Xor dirijorligi


Jahon va o‘zdek operalarining yaratilishi va uning kompozitorlari ijodiga chizgilar


Download 1.87 Mb.
bet5/15
Sana12.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1264985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ahmadqulov Muhammaddin M Ashrafiymimh operalarida milliy an\'analar

1.2.Jahon va o‘zdek operalarining yaratilishi va uning kompozitorlari ijodiga chizgilar

Opera – musiqa san’atining eng yirik janri hisoblanadi. U bastakorning talabiga javob beradigan libretto, ya’ni she’riy-dramatik pyesa asosida yaratiladi. Opera ham teatr tomoshasidir, barcha sahna bezaklari ,kiyim-kechaklari, raqs harakatlari va boshqalar asar mavzusini, bo‘lib o‘tayotgan voqea davrini ochishga xizmat qiladi. Operada voqea, gapiradigan so‘zlar-u kuylanadigan qo‘shiqlar, hamma-hammasi musiqaga asoslangan bo‘ladi.


Opera XVI asarning oxirlarida Italiyada paydo bo‘lgan.U mavzusi va musiqa tiliga qarab,asosan 2 turga ya’ni jiddiy operalar va hajviy operalarga bo‘linadi.
Italiyalik bastakor Juzeppe Verdi, Avstriyalik bastakor Volfgang Amadey Motsart opera yaratishning eng yaxshi namunalarini yozib ketganlaridan so‘ng, bu janrning taraqqiyoti XIX asrda Rossiyada yuksaklarga ko‘tarildi. Buni butun dunyo xalqlari tan oladi. Bastakor Mihail Glinka (1804-1857-yillarda yashab,ijod qilgan)-“Ivan Susanin”, “Ruslan va Lyudmila” operalarini yaratib, rus opera san’atiga asos soldi.
Juzeppe Verdi 1813-1901-yillarda yashab, ijod qilgan Italiyalik buyuk bastakordir. Uning - “Aida”, “Rigoletto”, “Traviata”, “Otello” kabi operalarini shu janrda yaratilgan 27 ta asari ichida eng yaxshi durdonalari hisoblanadi. Verdi operalari sahnaga qo‘yilib, birinchi ijro bo‘lgan kun Italiyada bayramga aylanib ketardi. Xalq muallifni olqishlab, hozirgina tinglab tomosha qilgan operalaridan kuy-qo‘shiqlarni yodlab olib, ko‘chalarda baralla aytib uylariga qaytishardi.
Albatta, bunday muvaffaqiyatlarning sababi, J.Verdi o‘z xalqining kuy ohanglarini yaxshi bilishi va o‘tkir didli ijodkor sifatida tinglovchilar ehtiyojini yaxshi sezishidir.
J.Verdidan so‘ng butun dunyo xalqlaridan chiqqan bastakorlar uning darajasida operalar yaratishni havas qilishadi, orzu qilishadi….
Demak, jahon opera san’atida J.Verdi ijodining o‘z o‘rni bor va ahamiyati katta.
Opera san’ati paydo bo‘lgandan buyon qancha-qancha bastakorlar dunyoga kelib, shu janrda qalam tebratib ko‘rishgan. Turli tillarda ko‘plab operalar sahnalashtirilgan. Ulardan birlari faqat bir marta, boshqalari ko‘p marta qo‘yilgan. Lekin,kamdan-kam mualliflarning operalari Juzeppe Verdining operalari kabi asrlardan-asrlarga o‘tib kelmoqda…
Asrlardan-asrlarga o‘tib kelayotgan opera durdonalari mualliflarining nomlari bugungi kunda ham butun dunyoda taniqli. Volfgang Amadey Motsartning-“Volshebnaya fleyta” (“Sehrli nay”) operasi, Jorj Bizening - “Karmen” operasi, Pyotr Chaykovskiyning - “Prikovaya dama” (“Toppon xonim”), “Evgeniy Onegin” operasi, Nikoley Rimskiy-Korsakovning - “Snegurochka” (“Qorqiz”), “Sadko”, “Shoh Sulton haqida ertak”, “Oltin Xo‘rozcha” operalari butun dunyoda mashhurdir.
O‘zbek musiqasi tarixida birinchi opera 1939-yilda yaratilgan, deb ko‘pgina kitoblarda yozilgan. Bung-o‘sha paytda yosh bastakor bo‘lgan Muxtor Ashrafiyning ustozi S.N.Vasilenko bilan hamkorlikda yozgan “Bo‘ron” operasi misol bo‘la oladi. O‘zbekistonda opera janrining shakllanishida dastlabki pog‘ona bo‘lgan “Bo‘ron” operasidan keyin talaygina o‘zbekcha operalar dunyoga keldi. Bular - R.Glier va T.Sodiqovning “Layli va Majnun”, Muhtor Ashrafiyning “Dilorom”, “Shoir xotirasi”, Rashid Hamraevning “Zulmatdan ziyo”, Sobir Boboyevning “Hamza”, “Fidoyilar”, Hamid Raximovning “Zafar”, Ibrohim Hamraevning “Oyjamol”, Ikrom Akbarovning “So‘g‘d elining qoploni”, Mutal Burhonovning “Alisher Navoiy”, Sayfi Jalilning :Zebunniso”, M.Bafoyevning “Umar Xayyom”, Ulug‘bek Musayev, Nurilla Zokirov, Rustam Abdullayev, Habibulla Rahimov, Avaz Mansurov kabi o‘zbek bastakorlarining qator operalaridir.
Sulaymon Yudakov yozgan opera –“Maysaraning ishi”, birinchi o‘zbek hajviy operasi bo‘lib, butun dunyoga tanilganini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Bolalar uchun yozilgan va sahnalashtirilgan o‘zbek operalari ko‘p emas.
Bular - Sobir Boboyevning”Yoriltosh”, Sayfi Jalilning “Malikai ayyor” va Avaz Mansurovning “Hayvonlar sultoni” operalari.
Muxtor Ashrafiy 1912-1975 yillarda yashab ijod qilgan, o‘zbek professional bastakoligi shakllanishida birinchilardan bo‘lgan musiqa san’ati allomasidir.Uni xalqimiz bastakor, dirijyor, ustoz, katta rahbar sifatida yaxshi tanigan, qilgan mehnatlariga yarasha ardoqlagan.Vafotidan so‘ng uning nomiga konservatoriya, bilim yurti, maktablar, ko‘chalar qo‘yilishi bejiz emas albatta.
Muxtor Ashrafiy bastakor sifatida barcha janrlarda ijod qilgan. Uning qalamiga mansub 4 ta opera 3 ta balet, 2 ta simfoniya va boshqa ko‘pgina kamer-cholg‘u, kamer vokal va o‘nlab qo‘shiqlarni sanab o‘tish mumkin. Ijodkorning Toshkentda yashagan uyi bugungi kunda “Uy-muzey”iga aylantirilgan. Musiqa san’ati shinavandalari bu uy muzey bilan yaqindan tanishish uchun barcha viloyatlardan tashrif buyurishib ziyorat qilishadi.
Askiya san’atining o‘chog‘i bo‘lmish Qo‘qon shahrida tug‘ilib o‘sgan Sulaymon Yudakov (1916-1990) tabiatan quvnoq, hazilkash inson bo‘lgan. Sinchikov ijodkor sifatida o‘zbeklarga hajviy opera va hajviy mavzudagi balet ma’qul bo‘lishini kuzatib yurgan, kuzatishlari samara bergan. Opera janrida “Maysaraning ishi”, balet janrida “Nasriddinning sarguzashtlari”ni yozib qoldirib, ulkan ish qilgan. Bu baletning premyerasi, ya’ni birinchi ijrosi bastakor vafotidan so‘ng ko‘p yillar o‘tib 1997-yilda bo‘ldi. Ijodkorga o‘z asarini sahnada ko‘rish nasib etmadi…
“Maysaraning ishi” operasida eski zamonlarda qozi, boy va kambag‘allar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bir voqea aks ettirilgan. Opera janrining talablariga to‘la javob beradigan bunday asarni hozirgi kunda ham xalqimiz sevib tomosha qiladi. O‘zbek musiqa san’ati rivojida bu asarning o‘rni va ahamiyati katta.
O‘zbekistonda ulug‘ inqilobdan so‘ng qo‘shiqchilik va musiqa janrlarida yuksalish va ko‘tarinkilik imkoniyatlari ochilgandey bo‘ldi. Kuy va qo‘shiqlarimizni atoqli ashulachilarimizdan Qori Yoqubov va rus musiqashunosi Mironov tomonidan bir necha ashulalarimiz notaga olinib chop ettirildi. Uspenskiy bilan birga 2 yil davomida Shashmaqom notaga olindi. Musiqa maktablaridan chiqqan talabalar Rossiyadagi musiqa texnikumlarini va institutlarga jo‘natila boshlandi. Ham o‘z musiqamiz va Yevropa musiqasini yaxshi bila olgan mana shunday talabalarimiz yetishguncha yevropa musiqa olimlarining yordamlari bilan kuylarimizni notaga oldirishga yevropa musiqasining ohang usullaridan ko‘z yumub qo‘shiq kuylarimizni o‘z ohangiga qolishicha tushuraylik deb fikr tuzildi. Bu to‘g‘rida Uspenskiyning katta tajribasi bor edi.
Yevropa ohang usullariga ergashtirib olingan kuy-qo‘shiqlarning etnografik nuqtasidan ahamiyatni yo‘qotganimiz kabi ularning o‘zbekligini ham yo‘qotgan bo‘lamiz.
1918-yilning 1-sentabri O‘zbekistonda opera teatr tashkil topgan kun hisoblanadi. O‘sha kuni xalq Konservatoriyasida Dargamijskiyning “Rusalka”, operasi qo‘yildi. Keyinchalik boshqa operalar ham sahnalashtirila boshlandi.
Teatr uchun kadrlar tayyorlash studiyasi ish olib bordi. Bokudagi teatr texnikumida aktyorlar o‘qiy boshladi.
O‘zbekiston milliy vokal qo‘shiqchiligi haqida ancha munozaralar davom etdi. Moskva konservatoriyasi qoshidagi o‘zbek studiyasi tashkil topib, unga Halima Nosirova, M.Ashrafiy, Beliddin Inoyatov, Anvar Hoshimov va boshqalar o‘qiy boshladi. Ayrim nazariyachilar milliy operada tomoq bilan kuylashni saqlab qolish zarurligini ya’ni O‘zbek xalq qo‘shiqlariga xos kuylash usulini o‘zgartirmaslik kerakligini isbotladilar. Ammo sekin asta har qanday opera o‘zining butun dunyo opera ma’daniyatiga xos qanaqadir umumiy xususiyatlariga ham ega bo‘lishi kerak deb hisoblandi.
Har qanday millatga mansub qo‘shiqchi uchun nafas olib kuylash muhimligini ta’kidlab mashhur qo‘shiqchi G‘ulom Abduraxmonov shunday degan edi:
“Milliy vokal” uslubi nutqning hususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Eng asosiysi tilning nozikligini his etishdir. Har qaysi millatda o‘zining nutq uslubi bo‘ladi va o‘ziga xos intonatsiya hususiyatlari bo‘ladi.
Mana shularni qo‘shiqda aks ettira olish kerak. Italiya maktabida opera tovushini har bir millatning tiliga mos bo‘lishi lozim. Musiqali dramada operaga o‘tish oson bo‘lmadi. 1940-yilda: “Layli va Majnun” spektakili “Gulsara” musiqali spektakli operaga aylantirildi. Barcha kuylarning materiallarini T.Sodiqov, N.Mirovning hamkorligida yozdi. Keyin esa musiqali drammaning partiturasi ustida ishlashga Glier ham jalb etildi. 1939 yilda “Gulsara” a’lo darajada ishlangan musiqali drama sifatida ijro etildi.
1939 yilning iyunida M.Ashrafiy va Sergey Vasilenko “Bo‘ron” spektakilini qo‘yishgandan so‘ng o‘zbek musiqali teatri to‘la huquqli opera teatr nomini olishga sazovor bo‘ldi. 1918 yil iyul oyida Toshkentda ochilgan Turkiston xalq konservatoriyasi O‘rta Osiyodagi birinchi musiqa o‘quv mazkazi bo‘lib u o‘sha yilning aprel oyida tashkil topgan.Turkiston dorilfunining tarkibiga kirgan. Uni Karelin boshqardi.
1930 yilda Toshkentda oliy musiqa maktabi ochildi va uni oradan ikki yil o‘tgach Toshkent Davlat Konservatoriyasiga aylantirildi. Nazariy voqealardan amaliy ishga o‘tish munosabati bilan Toshkent Davlat Konservatoriyasida o‘zbek qo‘shiqchilarining vokal tayyorgarligi masalasi vujudga keldi. Qo‘shiqchilar vokal tayyorgarligi faqat O‘zbekistonda musiqali teatr san’atini rivojlantirishga xizmat qiladigan Oliy kasbkorlik ta’limi olish huquqini berib qolmadi, balki sovet davridagi qo‘shiqchilik ijodining asosi ham bo‘ldi.
Toshkent Davlat Konservatoriyasining bastakorlari Kozlovskiy, Mishel Nadejden va boshqalarning pedagogik faoliyatlari qo‘shiqchilik ijodiyotini rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Qo‘shiq odamlarni tarbiyalaydi. Ularning dunyoqarashini shakllantiradi. Kishilarning insoniy fazilatlarini boyitadi, ularning bir-birlariga yaqinlashtiradi. Ularning fikr tuyg‘ularini Respublikadagi musiqiy, vatanparvarlik, baynalminal hayotning o‘ziga xos salnomasi, xalqning mehnatdagi va qahramonlikdagi jasoratining in’ikosidir va muhabbatni madh etuvchi asos hisoblanadi. Shularning hammasi umumiy ta’lim maktablarida, maxsus musiqa kollejlarida, institutlarida, konservatoriyada musiqiy vokal ta’limini amalga oshirish jarayonida hisobga olinadi. Katta avlodga mansub san’atkorlardan T.Jalilov,Y.Rajabiy, T.Sodiqov, I.Akbarov, D.Zokirov, Ilyos Hamrayevlar o‘sha
paytdayoq milliy libosni Yevropacha musiqa kompozitsiyasining shakllari bilan birlashtirish yo‘llarini izlay boshlagan.
Mashhur xalq musiqachilari 1941-1942 yillarda T.Jalilov, K.Jabborov, H.Xasanovlar bilan yaqin aloqada ishlashdi.
Ajoyib yakka xonanda Halima Nasirovaning qo‘shiqlari va maqomning qadimiy kuylari fortepeno uchun ham qayta ishlana boshladi. Masalan “Naylayin”, “Siynaxroj”, “Dugoh” va boshqalar.
Hozirgi paytda milliy opera san’ati tashkil topgan va unga bastakorlar Sergey Vasilenko hamda M.Ashrafiyning “Bo‘ron”, T.Jalilov va Brovinning “Tohir va Zuhra”, T.Sodiqov va Glierning “Gulsara”, Uspenskiy va Mishelning “Farxod va Shirin”, T.Sodiqov va Zeydman “Zaynab va Omon”, S.Yudanovning “Maysaraning ishi”, M.Ashrafiyning “Dilorom”, I.Hamraevning “Oyjamol” va boshqa ko‘p operalar yaratilgan. O‘zbek opera san’atining yaratilishi o‘zbek xalq milliy musiqa madaniyati rivojlanganidan dalolat beradi. O‘zbek opera va balet asarlari O‘zbek xalqining o‘tmishdagi milliy badiiy madaniyati hamda o‘ziga xos musiqa san’atining boy an’analaridan foydalanish asosida yaratildi.
Opera va balet asarlari ularning ohang kuy mohiyati chuqur milliy va o‘ziga xosdir. Hozirgi o‘zbek madaniyatining shakli ham vokal san’ati qo‘shiqchilik janrining barcha turlari mazmuni boy va ko‘p qirralidir. O‘zbekiston bastakorlarining vokal asarlari o‘zida milliy elastik, xalq og‘zaki ijodi va zamonaviy ko‘p ovozli san’atni mujassamlashtirgan. Ko‘p ovozli vokal asarlarini va ijro uslublarini joriy etish, o‘zbek musiqa madaniyatini rivojlantirish uchun muhim turtki bo‘lib kelmoqda.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling