«xorazm dostonlaridagi nomlarning antroposentrik talqini»


Download 209.35 Kb.
bet17/19
Sana19.01.2023
Hajmi209.35 Kb.
#1102455
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
BMI-18

Ovshar. “Go’ro’g’li” turkumidagi “Besh podshoning Chambilga yov bo’lib kelishi” dostonida qo’llanilgan: ...bir Ovshar laqabli jodugar sarkardasi Xunxordan fotiha olib, ming odamni ergashtirib, Go’ro’g’li sultonning jangiga kela berdi1...
Dostonda ta’kidlanishicha, bu nomning ma’nosi “har tomonga ovib (og’ib) ketadigan kishi” – Ovshar deb izohlanadi va laqab sifatida ifodalanadi (G-2, 177-bet). Yuqorida ta’kidlaganimizdek, so’zning etnonim ekanligi unutilgan. Bu nomni Mahmud Koshg’ariy o’g’uz qabilalarning oltinchisi sifatida tilga olib, “afshar” shaklida yozadi (DLT, I, 83).
Rashididdin Afsharni Yulduzxonning birinchi o’g’lining ismi sifatida qayd etadi va so’zning ma’nosini “abjir, epchil, ov qilishga va burgutlarga ehtirosi baland”deb izohlaydi2. Abulg’ozi Bahodirxon ham “Shajarayi Tarokima” asarida avshar “ishda abjir” deb talqin qiladi3. Tadqiqotchilar bu etnonimning tarqalish areali juda keng ekanligini qayd qiladilar4. Afshar komponenti ozarbayjon va Armanistonda, shuningdek, Eron hududida qadimdan mavjud ekangligi ma’lum5.
Afsharlar o’g’uz ko’chmanchi qabilalari tarkibiga kirib, IX – XI asrlarda Orolbo’yi va Kaspiy bo’ylarida hayot kechirganlar. Tarixiy manbalarning xabar berishicha, afsharlar Sirdaryoning quyi oqimida o’troqlashgan bo’lib, qishloqlarda, qo’rg’onlarda yashaganlar. Shundan ko’rinadiki, afsharlar bu hududlarda ancha ilgaridan yashay boshlagan. Ularning Xorazm hududlariga kelishi ham o’sha davrlar bilan aloqador. Chunki, qishloq va qo’rg’onlarning ma’lum etnik nom bilan yuritilishi shu guruhning boshqa etnik birliklar yashayotgan joyga kelib qo’shilishi bilan bog’liq bo’ladi. Afsharlar haqida bizgacha aniq va to’la ma’lumot yetib kelmagan. Ammo Kiyev knyazlarining X asrda pecheneglar, bulg’or va xazarlarga qarshi kurashida o’g’uz qabilalari bilan ittifoq bo’lganligi, bu o’g’uzlar orasida afsharlarning ham bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Bu o’g’uzlarning bir qismi keyinchalik Janubiy Rus cho’llarida Kiyev knyazlarining vassallari sifatida o’rnashganlar. Boshqa qismi esa X va XI asrlarning boshlarida Sirdaryoning quyi qismidan Buxoro va Xuroson tomonga ko’cha boshlaganlar. Ular saljuqiylar boshchiligidagi urushlarda qatnashib, Old Osiyo davlatlarini bosib olishda ishtirok etganligi ma’lum.
Shundan so’ng afsharlarning Ozarbayjonda yashaganligini ko’rsatuvchi ayrim toponimik ma’lumotlar bor. Afshar so’zining kelib chiqishi, uning ma’nosi haqida turli fikrlar bayon etilgan. Rashididdin va Abulg’ozilar nomni “chaqqon, ishda epchil” (provorniy, lovkiy v rabote) deya talqin qilganligini aytgan edik. Ammo, G.Vamberi nomni “yig’uvchi, boshqaruvchi”, (собиратель, управитель) deb tarjima qilsa, Yu.Nemet so’zni afs fe’li bilan aloqador deb hisoblaydi va ma’nosini “покорный” deb izohlaydi.
A.Guseynzade etnonimning “проворный” degan izohini ma’qullaydi va so’zning uch qismdan iboratligini (af-“shoshirmoq, shoshmoq” hamda ish-harakatning birgalikda bajarilishini anglatuvchi /i/ s-affiksi, hozirgi-kelasi zamon fe’li qo’shimchasi -ar//-är) qayd qiladi.
Shunday qilib, afshar etnonimining qadimgi yozma manbalarda qayd etilgan izohi haqiqatga yaqindir. Xorazm shevalarida ayrim kishilarning laqabi sifatida qo’llanadigan avsar, avsil kabi so’zlar ham, ehtimol, shu so’z bilan aloqadordir.
Qizilbosh. Bu so’z bilan bog’liq etnotoponimlar Xorazmning shimoliy qismida mavjud. Qizilbosh anatoliyalik turklar tomonidan Zakavkaze, Ozarbayjon va Sharqiy Kichik Osiyodagi turkiy (turkman) qabilalariga berilgan. Ular mazkur turkiy qabilalarni boshidagi qizil sallasiga qarab shunday ataganlar. Bu qabilalar safaviylar(XIV asr) atrofiga birika boshlaganlar. Bu birlashma musulmon-shialar bilan musulmon-sunniylar orasidagi kurashda muhim rol o’ynagan va safaviylarning o’z davlatini tuzishda katta yordam bergan.
Qizilbosh nomi keyinchalik turklar tomonidan butun Eron xalqlarini nomlash uchun qo’llangan. Shunday qilib, qizilbosh laqabi Xorazmga ham turklar tomonidan olib kelingan bo’lsa kerak. Chunki, Xorazmda eronlik xalqlarni pirsiyon yoki eroniy deb ataydilar.
Xorazm dostonlarida ham ayrim urug’ nomlari: arab, yovmit, taka-turkman va boshqalar qahramonlar laqabi sifatida keng qo’llanilgan: qiyos qiling: Rayhon arab (Arab Rayhon), Bektosh arab, Zaydin arab, Abulqosim Qurayshiy kabi.

Download 209.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling