Xor dirijorligi
M.Ashrafiyning ayrim operalaridagi xorlarning tahlili
Download 1.87 Mb.
|
Ahmadqulov Muhammaddin M Ashrafiymimh operalarida milliy an\'analar
2.1. M.Ashrafiyning ayrim operalaridagi xorlarning tahlili
“Bo‘ron” operasi “Bo‘ron” operasi dramaturgik asosi musiqa bo‘lgan birinchi musiqali dramatik asardir. “Bo‘ron” operasining mazmuni Turkiston xududida inqilobdan oldingi xalq qo‘zg‘olonlari bo‘layotganligidan iborat. Unda asarning bosh qaxramoii Bo‘ron isimli dehqon yetakchiligidagi qo‘zg‘olon ko‘rsatilgan. K.Yashin tomonidan yozilgan dramatizm va keskin rivojlanishga to‘la libretto xordan keng foydalanish, mukammal xor sahnalari yaratishning katta imkoniyatlarini berdi. Ommaviy sahnalardagi katta o‘rin tutgan xorlar asosan tugallangan nomerlar sifatida foydalaniladi. Boshlanishda xor g‘amgin va keskin yangraydi — xalqda zolimlarga qarshi kurash qarori borgan sari pishib yetiladi. Parda oxirida xalq o‘z qarorini amalga oshirishda qat’iyligini ko‘rsatadigan daxshatli, jangovor xolatga keladi. I, II, IV va V pardalar oxirida yangraydigan xorlar ancha salmoqlidir. Bunda operaning asosiy inqilobiy g‘oyasi — o‘zbek xalqning ozodlik va mustaqillik yo‘lida olib borgan kurashi aks ettirilgan. Asarning I va II pardalarida Hamzaning “Eshon ishi” va “Biz ishchimiz” inqilobiy ashulalar asos qilib olinishi bejiz emas. Birinchi o‘zbek operasining xor yozuvi asosiy prinsinlari ustida mukammalroq to‘xtaymiz. Opera xorini bir ovozlikdan ko‘p ovozlikka o‘tish bosqichi deb qarash kerak. Buni unison yoki oktava-unison ohanglardan tez-tez foydalanish va gomofon-garmonik tuzilishlar ustunligida ko‘rish mumkin. Katta folklor material o‘zbek tinglovchilari tomonidan o‘zbek ommaviy qo‘shiqlari kuylarining ko‘p ovozlikka o‘tkazilishini qabul qilishidadir. Lekin bu barcha operalar xori juda sodda qilib yozilganligini anglatmaydi. Kompozitorlar ovoz jonliligiga erishish uchun har xil vositalardan foydalanganlar. Jumladan II va V pardalarning final xorlarda xor partiyalari bir birini takrorlaydi, balki mustaqil ovoz yurituvchilikka (golosovedeniye) ega. IV pardaning xorida polifonik yozuv yo‘lidan foydalanilgan. Operada nafaqat aralash xorlar mavjud, balki bir xillik ham (erkaklar va ayollar) xor ohangdorligini boyitgan. Opera xorlari yaratish uchun kompozitorlar qo‘llagan asosiy prinsip ko‘p ovozlilikda ohangdorlikning aniq namoyon bo‘lishdan iborat. Bu bir qancha yillar Yevropa operasining boy xazinasidan olingan edi. Ko‘pchilik xorlarda kuyning yo‘li yuqori ovozda — soprano (yoki tenor agar erkaklar xori bo‘lsa) bo‘lib, u bir yoki ikki xor partiyalari vositasida takrorlanadi (V pardaning final xori). Shunga o‘hshash tuzilishni S.Vasilenkoning “Ko‘rinmas Kitej shaxar haqida afsona” operasi xalq xorida ko‘rish mumkin. Ushbu xor rang-barangligi, jarangdorligi, mazmundorligi, oddiyligi va o‘zbek xalq qo‘shiqlariga yaqinligi bilan ajralib turadi. Ko‘p xorlarda yoki intonatsiyalardan (daradagi xor), yoki ommaviy mashxur o‘zbek qo‘shiqlaridan foydalanilgan (II parda xori). Ularning ba’zilaridan (boylar xori) o‘zbek musiqasining ritmi va intonatsiyasidan foydalanilganligiga qaramay, musiqa va matning to‘g‘ridan-to‘g‘ri mos kelmaydigan o‘rinlari ham mavjud. Kuyning raqs hususiyati g‘azabkor, g‘amgin, taxdidli matnga to‘g‘ri kelmaydi. Kompozitorlar xorlarning garmonik tuzilishida milliy koloritni saqlashga harakat qilishgan. Ular buning uchun oddiy garmonik ranglardan ya’ni: kvarta-kvinta hamohang, subdominata muhitidagi akkordlari natural minorning lad xususiyatlaridan foydalanganlar. Ko‘pgina xorlar qulay ovoz yurguzuvchanlik yo‘lida yozilgan. Lekin ba’zi partiyalarda o‘zbek musiqaga xos bo‘lmagan intonatsion qiyin yo‘lda (xromatizmlar) ancha katta bo‘lgan intervallarga sakrashlar, sekstalar, septimalar va boshqa yo‘llarda yozilgan. Kompozitorlar asosan o‘rtacha registrlar bilan xor ovozlarida oxirgi registrlarda faqat kulminatsion lahzalarda foydalanadilar. O‘rni – o‘rni bilan erkaklar, ayollar xori va aralash xorlar kuylashini partiyalarda solishtirib, shu epizodning o‘ziga xos xususiyatlari munosabati bilan vokal-tembr bo‘yoqlardan mohirlik bilan foydalanadilar (IV pardadagi bas partiyasi kuyi). Orkestr jo‘rligi ko‘pincha xorning melodik ohangiga yoki xorning butun partiyaspga hamkorlik qiladi. U ba’zida faqat xorga garmonik akkordlar bilan quvvatlasa, ko‘pincha esa, mustaqil ahamiyat kasb etadi, xor partiturasiga maxhsus ohangdorlik bagishlaydi. Milliy koloritning saqlanishida xalq cholg‘u asboblari jarangdorligiga uxshatishga intilish sinkopalashgan ritm va h.k. katta rol o‘ynaydi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling