«xorazm dostonlaridagi nomlarning antroposentrik talqini»
Download 209.35 Kb.
|
BMI-18
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mang’it .
No’g’ay. Rossiyadagi Stavrapol o’lkasi, Dog’iston, Qorachoy-Cherkas, hamda Ingushiyada yashovchi xalq. No’g’aylarning ajdodlari No’g’ay (XIII asrning birinchi yarmi – 1300 yillar)ning Oltin O’rda ulushiga kirgan turk va mo’g’ul qabilalari hisoblanadi. No’g’aylar Qorano’g’ay, Oqno’g’ay va Achiquloqno’g’ay kabi etnik toifalarga bo’linadi. XIII asrdan boshlab mo’g’ullarning yurishlarida qatnashgan no’g’aylar, Dashti Qipchoqda qipchoqlar bilan aralashib, turk tilini qabul qilganlar. XIV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida Oltin O’rda inqirozidan so’ng No’g’ay O’rda davlati vujudga kelgan. Bu davlat Volgadan Irtishgacha, Kaspiy va Orol bo’ylaridan Kamagacha bo’lgan hududni o’z ichiga olgan. Markazi Saroychiq shahri bo’lgan. Aholisi mang’itlar, qo’ng’irotlar va boshqa turk-mo’g’ul qabilalaridan iborat bo’lgan. Ular ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’ullanishgan. XVI asrning ikkinchi yarmida No’g’ay O’rda bir necha bo’laklarga ajraldi. Shu davrda mang’it va qo’ng’irotlarning anchagina qismi O’rta Osiyoga ko’chgan. No’g’aylarning tili turkiy tillar oilasining qipchoq-no’g’ay shoxobchasiga mansub.
Lug’at tarkibi, fonetikasi va grammatik qurilishi jihatidan qoraqalpoq tiliga yaqin. No’g’ay tili Oq No’g’ay (Qorachoy-Cherkesiya), Asl No’g’ay (Stavrapol o’lkasi), Qora No’g’ay (Dog’iston) dialektlariga bo’linadi. No’g’ay urug’i qozoq, qoraqalpoq, boshqird, o’zbeklarning turli qabilalari va ularning ayrim tarmoqlari tarkibida qayd etilgan. B.X.Karmisheva kesamirlarning, Xorazm qo’ng’irotlarining va Janubiy O’zbekiston do’rmonlarining gurdak bo’limida no’g’ay urug’i borligini aniqlagan2. No’g’ay so’zining kelib chiqishi totem bilan bog’liqdir. Bu so’z hozirgi mo’g’ul tilida noxoy – “it” degan ma’noni anglatadi3. Darhaqiqat, etnonimiyada totemlar asosida nomlanish ko’p uchraydigan hodisadir. Mang’it. Qadimgi turkiy qabilalardan biri, o’zbek xalqi tarkibiga kirgan yirik etnik guruh. Yozma manbalarda keltirilishicha, mang’itlarning ajdodlari XIII asr boshlarida Mo’g’ulistonda yashab kelgan mo’g’ul qabilalaridan bo’lgan. XIII asr davomida Dashti Qipchoqqa kelib o’rnashgan mang’itlar XVI asrda O’zbekiston hududiga ko’chib kelganlar. A.Ishaevning xabar berishicha, mang’itlar 16 urug’ (16 ko’cha mang’it) dan iborat bo’lgan: To’bilg’a, Burgut, Echbug’a, Qorakuya, Javaloq, Ushaq//Ushshaq, To’qmang’it, Keskichmang’it, Og’odil, Marato’ba (suv so’qti), Yesabiy, Narimbay, Musapir, Qaysar, Ko’ko’zak, Qorabatir1. Ayrim manbalarda “O’rmanqit” nomi ham uchraydi2. Bu nomlarning ayrimlari joy nomlari va kishilarning laqablari sifatida xalq dostonlarida ham uchraydi. Mang’it etnonimining kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Xalq orasida man –arabcha ta’qiq va qit –qimmatchilik, yetishmovchilik kabi qismlardan hosil bo’lgani haqida rivoyatlar yuradi. Shuningdek, bu nom kishi nomi (antroponim) dan Mang’itboy›Mang’it shakliga aylangan degan taxminlar ham mavjud. Ammo, A.Ishaev ushbu etnonim asosida mo’g’ulcha myangaod – “minglar” so’zi yotganini ta’kidlaydi. U myanga + at ko’plik affiksining ming so’ziga qo’shish bilan hosil qilinganini qayd etadi3. Darhaqiqat, bu taxmin haqiqatga ancha yaqindir. Chunki, ko’pgina etnik nomlar mo’g’ul tilidagi sonlar asosida hosil qilingan. Umuman, etnonimiyada son –miqdor anglatuvchi so’zlar ancha faol. Qiyos qiling: qirq –o’zbek xalqi tarkibiga kirgan yirik qabilalardan biri. Ko’pincha, o’zbek xalqi tarkibiga kirgan yuz qabilasi bilan aralash holda yashaganlar. Shuning uchun ham ko’pchilik manbalarda qirq – yuz nomlari yonma-yon keltiriladi. Qirq, yuz va ming qabilalari umumiy nom bilan Mirqa deb ham yuritilgan. Do’rman mo’g’ul tiliga aloqador bo’lib, (to’rt soni4) to’rt urug’ning birikishidan hosil bo’lgan qabiladir. Keyinchalik ularning tarkibida Qo’yli, Uvoq, Uch urug’, Ko’k chelak, Sakson yo’g’on, Gurdak, Oy tamg’ali urug’lari ham qo’shilgan. Do’rmanlar XVI – XVII asrlarda Dashti Qipchoqdan O’rta Osiyo hududlariga kelib joylashganlar. Nayman etnonimi ham sanoqni bildiradi – nayma mo’g’ulcha “sakkiz” deganidir. Naymanlar o’zbek, qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz, no’g’oy va oltoy xalqlarining tarkibiga kirgan yirik qabilalar uyushmasi hisoblanadi. Tobin ayrim turkiy xalqlar tarkibiga kirgan. Bu qabila vakillari o’zbek, qozoq, boshqird xalqlari tarkibida uchraydi. Tobinlar mo’g’ul istilosiga qadar yirik qabila bo’lib, Ural tog’larining etaklari, Qozog’iston cho’llarida ko’chib yurganligi taxmin qilinadi. Mo’g’ullar hujumidan keyin ayrim kichik guruhlarga bo’linib ketganlar. Qozoqlarning yirik urug’laridan biri ham shu nom bilan ataladi. Tobin so’zining lug’aviy ma’nosi mo’g’ulcha – ellik demakdir. Shunday qilib, etnik nomlar tarkibida sanoq sonlarning qo’llanishi onomastikaga xos bo’lgan hodisalardan biridir. Ular nafaqat mo’g’ul tilida, balki o’zbek tilida ham faol ekanligini kuzatish mumkin. Qadimgi turkiy xalqlarga xos yana bir etnonim – Qanglidir. Qangli turkiy qabilalar uyushmasi bo’lib, O’rxun-Enasoy yodgorliklarida kanxoras shaklida tilga olinadi. Bu qabila vakillari miloddan avvalgi III asr oxirlarida Sirdaryo bo’ylarida yirik Qang’ davlatini vujudga keltirganlar. Bu haqda xitoy manbalari va Avesto kitobida ma’lumotlar mavjud. Sirdaryoning o’rta oqimi va Orol bo’yida joylashgan bu ittifoq aholisi turli tarixiy manbalarda qang › qanq › kanx; kanga › kanxa › kangu; kangli › qanli; kangar › kangit › kangyut › qanglas; kangarli › qanduog’li › qanarog’lu › qanorli shakllarida qayd etiladi. Nom tarkibida ro’y bergan turli xil tovush o’zgarishlariga qaramay, nom asosida kang › qang elementi mavjudligi aniq. Bu so’z qadimda suv, daryo, suv havzasi kabi ma’nolarni anglatgan1. Shunday ekan, etnonimni “suv bo’yida yashovchi qabila”, “daryo bo’yidagi kishilar” deb izohlash mumkin. Darhaqiqat, bu talqin ancha ishonchlidir. Chunki, Sirdaryoning qadimgi nomi Qan//Qang bo’lgan. Xorazm dostonlarida turkiy xalqlarga mansub bo’lgan Nukus, Xitoy, Uyg’ur, Qalfoq, Qipchoq, Eymur kabi etnonimlar ham uchraydi. Bu nomlar hozir ham Xorazm va Orol bo’yi hududlarida etnotoponim sifatida yashab kelmoqda. Download 209.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling