Xor dirijorligi
II parda «To‘y qo‘shiqlari»
Download 1.87 Mb.
|
Ahmadqulov Muhammaddin M Ashrafiymimh operalarida milliy an\'analar
II parda «To‘y qo‘shiqlari»
Xorlarning eng ko‘p mikdori kambag‘allar Jo‘ra va Norgulning to‘yi nishonlanishi tasvirlanadigan II pardada uchraydi. O‘zining boy musiqasi, qo‘shiq va raqslari bilan yorqin, serjilo tasvirlarning katta imkoniyatini beradi. Erkaklar va ayollar qo‘shiqlari raqslar bilan almashinib turadi. Barcha xorlar juda shod-xursand, bir-biridan sur’ati, miqdori, tembr buyoqlari va xor fakturalari bilan farq qiladi. To‘yning birinchi qo‘shig‘i o‘zbek xalq qo‘shig‘i “Soqiyo” kuyi asosida tuzilgan. Xor kuplet shaklida yozilgan bo‘lib, asosiy ahamiyat yakkaxonga berilgan. Xorga ba’zi replikalar va naqoratning oxirgi so‘zlarini takrorlash topshirilgan. Kuy (miksolidiy) ohangning “mi”dan garmonlashtirilgan va bundan tashqari tabiiy (fa diyez minor) bilan almashib turishi bilan o‘zbek xalq musiqasi xususiyatlari saqlab qolingan. Bu xorda o‘zbek xalq cholg‘u asboblariga xos bo‘lgan ohangdorligidan foydalanilgan orkestr jo‘rligi aloxida ahamiyatga ega. Bas partiyasidagi organpunkti tanbur ohangini bergandek bo‘lib, buning fonida doyra doimiy ritmik usulni tasvirlagandek bo‘lgan. Epizodik jo‘rlikda asosiy kuy hamoxang bo‘ladi. Bo‘larning barchasi rang-barang ohanglarda milliy koloritni beradi. Xorning garmonik tili ba’zibir xususiyatlari bilan ajralib turadi. Kompozitorlar oxang jarangdoligiga erishish uchun yevropa musiqasiga xos bo‘lgan ba’zi uslublarii qo‘llaganlar. Xor fakturasi juda sodda. Yozuv usuli-garmonik. Bu erkaklar ikki ovozli xori, replikalarida tenor va bas partiyalarida divisi bo‘lganligi uchun uch-to‘rt ovozlidir ovoz yurgizishligi (golosovedeniye), bas partiyalarining xromatik xorlaridan tashqari, asosan qulay. Ikkinchi erkaklar xori ham o‘zbek xalq qo‘shig‘i (Jar-jar) asosida yozilagan. Qo‘shiq kuyi operada ancha o‘zgartirilgan. Bu asosan kvarta yukoriga ko‘tarilgan ikkinchi qismiga tegishli bo‘lib, buning natijasida qo‘shiqning aslidagi asosi o‘zgartirilib, kuy modulyatsiya lya majordan mi minorga almashtirilgan. Operada esa, xor lya majorda boshlanadi va bir turdagi minorga (lya minor) o‘tadi. Xorning shakli ikki qismli. Bunda ikkinchi qism kuyi yuqoriroq registrlarda o‘tadi. Xor ikki ovozli, tovushqatori qulay bo‘lib, bas partiyasida xromatik yo‘llar ham uchraydi. Qo‘shiq xususiyati quvnoq, jo‘shqin. Jo‘rligi birinchi xorga o‘xshaydi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling