiyati.
I.1. Opera san’ati o‘quvchilarni musiqiy idrokini rivojlantirishda samarali vosita sifatida. Millatning kelajagi hisoblangan yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib voyaga etishishida ularning ta’lim-tarbiyasi, ma’naviy kamoloti masalasi davlat darajasiga ko‘tarilib, bu yo‘lda qator maqsadli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglash jarayoni jadallashishi munosabati bilan yosh avlodni axloqiy tarbiyasining ahamiyati sezilarli darajada ortib bormoqda. Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxsning shakllanishi muhim ahamiyatga ega. Shu o‘rinda yoshlarning ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalanishida milliy musiqamizning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Chunki aynan yoshlarimizning milliy mentalitetimizga xos bo‘lgan qadriyatlarni saqlab qolishda milliy musiqa san’atining ham o‘z o‘rni bor. Ma’lumki, milliy musiqa san’atimiz yoshlar o‘rtasida samimiyatni, o‘zaro mehr oqibatni yanada o‘stirishga xizmat qiladi. Musiqiy ta’limning mazmun va mohiyati zaminida barkamol avlod, komil inson tarbiyasi yotadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda musiqa san’atini rivojlantirish, farzandlarimiz musiqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan qator dastur va rejalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mumtoz musiqiy merosimizni asrab-avaylash va o‘rganish, uni yosh avlodlarga bezavol etkazish hamda yoshlarimizni ularga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash kabi ezgu maqsadlarga qaratilgan Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda. Haqiqatdan ham inson shaxsini har tomonlama tarbiyalashimizda musiqa tarbiyasining ahamiyati beqiyosdir. Ayniqsa, bugungi texnikaning misli ko‘rilmagan darajada avj bilan yuksalishi davrida mutaxassislar oldida yoshlar qalbiga musiqaning ijobiy xislatlarini to‘g‘ri singdira olishday muhim vazifa turibdi. Jumladan, hozirda ko‘plab yoshlarimizning G‘arbning shovqin-suronga boy, tushunarsiz musiqasini tinglashi, buning oqibatida o‘sib kelayotgan yosh avlodning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini anglab, buning oldini olish choralarini ishlab chiqish zarurdir. Ma’lumki, umumta’lim maktablari musiqa madaniyati darslaridagi faoliyat turlaridan biri musiqa tinglash faoliyatidir. Musiqani to‘g‘ri tinglay bilish va undan zavq olish ham katta san’at hisoblanadi. Insonda musiqa tinglash madaniyati yoshlikdan rivojlana boshlaydi. Bu borada aytish mumkinki, hali ona qornidalik davridayoq o‘sib kelayotgan homila tashqaridan eshitilgan musiqani tinglay oladi. Bu borada o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, mumtoz kuy va ashulalari, jahon klassik ohanglari har qanday holatda ham insonga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladi. Aksincha, o‘zida to‘polon, shovqin-suronlikni aks ettirgan musiqiy guruhlarning “asar”lari insonda jizzakilik, asabiylik kabi salbiy xislatlarni rivojlantiradi. Shu sababdan yurtimizda musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi musiqa madaniyati darslarida bolalarda musiqani to‘g‘ri tinglay olish madaniyatini shakllantira olishi zarur. Har bir xalqning milliy kuy va qo‘shiqlari mavjud. Lekin yosh avlodni komil inson bo‘lib tarbiya topishida o‘zbek xalqiqagina mansub bo‘lgan boy musiqiy merosi alohida ahamiyatlidir. Barkamol avlod tarbiyasida xalqimizning orzu-umidlari, hayotiy kechinmalari, ma’naviy dunyosini o‘zida aks ettirgan alla, lapar, mehnat va marosim hamda boshqa xalq qo‘shiqlari muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Ana shunday boy merosni o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish bugungi kun san’atkorlarining oldidagi muqaddas burchlardan biri bo‘lmog‘i shartdir. Mazkur faoliyat turini kengaytirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni avvalo oiladan, maktabgacha ta’lim muassasalaridan, boshlang‘ich sinf davridan boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.Buning uchun ta’lim muassasasining mutaxassisi turli faoliyat shakllaridan foydalanishi zarur. Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida mazkur jarayonni o‘yin ko‘rinishida tashkil qilish mumkin. “Ohangni toping” – bilag‘onlar o‘yini orqali kichik yoshdagi o‘quvchilarning musiqa tinglash bo‘yicha egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish, kengaytirish mumkin. Ushbu o‘yinni tashkil qilishdan oldin bolalar diqqatini bir joyga jalb qilinib, mazkur o‘yinning mohiyati tushuntirib beriladi. Bu o‘yinni kichik guruhlararo musobaqa tarzida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq sanaladi. Asosan o‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlaridan berilgan parchalar o‘quvchilarni fikrlashga, o‘ylashga undaydi. O‘qituvchi doimiy ravishda o‘quvchilarga uyga vazifa qilib televideniye, radio orqali uyda tinglangan kuy va qo‘shiqlarni tahlil qilishni topshirsa, bu holat o‘quvchilarning doimiy ravishda musiqani to‘g‘ri tinglay olish madaniyatini shakllantirish va musiqani to‘g‘ri tinglay olish malakalarining o‘sishiga ham olib keladi. Bundan tashqari, o‘quvchilarning maktabdan va sinfdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishda turli mavzudagi tadbirlarning tashkil qilinishi ham maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan “Milliy kuy va ohanglar kechasi”, “Siz musiqani bilasizmi?” viktorinasi, “Ohanglar – ezgulikka etaklar” singari badiiy-musiqiy tadbirlar orqali o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan bir qatorda ularning musiqani tinglay olish madaniyatini ham rivojlantiradi. Darhaqiqat, o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida musiqiy tarbiyaning naqadar ulkan omil ekanligi yanada ayon bo‘lib bormoqda. Shunday ekan, yosh avlodni boy musiqiy merosimizni o‘rganishga, yengil-yelpi, tumtaroq ohanglardan qochib, ularning badiiy didini, musiqiy madaniyatini ko‘tarishga, ma’naviy olamini kengaytirishga harakat qilmog‘imiz kerak. Bu borada “Shashmaqom” singari milliy merosimizning noyob durdonalari bilan bir qatorda jahon tan olgan V.Motsart, L.Betxoven, J.Verdi, I.Bax, P.Chaykovskiy, S.Raxmaninov, A.Xachaturyan kabi buyuk kompozitorlarning durdona asarlarini ham o‘z vaqtida o‘rganib, tushuntirib borishimiz zarur. Buyuk yodgorliklar, madaniy va ma’naviy merosimizni avaylab asrashimiz, yosh avlod tarbiyasida musiqa san’atining eng nodir durdonalaridan to‘laqonli foydalanmog‘imiz zarur. Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosalar qilish mumkin: -musiqa tinglash asosida tarbiya berishni bugungi kunda oiladan, maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bunda qat’iy dasturlar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘ymoq zarur, shu bilan bir qatorda turli xil audio yozuvlarni MTM va umumta’lim maktablariga yetkazish masalalarini ishlab chiqish – yoshlarimizning milliy musiqamizni tinglay olish malakalarini shakllantirish va unga nisbatan munosabatlarini shakllantirish ishlari umumta’lim maktablarida darsdan tashqari ko‘ngilochar tadbirlar, san’atkorlar bilan uchrashuvlar tarzida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish; -oliy ta’lim muassasalarida musiqiy ta’lim yo‘nalishidan tashqari bo‘lgan ta’lim, fan yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar bilan ham musiqa tinglash targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish, jonli ijro mahoratlari yuqori bo‘lgan el ardog‘idagi san’atkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish kabi turli ko‘rinish va shakldagi targ‘ibot ishlari orqali o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida musiqa tinglash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish ishlari ko‘lamining kengayishiga erishish mumkin. Tajriba-sinov ishlari olib borish jarayonida ishlatilgan uslublar opera san’atining paydo bo‘lish va rivojlanish tarixini, uning xususiyatlari, mavzu va janrlari o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi potentsial imkoniyatlarni aniqladi. Biz ishonch bilan aytamizki, aynan vatanparvarlik shaxsning eng asosiy hislatlari va milliylikning poydevoridir. Zero bilimga, fanga, maqsadga intiluvchanlik, qiyinchiliklarni yengishdagi qat’iyatlilik, o‘z ustida ishlash xislatlari shu poydevor ustiga quriladi: -Vatanga bo‘lgan muxabbat, uning tabiiy boyliklariga ehtiyotkorlik; -Vatandoshlariga bo‘lgan mehr-muruvvat, yaxshilarga tenglashishga intilish; -Mustaqillik davrida xalqning, mamlakatning xalq xo‘jaligi, ilm, san’atda erishgan yutuqlari bilan faxrlanish hissiyoti; --Jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilish, o‘zining huquq va burchlarini tushuna olish, hayotda mustaqil fikrlashga intilish, o‘z qiziqishi va qobiliyatiga qarab kasbga, xunarga ega bo‘lish; -Mamlakat ishiga o‘z hissasini qo‘shish, uning chiroyiga-chiroy qo‘shishga intilish. Bizning nazariy tajriba-sinov ishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarning ma’naviy tarbiyasida har xil turdagi choralar ishlatiladi: -o‘qituvchi ustozning hissiyotlar bilan bezatilgan nutqi; -tarixiy va badiiy adabiyot; -eng yaxshi vatandoshlarning hayoti va faoliyatidan misollar; -ommaviy axborot vositalari (radio, matbuot, televideniye); -ta’sviriy san’at; -musiqiy san’atning har xil janrlari. Lekin maktab hayotini o‘rganishda, musiqa darslarining tuzilishini ko‘rib chiqishda ma’lum bo‘ldiki, o‘quvchilarning ma’naviy tarbiyasida opera san’atining boy imkoniyatlari yetarli darajada qo‘llanilmaydi. Bizning o‘rganib chiqish jarayonimizda o‘quvchilarning ma’naviy tarbiyasida opera san’atining potentsial imkoniyatlarini bir necha guruhga bo‘lib chiqdik: -o‘rganish imkoniyatlari; -rivojlantiruvchi; -tarbiyaviy-axloqiy; -tuzatish, ma’naviy kamchiliklarni , nuqsonlarni to‘g‘rilash; -kasbiy yo‘naltirish. O‘rganish imkoniyatlari musiqani, Vatan to‘g‘risidagi bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirishga, uning tarixi, xalq urf-odatlari, baxtli kelajak haqidagi umid va armonlarini yanada kengaytirishga intiladi. Insonlarning qalbi va tuyg‘ulariga kirib borgan opera qo‘shiqlari ularga boshqa darslarni (ona tili, adabiyot, tarix, geografiya, biologiya va h.k.) chuqurroq bilish va o‘zlashtirishga yordam beradi. Xalq ma’naviyatini rivojlantirish imkoniyatlari shundan iboratki, u qiziqish va ishtiyoqlarini, musiqiy qobiliyat va zakovatlarini rivojlantiradi, psixologik hislatlarning: zehn va e’tibor, tasavvur qilish – fantaziyaning to‘g‘ri rivojlanishi, tafakkur, fikrlash, eslab qolish, go‘zallikni tushuna bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Tarbiyaviy ta’lim beruvchi ong o‘z oldiga qo‘yilgan masalalarni aniqlab olishga, bu masalalarning echimini topishga, o‘z ustida ishlashga o‘rgatadi. Kasbiy yo‘naltirish imkoniyatlari shundan iboratki, har xil kasb egalari haqidagi qo‘shiqlar o‘quvchilarni shu kasb haqida ko‘proq ma’lumot yig‘ishga va shuning ichida oziga to‘g‘ri kasb tanlab, sevgan vatanining o‘sishi va rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shish uchun intilishga undaydi. Opera san’ati o‘quvchilarni “ko‘chaning” yomon ta’siridan chalg‘itishga katta yordam beradi va dam olishni mazmunli, chiroyli, farosatli o‘tkazishga undaydi va ularni mo‘jizali, romantik, o‘zgacha go‘zal olamga olib kiradi. Lekin bizning tekshirish materiallarimizdan kelib chiqadiki, bu imkoniyatlar yetarli darajada ishlatilmaydi. Yig‘ilgan materiallarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, musiqani o‘qitish ahvoli va opera san’ati imkoniyatlarini yetarli darajada ishlatilmasligining bir necha alohida sabablari bor: Musiqiy tarbiya va ta’lim ishlari dars jarayonidan tashqariga chiqa olmaydi. Musiqa bo‘yicha o‘quv programmasi ko‘p yuklangan, unda opera san’ati bilan tanishtirishga kam joy ajratilgan; O‘quvchilarning qiziqishlariga javob beradigan tashkilotlardagi maktabdan tashqari va sinfdan tashqari faoliyatning katta imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmasligi va e’tiborga olinmasligi; Musiqiy tadbirlar kam uyushtiriladi, musiqa tog‘risida yetarlicha ma’lumot berilmaydi; Musiqa o‘qituvchilari o‘zlarining bu ishdagi alohida rolini, pedagogik jamoaning va ishga uyushqoqligini yo‘lga qo‘yishda, o‘quvchilarning tarbiyasida musiqaga alohida e’tibor va keng ravishda ishlatilishlik rolini tushunishmaydi. Vaholanki, musiqa maktab hayotida alohida o‘rinda turib, hayotning bir tarkibi, uslubiga aylanishi kerak; Musiqa o‘qituvchilari har tomonlama rivojlangan, ma’lumotli, ma’naviy boy, yetuk madaniyatli shaxsni tarbiyalash uchun musiqa darsida maxsus metodika va pedagogik texnologiyani egallamagan Pedagogik muassasalarda o‘qish davrida kelajakdagi musiqa o‘qituvchilari uchun yetarli ravishda o‘quvchilarni opera san’ati bilan tanishtirish uchun yetarli darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega emas, ayniqsa darsdan tashqari ishlarda. Shu tekshirish masalalari bo‘yicha o‘quvchilarning ma’naviy tarbiyasida opera san’atining potentsial imkoniyatlarini amalga oshirishning sharoitlari ishlab chiqildi: 1.O‘zining kasbini-musiqadan dars o‘tishning mohiyatini tushunadigan, o‘z kasbini sevadigan, uning o‘quvchilarning ma’naviy tarbiyasidagi o‘rnini tushunadigan, ongli, texnologiyaga ega yetuk mutaxassislarni tayyorlash; 2.Maktab rahbariyati va pedagogik jamoaning maktabning har tomonlama hayotiga musiqiy ruh olib kirish(imkon darajasida); 3.Musiqa sinfi(zali)ni tashkil qilish va uni kerakli jihozlar, texnika vositalari, opera san’atining eng yaxshi namunalaridan boy fonoteka maktabi tuzish, ayrim musiqiy asarlarni yoritib beruvchi tasviriy san’at namunalarini ilib qo‘yish, umuman musiqiy san’atni va opera san’atining boyligini ochib beruvchi asarlardan kutubxonachalar tashkil etish; 4.Maktabdan va darsdan tashqari o‘quvchilar bilan ish olib boruvchi tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish; 5.Ota-onalarni keng ravishda ishga jalb etish 6.Birinchi shartda qo‘shimcha ravishda fakultetlarning o‘quv rejasini ko‘rib chiqish va o‘zining ahamiyatini yo‘qotgan darslarni zamon talabiga javob beradigan yangi darslar bilan o‘zgartirish; 7.Musiqa fakultetlarining har bir kafedrasi o‘zining o‘quv dasturini boshqatdan ko‘rib chiqib, uni yanada mukammallashtirish va mavzularini maqsadga muvofiq ishlab chiqilishini ta’minlash; 8.Musiqa o‘qituvchilarini tayyorlaydigan o‘quv muassasalarida va maktablarda darslararo aloqaning imkoniyatlaridan keng ravishda foydalanib u darslar o‘quvchilari bilan birgalikda darslar olib borish; 9.Ommaviy axborot vositalarida opera san’ati haqida keng ravishda ma’lumot berish opera qo‘shiqlari ijrochilari konsertlar berish va ular haqida dasturlar tayyorlash. Bu aytilgan shartlarning amalga oshirilishida ko‘p qiyinchilik va mablag‘ni ko‘p ishlatilishi ko‘zda tutilmaydi, lekin o‘quvchilarning ma’naviy tarbiyasidagi masalalarni yechishda juda katta yordam beradi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling