Xor dirijorligi
Download 1.87 Mb.
|
Ahmadqulov Muhammaddin M Ashrafiymimh operalarida milliy an\'analar
Ayollar to‘y qo‘shiqlari
Bu xorlar operadagi eng yaxshi xorlardan xisoblanadi. Birinchi qo‘shiq o‘zbek xalq qo‘shig‘i “Chamannor” asosida tuzilgan. U lirik bo‘yoqlari, yorqinligi jarangdor ohangi bilan ajralib turadi. Ikkinchi qo‘shiqqa ham o‘zbek xalg‘ qo‘shig‘i “Gullola” asos bo‘lgan. Bu hazil qo‘shiqdir. O‘z xususiyati bilan bu qo‘shiq birinchisidan sur’ati va o‘lchovi o‘zgarganligi bilan keskin farq qiladi. Kompozitorlar operalarida xalq ashulalari kuyiga erkinroq munosabatda bo‘lganlar. “Chamannor” qo‘shig‘ining xalq oxangi (melodiya) va opera xori kuyi ko‘p jixatdan ajralib turadi. Qo‘shiqning faqat birinchi tuzilishi, xor ijrochiligi uchun qiyin bo‘lgan ritmik shakli ancha soddalashtirilgan. Bu qo‘shiq AVAVA shaklida yozilib, naqorati (A) «Chamannor» qo‘shig‘i birinchi tuzilishidan iborat va xor tomonidan ijro etiladi. «V» qismi o‘zining melodik tuzilishi bilan Kompozitorlar yozgan, solistlar tomonidan ijro etiladigan yangi musiqa asar hisoblanadi. Bundan tashqari o‘lchovi o‘zgartirilganligidan (2/4 ko‘shiqda, 6/8 xor uchun) kuyi yanada ohangdor bo‘lgan. Xor kuyi o‘zbek musiqasiga xos bo‘lgan tabiiy ladida garmonik minorda garmonlashtirilganligi, qo‘shiqda mayin lirik rang bergan. Bularning barchasida yevropa musiqa madaniyatining har xil yo‘llaridan moxironalik bilan foydalanish mazmundorlikni ifodalash asosiy maqsad bo‘lgan. Ikkinchi to‘y qo‘shig‘i ham birinchisiga o‘xshaydi, lekin kuy materiali kvarta yuqori tarzda takrorlanadi va oxangdorlik har xil registrda, tembr rang-barangligi, xor fakturasi va orkestr jo‘rligi variatsiyasi o‘zgarmagan holda. Bu xor o‘z xususiyati bilan raqsona xarakterga yaqin bo‘lganligi uchun yanada nozikroq va jozibaliroq yozilgan. Birinchi xor asosan unisonda ijro etiladi va faqat ikkita taktda ikki ovozlikka ega. Ikkinchi xorda ikki ovozlik katta o‘rin egallagan, lekin ikkinchi ovoz (alt partiyasi) mustaqilligi bilan farq qiladi. Xor qulay tessiturada yozilgan. Xaqiqatan ham birinchi xor soprano partiyasi tessiturasi birmuncha pastroq, shuning uchun ham yakkaxon kuyi ajralib turadi va xor bilan kontrast tarzida. Ikkinchi xorda barcha alt partiyalari mustaqil kuylaydi. Shuning uchun oxangdorlik nisbati o‘zgacha: bunda xor boshlanishi naqoratga qaraganda ancha balandroq registrlarda yangraydi. Orkestr jo‘rligini xususiyati — uning mustaqil ahamiyatida, xor oxangdorligini melodik figuratsiyalar bilan boyitilganligida. Kelini kutib olish to‘rt ovozli aralash xori ham bir turdagi xorga o‘hshab asil o‘zbek xalq qo‘shig‘i “Chamanda gul”ga asoslangan. Qo‘shiq kuyi uncha ahamiyatli bo‘lmagan ikkinchi qismida intonatsion o‘zgarishlar bilan qayta ishlangan va transpozitsiya qilingan (xalq qo‘shig‘i yozishga qiyoslaganda bir tovush balandroq, si minor). “Bo‘ron” operasining II pardasidagi kelinni kutib olish xori. Qo‘shiqning originali oddiy uch qismli shaklga ega bo‘lib, xor esa uch qismli murakkab, reprizasi qisqartirilgan shaklda yozilgan. Birinchi qismi xalq qo‘shig‘ini to‘laligicha ifodalashdan iborat. O‘rta qismi birinchi qismini butunligicha takrorlaydi, ammo boshqa oxangdoshlikda (re minor). Uchinchi repriza qismi asosiy ohangdoshlikda ijro etiladi (si minor), ammo ancha qisqartirilgan shaklda (qo‘shiqning faqat birinchi taxriridan) foydalanilgan. B y xorda xalq ohangi to‘rt ovozli aralash xor uchun oddiy vositalar bilan ayollar va erkaklar xorining galma-galdan almashinuvi (bu operaning dramaturgiyasi bilan belgilanadi) bunda inqilobdan ilgari turmush tarzi uyning ikkiga, ya’ni ichkari ayollar joyi va tashqari erkaklar turar joyga bo‘linishi ko‘rsatilgan. Xorda ko‘p ovozlik hali uncha rivojlanmagan bo‘lishiga qaramay, bas va alt partiyalarida tovush qator ma’lum mustaqilligi bilan bilinib turadi. Tenor partiyasi doimiy ravishda soprano partiyasini oktavada takrorlaydi. Bu kompozitorning umumiy xor ohangida asosiy kuy yo‘lini kuchaytirish va ajratib tasvirlashga intilganliklarini hamda tenorlarga o‘z partiyalarini intonatsiyalashtirishlarini osonlashtiradi. Xorning yozuvi gomofon-garmonik. Xor partiyalari qulay tessiturada yozilgan. Garmonik tili ancha murakkab va qiziqarli natural minor va doriy ladlari solishtirilishi katta rang-baranglik baxsh etadi. Garmoniyadagi subdominanta muhiti ustivorligi musiqadagi milliy ohangining oshishiga yordam beradi. Xorga goh hamohanglik qiladigan, goh kuyning figuratsiyalar bilan uni rang-barang yangrashiga asos bo‘ladigan, xalq cholg‘u asboblari orkestri jo‘rligi asarga o‘zgacha o‘ziga xoslik bag‘ishlaydi. IV parda orkestrning mayin ovozi bilan boshlanadi. Past registrdagi tashvishli akkordlar xilvat tog‘ darasidagi tongni tasvirlaydi. Xorning g‘amgin ohanglarida xalquz taqdiridan shikoyat qiladi, zolim zulmidan g‘azablanadi, barcha narsadan mahrum qilinganlarni kurash uchun birlashishga chaqiradi. Bu xor boshqalardan polifonik yozuv usullari birinchi marta qo‘llanganligi bilan farq qiladi. U erkaklar uchun fugato shaklida yozilgan va barcha xor partiyalarida imitatsion o‘tadigan mavzuda tuzilgan. Ba’zi epizodlari gomofon-garmonik bo‘g‘inlardir. Kompozitorlar mavzuni o‘zbek xalq qo‘shiqlariga yaqinlashtirib yozganlar. Xor formasi uch qismli. Birinchi qismi fuganing klassik shakliga, ya’ni dastlab mavzu asosiy tonallikda o‘tkazilib, keyin dominanta tonalligiga o‘tadi va h.k. B irinchi qism bas partiyasining past registrida so‘zsiz kuylashdan boshlanadi. Bu kuy bo‘g‘iq, g‘amgin va tashvishli ohanglarda berilgan. Keyingi har bir mavzu o‘tkazilishi baland registrda. Mavzu uchinchi taktda tenor partiyasidan keyin paydo bo‘ladi. Reprizada xor yumuq og‘iz bilan kuylaydi. O‘rta qismda mavzu tenor partiyasida ikki marta yangraydi: avval asosiy tonallikda, keyin kvinta yuqorida. Past registrdan asta-sekin balandlashib uning xususiyatini o‘zgartirib boradi, o‘rta qismda u faollashadi, jangovorlik “yovuz dushmanlarni bo‘rondek sipiramiz” so‘zlari yangraydi. Pardalar rangdorligi (frigiy ladi) xorning milliy koloritini ko‘rsatadi. Garmonik tili operaning boshqa xorlariga qaraganda ancha murakkab. T ovush yuritishligi ba’zi murakkabliklari bilan ajralib turadi. Katta intervalda keskin o‘tishlar (baslarda sekstlar, septimalar) va partiyalarda uchraydigan xromatik harakatlardan iborat. To‘rt ovozlik xorda uncha ko‘p emas, unda asosan ikki ovozlik, ba’zida esa unison ustunlik qiladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling