«xorazm dostonlaridagi nomlarning antroposentrik talqini»


DOSTONLAR ONOMASTIKASINING ETNOLINGVISTIK JIHATLARI


Download 209.35 Kb.
bet13/19
Sana19.01.2023
Hajmi209.35 Kb.
#1102455
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
BMI-18

2.3. DOSTONLAR ONOMASTIKASINING ETNOLINGVISTIK JIHATLARI
2.3.1. Etnik nomlarning qo’llanishi
Tilshunos olim A.Rahimovning tilni paradigmalar asosida o’rganishga bag’ishlangan maqolasida antropotsentrik paradigmaga munosabat bildirilgan. Olimning fikriga ko’ra, “Tilshunoslik fani tarixidagi uchinchi makroparadigma antropotsentrik paradigma (kommunikativ yoki nominativ-pragmatik paradigma) deb hisoblanadi. Ushbu paradigma tilni quruq struktura sifatida emas, balki jonli muloqot va kommunikatsiyaga asoslangan ochiq sistema sifatida o’rganuvchi, boshqa sistemalar – jamiyat, inson, madaniyat, ruhiyat kabilar bilan uzviy aloqadorlikda tahlil etuvchi, insonni til ichida yoki tilni inson ichida tahlil etishga yo’naltirilgan qarashlar, g’oyalar va ta’limotlar majmuidir” 1.
A.Rahimov til va ijtimoiy hayotning turli sohalari o’rtasidagi aloqani yoritishda inson “oltin ko’prik” vazifasini o’taydi”2, deb hisoblaydi. Tadqiqotchining fikricha, kognitiv, sotsiolingvistik, etnolingvistik, psixolingvistik, neyrolingvistik, pragmatik va lingvokulturologik paradigmalar antropotsentrik paradigma tarkibiga kiruvchi miniparadigmalar hisoblanadi3 .
Xorazm dostonlari onomastikasida etnik nomlar ham muhim o’rin egallaydi. Ular qadimda yurtimiz hududida va undan chetda mavjud bo’lgan hamda etnik jihatdan turkiy va turkiy bo’lmagan ko’pgina uluslar, elatlar, qabilalar, xalqlar to’g’risida, ularning ijtimoiy ahvoli, yashash sharoitlari haqida qimmatli ma’lumotlar berishi mumkin. Chunonchi, turkman, qirq, qipchoq, nayman, do’rmon, qo’ng’irot, taka-turkman, no’g’oy kabi etnoslarning ko’pchiligi hozir ham O’zbekiston hududida yashab kelmoqdalar. Ular o’zbek millatining shakllanishida ishtirok etib, unga singib ketganlar. So’z Xorazm dostonlari haqida borar ekan, bir holatni ta’kidlash lozim. Garchi, Xorazmda yashovchi aholi o’zlarining urug’ va qabilaga bo’linishlarini unutgan bo’lsalar ham, etnik nomlar asosida vujudga kelgan joy va kishi nomlaridan bu holat anglashilib turadi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, etnotoponimlar eng qadimgi nomlar qatlamini tashkil qiladi1. Umuman, etnik nomlarni tahlil qilish o’zbek xalqining etnogenezi masalalarini yoritishga ko’mak beradi. Dostonlar onomastikasi tarkibidagi etnik nomlar bundan mustasno emas. Ma’lumki, o’zbek xalqining etnik asosini Movarounnahr va Xorazmda yashagan (sak, massaget, so’g’d, xorazmiylar kabi) aholi tashkil etadi. Shuningdek, o’zbek xalqining shakllanishida bulardan tashqari, Markaziy va O’rta Osiyoda, xususan, Orol bo’yi hududlarida yashagan, qadimgi va o’rta asrlarda har xil turkiy qabilalar ittifoqiga kirgan qang’li, qarluq, qipchoq kabi turkiy tillarda so’zlashuvchi etnik komponentlar ham ishtirok etgan2. Shubhasiz, bu jarayon Orolbo’yi va Xorazm aholisi tili va madaniyatida ham o’z izini qoldirgan. Dostonlar onomastikasini kuzatish ham bu fikrni yana bir karra tasdiqlaydi.
Shunday ekan, biz tekshirayotgan hudud qadimdanoq turli etnik guruhlarning to’qnashgan, aralashgan regioni hisoblangan. U o’zining uzoq tarixi davomida genetik jihatdan turli manbalarga mansub va turli tillarda gaplashuvchi xalqlarning yashagan makoni bo’lgan. O’sha xalqlarning tarixiy izlari, shubhasiz, hozirda istiqomat qilayotgan xalqlar shevalari, shuningdek, ularning folklorida o’z aksini topgan.
Xorazm dostonlari leksikasi qadimda ushbu hududda va undan tashqarida mavjud bo’lgan, hamda etnik jihatdan turkiy va turkiy bo’lmagan ko’pgina urug’, elat va qabilalarning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli, turli iqtisodiy-siyosiy aloqalari haqida muhim ma’lumotlarni saqlagan. Ushbu bo’limda etnonimlarning tarixiy-etimologik manbalari, aniqrog’i, etimoni jihatdan qaysi tilga mansubligi haqida to’xtalamiz.

Download 209.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling