«xorazm dostonlaridagi nomlarning antroposentrik talqini»
Download 209.35 Kb.
|
BMI-18
- Bu sahifa navigatsiya:
- XORAZM DOSTONLARIDAGI NOMLARNING ANTROPOSENTRIK TALQINI » MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY ISHI URGANCH ─ 201 8
- Lоyiha bоsqichlarning nоmi Sоatlar Nazоrat
- Kafеdra mudirining imzоsi Rahbarning imzоsi
- Rahbar __________ Q.M.Olloyorov. Talaba ___________ Sh.Sobirova Mundarija
- II bob. Xorazm dostonlaridagi nomlarning mavzuiy guruhlari
- Xulosa
O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O‘RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI FILOLOGIYA FAKULTЕTI O‘ZBЕK TILI TA’LIM YO‘NALISHI 402-GURUHI TALABASI SOBIROVA SHAHNOZA ULU‘BEKOVNANING BAKALAVR AKADЕMIK DARAJASINI ОLISH UCHUN YOZGAN «XORAZM DOSTONLARIDAGI NOMLARNING ANTROPOSENTRIK TALQINI» MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY ISHI URGANCH ─ 2018 «TASDIQLAYMAN» O‘zbеk tilshunоsligi kafеdrasi mudiri f.f.n. dots. S.S.Ro‘zimboyev ________ O‘zbеk tilshunоsligi kafеdrasi bo‘yicha talabaning bitiruv-malakaviy ishi lоyihasini bajarish GRAFIGI
Eslatma:Kafеdrada har bir talaba uchun shunday grafik yuritiladi va o‘quv bo‘limi tоmоnidan nazоrat qilinadi. Rеja bo‘yicha har bo‘lim to‘liq imzоlangan hоlatdagina talabaga bitiruv malakaviy ishini himоya qilishga ruhsat bеriladi. Rahbar __________ Q.M.Olloyorov. Talaba ___________ Sh.Sobirova Mundarija Shahnoza Mavzu: «Xorazm dostonlaridagi nomlarning antroposentrik talqini» KIRISH. .................................................................................................................4 I BOB. Xorazm dostonlaridagi nomlar xususida..............................................12 1.1. Xorazm dostonlaridagi nomlarning antroposentrik yo’nalishlar bo’yicha guruhlanishi............................................................................................................15 1.2. Antroposentrizmning nazariy asoslari haqida.................................................20 II bob. Xorazm dostonlaridagi nomlarning mavzuiy guruhlari......................26 2.1. Dostonlar onomastikasining lingvokulturologik jihatlari...............................26 2.1.1. Dostonlarda bayramlar va ranglarga aloqador nomlarning qo’llanishi...............................................................................................................27 2.2. Dostonlar onomastikasining psixolingvistik jihatlari......................................32 2.2.1. Afsonaviy obrazlar nomlari................................................................34 2.2.2. Mifozoonim va diniy-situativ nomlar.................................................38 2.3. Dostonlar onomastikasining etnolingvistik jihatlari........................................41 2.3.1. Etnik nomlarning qo’llanishi..............................................................41 2.3.2. Turkiy asosli etnonimlarning qo’llanishi............................................43 Xulosa………………………………………………………......... KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Xalq og‘zaki ijodiga mansub asarlar tili muayyan regionda yashab kelgan etnik guruhning yashash tarzi, urf-odatlari, madaniyati va boshqa ko‘plagan milliy xususiyatlari haqida muhim ma’lumotlarni o‘zida jamlagan noyob meros sanaladi. Xorazm zaminida yuzaga kelgan, xalqimiz o‘tmishining muhim sahifalarini avloddan avlodga olib kelayotgan dostonlar tilida ana shunday noyob milliy xususiyatlarimiz o‘z aksini topgan. Darhaqiqat, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Jo‘shqin Amudaryodan suv ichib, muqaddas va tabarruk Xorazm tuprog‘ida unib-o‘sgan, xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Muso Al-Xorazmiy, Mahmud Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Nosiruddin Rabg‘uziy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Sakkokiy, Munis, Feruz, Ogahiy, Bayoniy va boshqa ko‘plab allomalar, shoir va mutafakkirlarning nomlari jahon sivilizatsiyasi tarixiga haqli ravishda oltin harflar bilan bitilgan”1. Dostonlarimizda aks etib turuvchi yana bir jihat borki, ular boshqa o‘lkalarda yaratilgan folklor namunalaridan tubdan farq qiladi. Jumladan, ona vatanga fidoyilik, ota va farzand munosabatlari, Sharq ayollariga xos nozik hayo va ibo, do‘stlik, vafodorlik kabilar o‘ziga xos milliy belgilari bilan ajralib turadi. Xalq og’zaki ijodi namunalari uzoq davrlar davomida avloddan-avlodga o’tib kelayotgan va turmush tarzi, urf-odatlari, tarixi, an’analari va orzu-istaklari to’g’risida muhim ma’lumot beruvchi bebaho manbadir. Ayniqsa, xalq dostonlari o’zining ko’lami, badiiy-uslubiy vositalari va eng muhimi, lisoniy xususiyatlarining qadimiyligi bilan ahamiyatlidir. Xalq dostonlari tilida milliy tilimizga xos bo’lgan eski leksik, grammatik elementlarning saqlanib qolganligi, shuningdek, ularning boshqa (turkiy va turkiy bo’lmagan) tillar bilan tarixiy aloqalari to’g’risida ma’lumotlarning mavjudligi alohida ahamiyatga ega. Shu jihatdan, xalq og’zaki ijodi namunalarini tilshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq qilish bugungi tilshunosligimizning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Ayniqsa, xalq dostonlarining har biri og’zaki aytilganidan, asrlar osha allaqancha o’zgarish va katta-katta ishlanishlar bilan bizgacha yetib keladi, buning natijasida ayni asarning bir talay versiya va variantlari yuzaga keladi1. Tabiiyki, bu holat ularning til xususiyatlari jihatidan ham xilma-xil o’zgarishlarga uchrashiga olib keladi. Bu ayni vaqtda tilimizning rivojlanish bosqichlarini, ayrim lisoniy elementlar va hodisalarning evolutsiyasini aniqlash imkonini beradi. Biz ushbu bitiruv-malakaviy ishimizni xorazm xalq dostonlari tilida uchraydigan onomastik birliklarning zamonaviy tilshunoslik yo’nalishlari bo’yicha, shu bilan birga, dosonlarimizda qo’llanilgan nomlarning tarixiy-lisoniy xususiyatlarini tahlilga tortishni maqsad qilganmiz. Garchi, xalq dostonlarini to’plash va tadqiq qilish ishlari XX asrdan boshlangan bo’lsa ham, ularning aksariyatida bu boy materialga folklorshunoslik nuqtayi nazaridangina baho beriigan. Vaholanki, xalq dostonlari o’zining ko’lamdorligi va o’ziga xos murakkab xarakterga egaligi bilan boshqa janrlardan farq qiladi. Ayniqsa, uning leksik boyligi xalq dostonlarini lisoniy jihatdan ham o’rganish zarurligini taqozo etadi. Bu tilimizning yechilishi zarur bo’lgan bir qator muammolarini hal qilishda muhim manba bo’lib xizmat qila oladi. X.T.Zaripov dostonlar leksikasining ahamiyati haqida: “Bu boy leksika adabiy tilimizni boyitish uchun asosiy manbalardan hisoblanganidek, o’zbek tili tarixini, shevalar taraqqiyoti yo’llarini o’rganish uchun ham muhimdir”2, – degan edi. O’zbek tilshunoslari bu sohada ham bir muncha tadqiqot ishlari olib borganlar. Sh.Shoabdurahmonovning “Ravshan” dostonining badiiy tili haqida” nomli nomzodlik dissertatsiyasi va bu mavzudagi bir qator ilmiy maqolalarini bu sohadagi dastlabki ishlar desa bo’ladi3. U doston leksikasiga tayangan holda xalq og’zaki ijodi materiallarining uslubiy xususiyatlari, ijro jarayonida sodir bo’ladigan fonetik hodisalar, sintaktik imkoniyatlari, leksik resurslar haqida muhim umumlashmalarni va xulosalarni o’rtaga tashlagan edi. Atoqli otlar xalqimiz ko’p asrlar davomida ijod qilgan muhim lisoniy hamda madaniy-ma’naviy boylikdir. Ular, ayniqsa, toponimlar xalqning o’ta qadimiy davrlardan tortib, shu kunlargacha bo’lgan noyob kuzatishlari, tajribalari, kishilarning dunyoqarashi va e’tiqodlarini o’zida mujassam etgan. Xalqimiz qadimiy davrlardan boshlab joylar, shaxslarni nomlash bo’yicha boy tajriba orttirgan, birorta ham nom besabab, asossiz qo’yilmagan. Agarda nomlar ifoda qilgan ma’nolarni ijtimoiy-tarixiy, tarixiy-jo’g’rofiy ma’lumotlarni, nomlarning tanlanish tamoyillari va sabablarini, ularning lingvomadaniy, psixolingvistik, etnolingvistik va boshqa jihatlarini tahlil qilsak, bu holat yanada yaqqol ko’rinadi. Xullas, yuqorida qayd qilib o’tilgan muammolar ushbu ish mavzusining dolzarbligini tasdiqlay oladi. Download 209.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling