«xorazm dostonlaridagi nomlarning antroposentrik talqini»


Turkiy asosli etnonimlarning qo’llanishi


Download 209.35 Kb.
bet14/19
Sana19.01.2023
Hajmi209.35 Kb.
#1102455
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
BMI-18

2.3.2. Turkiy asosli etnonimlarning qo’llanishi
Dostonlarda Orol bo’yi hududida yashovchi xalqlar tilidagi, o’zining til xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanuvchi o’g’uz va qipchoq dialekti komponentlariga xos bo’lgan etnonimlar asosiy o’rinni egallaydi. Tadqiq qilinayotgan hududda o’g’uz qabilasi eroniy xalqlardan keyin yashagan yirik etnik guruhlardan biridir. O’g’uzlar qadimgi davrlardan to shu kungacha o’zlarining til xususiyatlarini saqlab kelishgan. O’g’uzlarga mansub deb qaralgan ayrim urug’-qabila nomlari fonetik jihatdan turli o’zgarishlarga uchragan. Ayrimlari umuman mahalliy xalq tomonidan unutilgan bo’lib, ularni urug’ nomi sifatida eslamaydilar. Xorazm xalq dostonlari onomastik fondining ko’p foizini turkiy asosli nomlar tashkil etadi. Shuning uchun turkiy tillarda, xususan, turkman va qoraqalpoq tillarida mavjud bo’lgan onomastik birliklar Xorazm dostonlari tilida ham, ayrim fonetik o’zgarishlarga uchragan holda keng qo’llaniladi.
Ma’lumki, o’zbek adabiy tili va shevalari lekikasining asosiy qismini barcha turkiy tillar uchun mushtarak bo’lgan so’zlar tashkil qiladi. Ammo dostonlar tilida, jumladan, onomastik birliklar tarkibida shunday elementlar mavjudki, ular bugungi til vakillari uchun eskirgan, arxaik xarakterga egadir. Ular, ayniqsa, nomlar tarkibida qatnashgan onomastik indikatorlar sifatida mavjud bo’lib, salmoqli o’rinni egallaydi. Mazkur birliklarning ko’pchiligi turkiy tillarga oid qadimgi yodnomalar tilida uchraydi. Ularning ayrimlari faqat fonetik tarkibi jihatdan emas, balki semantik xususiyatlariga ko’ra ham hozirgi kundagi shaklidan farqlidir.
Yana bir faktni qayd qilish o’rinli deb hisoblaymiz. Ayrim nomlar tarkibida bugungi sheva vakillari tilida uchramaydigan yoki butunlay boshqa ma’no ifodalaydigan elementlar ham mavjudki, ularning ko’pchiligi shevaga boshqa tillardan o’tgan bo’lishi mumkin. Ayrim so’zlar hozir ham tatar, boshqird, qoraqalpoq tillarida uchraydi. Bunday unsurlar dostonlar tiliga ularning variantlarini ijro qilish jarayonida baxshilar tomonidan kiritilgan bo’lishi ehtimoli yuqoriroqdir. Quyida xorazm dostonlari onomastikasida uchraydigan turkiy birliklarning tarixiy-etimologik xususiyatlari haqida to’xtalamiz.
Dostonlarda juda ko’plab etnonimlar tilga olinadi. Ularning aksariyat ko’pchiligi turkiy tillarga mansubdir. Misol: Barlos (“Hasanxon”), Bulg’or (“Hasanxon”), Yovmut (“Go’ro’g’li”), Jaloyir (“Go’ro’g’li”), Kenagas (“Erhasan”), Ko’klang (“Go’ro’g’li”), Mang’it (“Edigo”), Ovshar (“Go’ro’g’li”), Saroy (“Go’ro’g’li”), Qo’ng’irot (“Edigo”), Qipchoq (“Edigo”), No’g’oy (“Hasanxon”), Uyg’ur (“Edigo”), Nayman (“Edigo”), Qalfoq (“Edigo”), Nukus (“Edigo”), Qangli, Xitoy, Chovdur (“Edigo”), Do’rmon (“Go’ro’g’li”), Eymir (“Yusuf va Ahmad”), Ersari (“Go’ro’g’li”) va boshqalar.
Ushbu etnik nomlarning ko’pchiligi hozir ham mamlakatimiz hududida joy nomlari sifatida yashab kelmoqda. Ularning ayrimlari qardosh bo’lgan turkiy xalqlar tilida ham faol qo’llanadi. Dostonlar leksikasi bo’yicha tadqiqot olib borgan tadqiqotchilar dostonlarimizda o’zbek tilining qipchoq lahjasiga, hamda qozoq, qoraqalpoq, no’g’ay, shuningdek, tatar, boshqird tillariga xos ko’pgina so’zlarning uchrashi mazkur lahja va tillarning bir guruhga taalluqli bo’lishi bilan izohlanishini qayd qilganlar1. Xalq dostonlari onomastikasida mo’g’ul va turkiy tillarning har ikkalasiga xos bo’lgan etnonimlarning mavjudligi diqqatga sazovordir. Bizningcha, bunday bo’lishi tabiiy, chunki, ko’pchilik tilshunoslar e’tirof etganlaridek, turkiy tillar ham, mo’g’ul tillari ham oltoy tillarining bitta shoxobchasiga – turkiy-mo’g’ul guruhiga taalluqli. Shu bilan bir qatorda turkiy va mo’g’ul tillari asrlar davomida bir-biriga ta’sir ko’rsatganlar, leksik “olish-berish” qilganlar, natijada har ikkala til uchun mushtarak leksik o’xshashliklar (jumladan, etnonimlar sohasida ham) vujudga kelgan. Bunday umumiylik dostonlar leksikasida yaqqol namoyon bo’ladi. Shu sababli xalq dostonlari leksikasi mo’g’ul va turkiy tillar aloqadorligi nuqtayi nazaridan o’rganish, oltoyshunoslikda hozirgacha uzil-kesil hal etilmagan mo’g’ul hamda turkiy tillar genetik birligi muammosini yechish uchun muhim materiallar berishi shubhasizdir.
Biz quyida o’zbek tilida mavjud bo’lgan turkiy-mo’g’ul asosli etnonimlarning ayrimlari haqida so’z yuritamiz.

Download 209.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling