Xor dirijorligi


Download 1.87 Mb.
bet10/15
Sana12.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1264985
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ahmadqulov Muhammaddin M Ashrafiymimh operalarida milliy an\'analar

Final xori. V parda
Oxanglar sermazmunligi va ko‘povozlilikdagi foydalanish bo‘yicha final xori operada eng ahamiyatli hisoblanadi. U juda mantiqan opera dramaturgiyasini tugallaydi. Uning kuyi folklor emas, ularning Kompozitorlar tomonidan yaratilish o‘zbek xalq va hozirgi zamon ommaviy qo‘shiqlari qo‘shilib ketganligini ko‘rsatadi.
Kuy ritmik tuzilishi (sinkopaning ko‘p foydalanganligi) va uning pardalar serbo‘yoqligi (natural minor) milliy koloritni beradi.

Xor uch qismli shaklda yozilgan. O‘rta qismi qolgan ikkita qismidan xor fakturasi past registrlarda yangrashi va jiddiy xarakteri bilan farq qiladi. Unga yakkaxon partiyalari kiritilgan. Yakkaxonlar navbatma navbat xor bilan birgalikda kuylaydilar. Melodik va ladotonal tuzilishi ham boshqacha, asosiy mi minor (minor miksolidiy) chetga chiqishlar mavjud.


Xor barcha partiyalarda divisi. Asosiy tuzilish prinsipi xor partiyalarini takrorlashdan iborat: soprano partiyasining asosiy kuy yo‘lini tenor yoki alt bilan bir vaqtning o‘zida bir necha partiyalar bilan takrorlaydi. Masalan, alt va bas, shu bilan birga basdan shu vaqtda divisi - oktava va kuyi uchta oktavada jaranglaydi. Bunga shu vaqtning o‘zida jo‘rligi oktava-unison bo‘lib kuy yo‘lini aks etiradi.


Bo‘ron” operasining final xori


Xor yozuv gomofon-garmonik, lekin xorning birinchi va uchinchi qismlarda polifoniya usullaridan foydalanilganligi sezilib turadi.
Ba’zi xor partiyalarida vazmin oxanglardan foydalanilgan, ayniqsa sof tenorlar.
Xor partiyalari tovush qatori mustaqil xromatik rivojlanishi, ularning takrorlanishligi sababli orkestr jo‘rligida olib borilishi qiyin emas. Tessitura bo‘yicha ba’zi qiyinchiliklar tenor partiyalarida uchraydi (baland registr ustunligi va ovozning katta kuchi). Qolgan partiyalar qulay yozilgan.
Ovozning asosiy kuchi xorda f-ff bo‘lib, ancha past boshlanadigai mf o‘rta qismi bundan mustasno. Mazkur xorda bunday dinamika o‘zini to‘la oqlagan, chunki uning da’vat etuvchi g‘ayratli xarakteri shuni talab etadi.



Shahodat Rahimova Norgul rolida
Bo‘ron operasidan 1941 y.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling