«xorazm dostonlaridagi nomlarning antroposentrik talqini»
Download 209.35 Kb.
|
BMI-18
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’ng’irot
Qo’ng’irot. “Edigo” dostonida joy va urug’ nomi sifatida tilga olinadi: “ul podshoning ayyominda qirq ming uyli Qo’ng’irot, qirq ming uyli Mang’it, qirq ming uyli Nayman, qirq ming uyli Chavdir...bor edi...”. Ushbu etnonim boshqa xalq dostonlarida, jumladan, “Alpomish”da ham uchraydi.
Qo’ng’irot – o’zbek xalqi tarkibiga kirgan yirik qabilalardan biri. XX asr boshlarida O’zbekistonning janubiy hududlarida, shuningdek, Zarafshon vodiysida, Mirzacho’l, Xorazm va Qoraqalpog’istonda yashaganlar. Qo’ng’irotlilar qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz, boshqird, no’g’ay va boshqa turkiy xalqlar tarkibiga ham kirganlar. XIV asrda qo’ng’irotlilarning katta bir qismi Xorazm hududiga ko’chib kelgan va Xorazmning so’fiylar sulolasi faoliyatida faol ishtirok etganlar. XIV-XV asrlar davomida qo’ng’irotlilarning ayrim guruhlari Xurosonga, SHimoliy Afg’onistonga va Xisor-Sherobod vodiysiga kelib o’rnashganlar. Qo’ng’irotlar keyinchalik Xorazmning siyosiy hayotida ham muhim o’rin tutganlar. XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asr boshlarida Xiva xonligini o’zbek qo’ng’irotlari sulolasi boshqargan1. Bu etnonim asosida ko’plab toponimlar hosil qilingan. Xorazmda Qo’ng’irot (Qo’ngrot), Shirinqo’ng’irot kabi nomlar bor. Qo’ng’irot etnonimining kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar nomni ikki qismga ajratib izohlaydilar: qo’ng’ir – “kulrang, to’q jigarrang”, -at (ot, hayvon) mo’g’ulcha ko’plik ma’nosini ifodalovchi qo’shimcha2. S.Abramzonning ta’kidlashicha, etnonimning kelib chiqishiga ushbu qabilaga mansub suvoriylarning qo’ng’ir otga minib jang qilishlari sabab bo’lgan3. Chunki, o’tmishda har bir qabilaga xos jangchilarning maxsus kiyimi bo’lmaganidan, ularni qarshi tomon lashkarlaridan, ba’zan, otining rangidan ajratish mumkin bo’lgan. Shuning uchun har qabila vakillari bir xil ot minib yurishlari rasm bo’lgan. Turkiy xalqlarning alaatchin (alchin), qarat (kerat) kabi urug’lari ham shu asosda vujudga kelgan4. T.Nafasovning yozishicha, bu fikrlar xalq etimologiyasiga asoslangan bo’lib, rang ma’nosini ifodalovchi so’z bilan aloqasi yo’q. Bu etnonim mo’g’ulcha Xonxor – “pastlik, quyi, chuqurlik” so’zi asosida yasalgan1. Demak, qo’ng’irot – “quyida, pastda yashovchi kishilar” ma’nosini anglatadi, [-t] qo’shimchasi kishilar guruhini ifodalaydi. Download 209.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling