Xor dirijorligi
M.Ashrafiy “Dilorom” operasi
Download 1.87 Mb.
|
Ahmadqulov Muhammaddin M Ashrafiymimh operalarida milliy an\'analar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tutqunlikdagi xor”
M.Ashrafiy “Dilorom” operasi
A.Navoiy nomli Davlat Akademik Katta opera va balet teatrining sahnasida “Dilorom” operasi katta rol o‘ynaydi. Bir tomondan baxtli sahna hayoti bu asarlarda mavzuning afsonaviyligi va A.Navoiy poemasining “Sabbai sayyor”, ikkinchi tomondan kuchli professional musiqaga ega. M.Ashrafiy “Dilorom” operasi bilan bir qatorda u “Bo‘ron”, “Ulug‘ kanal” (S.Vasilenko xammuallifligida) operalari va katta vokal-xor janrlarining muallifidir. K.Yashin, M.Muhamedov kompozitorlar bilan birga dramaturgiyada xor sahnasiga katta e’tibor bilan qaradi. Ular birgalikda sotsial konfliktlarni ochib bergan. Ko‘p ovozli aralashgan xorlar, ayollar va erkaklar xorlari bor. II ko‘rinishda “Bozor” sahnasi qiziqarli. U 4 variatsion epizoddan iborat. Bosh mavzu orkestrning kirish qismida rivojlanib, keyin xor ijrochilariga topshiriladi. Epizod xazil va sershovqindir. U «Ey» so‘zlari bilan boshlanadi. Mavzu unison tarzida bo‘lib soprano va tenor partiyalarida o‘tadi. Alt va bas partiyalari divizi bo‘lmaganligi tufayli, ko‘p ovozli bo‘lib yangraydi. 2-3 bo‘limdagi har xil xor gruppalarining suhbatlari berilgan. Xazilga boy aytishuv sahnalari xalq qo‘shiqlaridan yallani eslatadi. Sahnada bozor ko‘rinishi yaqqol ko‘rsatilgan. Ikkinchi epizod ikki qatorni birlashtiradi. Mavzu navbat bilan erkak va ayollar xoriga topshiriladi. Uchinchi epizod kulminatsiyadir. Bu yerda ko‘p ovozli aralash xor, orkestr jo‘rligida ijro etadi. Xor ohangi juda ham kuchli va baland tessiturada yozilgan. To‘rtinchi, so‘nggi qism uchta ko‘rinishga bo‘lingan. Birinchi qism xori akkord shaklidagi ko‘p ovozli aralash xor uchun yozilgan, asosiy mavzu esa orkestrda o‘tkaziladi. Ikkinchi qismda melodik material soprano partiyasiga beriladi. Uchinchi qismda, alt va bassdagi mavzu uyg‘un o‘tkazish yo‘li bilan soprano va tenor partiyalarida glissando shaklida organik ravishda birlashtirilgan. Bu sahna tantanali xor va orkestr ijrosi bilan tugaydi. “Tutqunlikdagi xor” Dilorom operasining beshinchi parda III bo‘limi yer osti voqealariga bag‘ishlangan. Bu yerda asiralar, ular ichida Diloromning sevgilisi ham bor. Xor oddiy 2 bo‘limda yozilgan. Saxna orkestr kirishi bilan boshlanadi. Orkestrning boshlang‘ich qismi zindonband etilganlarning achchiq qismatini tasvirlab beradi. Mavzu qayg‘uli va zulmatli. G‘amgin kuy bas ovozga belgilangan. Bu bo‘limda kompozitor qayg‘uli tarif uchun yopiq og‘iz bilan ashula aytishni qo‘llagan. Ikkinchi bo‘lim ikki davrani o‘z ichiga oladi. Ayollar xori bilan boshlanadi. Erkaklar xori sahnada shu vaqtning o‘zida ayollar xori sahna ortida joylashgan. Bundan ma’lumki zindonda faqat erkak asirlar qiynalgan, azoblangan, ayollar esa zindon tosh devorlaridan o‘z yaqinlari haqida xabar kutib bir umr yashaganlar. Boshida ayollar xori ikki ovozda aytiladi, har ovoz mustaqil keyinchalik xor fakturasidan to‘la foydalaniladi. Ikkinchi bo‘limning mavzusi yig‘ilib aytiladigan qo‘shiqlarni eslatadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling