Xor dirijorligi


Download 1.87 Mb.
bet11/15
Sana12.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1264985
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ahmadqulov Muhammaddin M Ashrafiymimh operalarida milliy an\'analar

AYOLLAR TO‘Y QO‘SHIQLARI
Bu xorlar operadagi eng yaxshi xorlardan xisoblanadi. Birinchi qo‘shiq o‘zbek xalq qo‘shig‘i «Chamannor» asosida tuzilgan. U lirik bo‘yoqlari, yorqinligi jarangdor ohangi bilan ajralib turadi. Ikkinchi qo‘shiqqa ham o‘zbek xalq qo‘shig‘i «Gullola» asos bo‘lgan. Bu hazilga to‘la hazil qo‘shiqdir. O‘z xususiyati bilan bu qo‘shiq birinchisidan sur’ati o‘zgarganligi, o‘lchovi bilan keskin farq qiladi.
Bastakorlar operasida xalq ashulalari melodiyasiga erkinroq munosabatda bo‘lganlar. «Chamannor» qo‘shig‘ining xalq ohangi (melodiya) va opera xori melodiyasi ko‘p jixatdan ajralib turadi. Qo‘shiqning faqat birinchi tuzilishi, xor ijrochiligi uchun qiyin bo‘lgan ritmik shakli ancha soddalashtirilgan. Bu qo‘shiq A B A B A shaklida yozilib, naqorati (A) «Chamannor» qo‘shig‘i birinchi tuzilishidan iborat va xor tomonidan ijro etiladi. «B» qismi o‘zining melodik tuzilishi bilan bastakorlar yozgan, solistlar tomonidan ijro etiladigan yangi musiqa asar hisoblanadi. Bundan tashqari o‘lchovi o‘zgartirilganligidan (2/4 qo‘shiqda, 6/8 xor uchun) melodiyasi yanada ohangdor bo‘lgan.
MISOL


MISOL



Xor melodiyasi o‘zbek musiqasiga xos bo‘lgan tabiiy ladida garmonik minorda garmonlashtirilganligi, qo‘shiqda mayin lirik rang bergan.


Bularning barchasida yevropa musiqa madaniyatining har xil yo‘llaridan moxironalik bilan foydalanish mazmundorlikni ifodalash asosiy maqsad bo‘lgan.
Ikkinchi to‘y qo‘shig‘i ham birinchisiga o‘xshaydi, lekin «B» melodik materiali kvartada balandroq «A»ni takrorlaydi va oxangdorlik har xilligi registrda, tembr rang-barangligi, xor fakturasi va orkestr jo‘rligi variatsiyasi o‘zgarmasdir. Bu xor o‘z xususiyati bilan raqs melodiyalari borligi uchun yanada nozikroq va jozibaliroq bo‘lgan.
Birinchi xor asosan unisonda ijro etiladi va faqat ikkita taktda ikki ovozlikka ega. Ikkinchi xorda ikki ovozlik katta o‘rin egallagan, lekin ikkinchi ovoz (alt partiyasi) mustaqilligi bilan farq qilib, anncha statikdir.
Xorlardagi har ikkala partiya qulay tessiturada yozilgan. Xaqiqatan ham birinchisi xor soprano partiyasi tessiturasi birmuncha pastroq, shuning uchun ham solist kuyi ajralib turadi va xor bilan kontrastlashgan.
Ikkinchi xorda barcha alt partiyalari solistlik qiladi. Shuning uchun oxangdorlik nisbati o‘zgacha: bunda xor boshlanishi naqoratga qaraganda ancha balandroq registrlarda yangraydi.
Orkestr jo‘rligini xususiyati — uning mustaqil ahamiyatida, xor ohangdorligini melodik figuratsiyalar bilan boyitilganligida.
MISOL

Kelinni kutib olish to‘rt ovozli aralash xori ham bir turdagi xorga o‘xshab asl o‘zbek xalq qo‘shig‘i «Chamanda gul»ga asoslangan. Qo‘shiq melodiyasi uncha ahamiyatli bo‘lmagan ikkinchi qismida intonatsion o‘zgartirishlar bilan qayta ishlangan va transportlashtirilgan (xalq qo‘shig‘i yozishga qiyoslaganda bir tovush balandroq).(si minor)


MISOL

«Bo‘ron» operasining II pardasidagi kelinni kutib olish xori. Qo‘shiqning originalida oddiy uch qismli formaga ega bo‘lib xor esa, uch qismli murakkab, reprizasi qisqartirilgan formada yozilgan.


A B A B A


a – b – a a – b – a a
si minor re minor si minor
Birinchi A qismi xalq qo‘shig‘ini to‘laligicha ifodalashdan iborat. O‘rta A qismi birinchi qismini butunligicha takrorlaydi, ammo boshqa oxangdoshlikda (re minor). Uchinchi-repriza-qismi asosiy ohangdoshlikda ijro etiladi (si minor), ammo ancha qisqartirilgan ko‘rinishda (qo‘shiqning faqat birinchi qurilishida foydalanilgan).
Bu xorda xalq ohangi to‘rt ovozli aralash xor uchun oddiy vositalar bilan ayollar va erkaklar xorining galma-galdan almashinuvi (bu operaning dramaturgiyasi bilan belgilanadi) bunda inqilobdan ilgari turmush tarzi uyning ikkiga ichkari ayollar joyi va tashqari erkaklar turar joyga bo‘linishi ko‘rsatilgan.
MISOL

Xorda ko‘p ovozlik hali uncha rivojlanmagan bo‘lishiga qaramay, bas va alt partiyalarida golosovedeniya ma’lum mustaqilligi bilan bilinib turadi. Tenor partiyasi doimiy ravishda soprano partiyasini oktavada takrorlaydi. Bu kompozitorning umumiy xor ohangida asosiy melodik yo‘lini kuchaytirish va ajratib tasvirlashga intilganliklarini hamda tenorlarga o‘z partiyalarini intonatsiyalashtirishlarini osonlashtiradi.


Xorning yozuvi bo‘g‘inlari gomofon-garmonik. Xor partiyalari, zo‘r berib qichqirib baland registrlarda aytiladigan — chanligi uchun tenorlardan tashqari qulay tessituralarda yozilgan.
Garmonik tili ancha murakkab va qiziqarli natural minor va doriy ladlari solishtirilishi katta rang-baranglik baxsh etadi. Garmoniyadagi subdominanta muhiti ustivorligi musiqadagi milliy ohangining oshishiga yordam beradi. Xorga goh hamohanglik qiladigan, goh melodik figuratsiyalar bilan uni rang-barang qiladigan, xalq cholg‘u asboblariga o‘xshashlik bag‘ishlash orkestr jo‘rligi juda sermazmunlik bag‘ishlaydi (qarang, 16-misol).
IV parda orkestrning mayin ovozi bilan boshlanadi. Past registrdagi tashvishli akkordlar xilvat tog‘ darasidagi tongni tasvirlaydi.
Xorning g‘amgin ohanglarida xalq o‘z taqdiridan shikoyat qiladi, zolim zulmidan g‘azablanadi, barcha narsadan mahrum qilinganlarni kurash uchun birlashishga chaqiradi.
Bu xor boshqalardan polifonik yozuv usullari birinchi marta qo‘llanganligi bilan farq qiladi. U erkaklar uchun fugato shaklida yozilgan va barcha xor partiyalarida imitatsion o‘tadigan mavzuda tuzilgan. Ba’zi epizodlari gomofon-garmonik bo‘g‘inlardir. Kompozitorlar mavzuni o‘zbek xalq qo‘shiqlariga yaqinlashtirib yozganlar. Xor formasi uch qismli. Birinchi qismi fuganing klassik shakliga, ya’ni dastlab mavzu asosiy tonallikda o‘tkazilib, keyin dominanta tonalligiga o‘tadi .
U uch marta navbat va navbat bilan baritonlarda va tenorlarda, oxirgilarida esa basdan baland oktavalarda yangraydi. Reprizada faqat ikki mavzu o‘tkazilishi: bas partiyasida va tenorlarda (baritonlik mavjud emas) unison bo‘lib o‘tadi. Ikkalovi asosiy tonallikda berilgan (si minor).
Birinchi qism bas partiyasining past registrida so‘zsiz kuylashdan boshlanadi. Bu kuy bo‘g‘iq, g‘amgin va tashvishli ohanglarda berilgan. Keyingi har bir mavzu o‘tkazilishi baland registrda. Tekst uchinchi taktda tenor partiyasidan keyin paydo bo‘ladi. Reprizada xor yumuq ofiz bilan kuylanadi. O‘rta qismda mavzu tenor partiyasida ikki marta yangraydi: avval asosiy tonallikda, keyin bitta kvintaga balandroq. Past registrdan asta-sekin balandlashib uning xususiyatini o‘zgartirib boradi, o‘rta qismda u faollashadi, jangovorlik «yovuz dushmanlarni bo‘rondek sipiramiz» so‘zlari yangraydi.


M ISOL
Pardalar rangdorligi (frigik pardasi si dan) xorning millly xarakterini ko‘rsatadi.
Garmonik tili operaning boshqa xorlariga qaraganda ancha murakkab.

Unda turli septakkorlardan foydalanilgan va ularning ishlatilishi (kamaytirish, pastlashtiring) balandlashgan uchovozlik.


Tovush yuritishligi ba’zi murakkabliklari bilan ajralib turadi. Katta intervalda keskin o‘tishlar (baslarda sekstlaar, septimalar) va partiyalarda uchraydigan xromatik harakatlar, bas partiyalarda mayda uxoq melodik harakatlardan iborat.
To‘rt ovozlik xorda uncha ko‘p emas, unda asosan ikki ovozlik ustunlik qiladi, ba’zida esa birga xor partiyalari unison.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling