Xor dirijorligi


M.Ashrafiy “Shoir qalbi” operasi


Download 1.87 Mb.
bet14/15
Sana12.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1264985
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ahmadqulov Muhammaddin M Ashrafiymimh operalarida milliy an\'analar

M.Ashrafiy “Shoir qalbi” operasi
M.Ashrafiyning “Shoir qalbi” operasi o‘zbek xalq tarixi bilan bog‘liq. “Shoir qalbi” operasida xor sahnada faol ishtirokchi. Xor javoblari navbatma navbat yakka ijro etiladigan nashrlar, epizodlar kuy, oxang bilan aytiladigan so‘zlari, mustaqil xor nomerlari shuni ta’riflab beradiki, operadagi xorning har xilligini ko‘rsatadi. Unda rus dvoryan qatlamlari, jamiyati, har xil guruxlar tavsifnomasi yakqol qiziqarligi, Rossiya imperatori general-gubernator Turkiston qarorgoxida Toshkentda bo‘lgan ball sahnada II bo‘limda ochib berilgan.
O‘zbek opera tarixida birinchidan bo‘lib, M.Ashrafiy rus klassiklari M.Glinka, P.Chaykovskiy, A.Borodinlar sahnada yevropa raqslaridan tantanali bal raqsiga, vals raqsiga e’tibor berdi. Shu bilan birga bu raqslar sahnada katta xorga aylanadi.
Sahna tantanali bal raqsi bilan boshlanadi. Ball raqsi murakkab 3 bo‘limda yozilgan.
Birinchi bo‘lim — mehmonlar xori,
Ikkinchi bo‘lim — gubernatorning chiqishi,
U chinchi bo‘lim — podshoning mehmonlar xori tomonidan maqtalishi.


Birinchi qism orkestrda vals yangraydi. O‘rta qismda «Yoshlik gimni». Yakunida xor qo‘shiladi.
Vals 4 ovozli xor bilan boshlanadi. Har bir xor partiyasi intonatsiya tomondan ayrim qiyinchilikni ifodalaydi. II pardali final sahnasi bilan tugaydi, 2 ta epizoddan iborat.
1 epizod Turkistondagi podsho tartibining qarshi va tarafdorlarining o‘ylovchilari tasvirlangan.
2 epizod Furqat va gubernatorning kuylab aytiladigan so‘zi bilan boshlanadi. Ular o‘rtasidagi kelishmovchilikdan Furqat tantanali baldan haqoratlanib ketadi. II-ko‘rinishda butun sahna kulminatsiyasi qizg‘in vaziyatda yangraydi.
Birinchi epizod fugato. H-moll ohangdoshlikda o‘tadi. Bosh mavzu Bureyev partiyasida o‘tadi. Keyin ketma-ket Gromov va Masha partiyalarida bu mavzu o‘tadi. Birinchi epizodning avji xor fugatosidadir. Bu yerda mavzu navbatma-navbat baslarda, tenor va alt ovozlarida o‘tadi. Birinchi epizod yakkaxon, xor va orkestr bilan yakunlaydi. Ikkinchi epizod Furqat va gubernatorning yakkaxon rechitativi bilan ochiladi.
Bu epizodda kompozitor: Furqatning — dono, mehribonligini, gubernatorning esa - qattiq qo‘lligini musiqa orqali bizlarga yetkazib bermoqchi bo‘ladi. Epizodning avjida yana xor qushilmoqda.
III ko‘rinishda kambag‘allar xori ijrosida, din va marosim qo‘shiqlari, sahna ortida erkaklar xor iltijosi va 4-ko‘rinishda to‘y va final xorlari qiziqarlidir.
XULOSA


Yoshlarni ota-bobolarimizdan qolgan katta ma’naviy manba bo‘lgan qadriyatlar, idroklar asosida komil inson bo‘lib yetishiga erishish uchun har bir jamiyat a’zosi o‘z hissasini qo‘shmog‘i darkor. Opera san’ati inson tafakkurining yuksak na’munalaridan biri hisoblanadi. Musiqa tarixida uning taqdiri muhim va alohida ahamiyatga molik. Janr paydo bo‘lishi bilanoq eng yirik, demokratik hamda insonlarni ma’naviy madaniyatiga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladigan san’at turi sifatida rivojlanadi. Opera, klassik davrda o‘ziga xos, romantizim davrida o‘zgacha XX asrda esa turli “qiyofalar”da o‘zini namoyon qildi. Musiqa san’atining yirik, monumental janrlaridan biri bo‘lgan opera, O‘zbekistonga XX asrning boshlarida kirib keldi. Milliy operalarning dastlabki namunalari o‘zbek musiqali dramasining rivoji asosida yuzaga kelgan. Dastlab bular o‘zbek va rus kompozitorlari ijodiy hamkorligida yuzaga kelgan bo‘lsa, keyinchalik tarixiy, romantik, lirik mavzularga murojaat etib, mustaqil ijod namunalari paydo bo‘ldi. O‘zbek opera san’ati o‘z taraqqiyoti davomida kompozitorlar tomonidan turli uslub va yo‘nalishlarda qamrab olindi. O‘zbek operalarining deyarli barchasi yevropacha shakllar asosida, milliylik ruhi va xalqimizning turli an’analariga xos tarzda tarannum etilgan. 70-80 yillarda opera janri mavzu jihatdan boyib, tarixiy, zamonaviy mazmundagi kamer operalar sahnalashtiriladi. Mustaqillik yillariga kelib esa janr turli modernizm yo‘nalishlari ta’sirida rivoj topdi. Shunga qaramay uning bosib o‘tgan yo‘li oson kechdi deb bo‘lmaydi. Opera librettosini musiqiy bezashda kompozitor boshidan oxirigacha musiqiy ijod muhitida bo‘ladi, yaxlit dramatik spektakl nuqtai nazaridan ham, uni tashkil etuvchi alohida qayta ishlash nuqtai nazaridan ham o‘z san’atining bebaho vositalarini qo‘llaydi. Operaning vokal partiyalari va orkestr partiturasi kompozitorga musiqali dramada musiqaning hal qiluvchi o‘rnini tasdiqlash imkonini beradi. Bu asar emosional mazmunini chuqurlashtirib, sahnaviy ta’sirchanligini oshiradi. Tashqi tasviriy damlardan boshlab nozik ruhiy qirralarda yakunlangan barcha ifodaviy vositalarni dramatizasiyalash omilining buyukligini tashkil etadi. Musiqiy nutq, musiqiy shakllanishning qonuniyati bunda nafaqat buzilmaydi, balki benihoya yorqin mustahkamlanadi va musiqa nutqining badiiy nutq singari katta tashkiliy vazifasini ko‘rsatishni mustahkamlaydi. O’zbekistonda farvonlik va taraqqiyot qaror topishi uchun avvalo yosh avlod idrokli, hamma narsaga fahmu-farosati yetadigan, o‘tkir zehnli, sezgir bo‘lishlari muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda bizning ya’ni, yosh avlodning vazifasi asrlar davomida saqlanib kelinayotgan musiqiy merosimizni xalq durdonalarini, qadriyatlarimizni ko‘zga qorachig‘imizdek asrab avvaylashdan iboratdir. Maktab musiqa o‘qituvchisining oldida shaxslararo munosabatlarni, ayniqsa yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘rganib chiqib, har bir sinf jamoasi bo‘yicha fikr mulohaza tahlillarini berib sinf rahbarlarida qo‘ldan keladigan yordamlarini berishi kerak bo‘lgan vazifalar turadi. Yuqoridagi fikrlarni amalga oshirish niyatida men, o‘z bitiruv malakaviy ishimning mavzusini “M.Ashrafiyning operalarida milliy ohanglarni qo‘llanishiga doir masalalar” deb nomladim. O’zbek kompozitorlarining opera asarlari asosida o‘quvchilarni musiqiy idrokini tarbiyalash, operalardagi asosiy va salbiy obrazlar musiqalarni bolalarga tushuntirish yo‘llari bu musiqa o‘qituvchisini asosiy vazifalaridan biridir. Opera janrining o‘zi bu murakkab musiqiy asardir. Shuning uchun bu sintetik asarni hamma tomonlama tahlil etish (sahna, davr talabiga binoan sahna bezaklari, kostyumlar, musiqiy bezaklar, uvertyura, antraktlar, ariyalar, ansambllar, xor jamoalarning qo‘shiqlari, raqs sahnalari, duetlar va boshqalar) ancha tayyorgarchilikni talab etadi. Bitiruv malakaviy ishim kirish ikki bobdan, to‘rt qismdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iboratdir. Har bir qismlarni ilоji boricha tushunarli tilda bayon etishga harakat qildim.



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling