«xorazm dostonlaridagi nomlarning antroposentrik talqini»


Download 209.35 Kb.
bet9/19
Sana19.01.2023
Hajmi209.35 Kb.
#1102455
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
BMI-18

...Madad bering, o’ttiz uch ming sahoba,
Madad bering, pirim, Qora alam buva...
(“Oshiqnoma” turkumi, “Miskin va Gulqand” dostoni, 223-bet), yoki: ...Қорахоннинг лашкари бирла андоғ урушдиларким, Рустам Мозандаронда, Афросиёб Дарёи Нил ва Зарафшонда андоғ уруш қилғон эрмаслар...
(“Go’ro’g’li” turkumi, “Хирмондали” dostoni, 145-б) va boshqalar.
Oq” leksemasi yuzasidan ham shunday fikrlarni aytish mumkin. A. Gafurov oq so‘zi ismlar tarkibida “baxt, baxtli” kabi ma’nolarni ifodalashini qayd qiladi1. Shunday nomlardan biri “Oqcha” nomidir. Bu nomning kelib chiqishini turkiy tillarga mansubligi darhol seziladi. Ilmiy adabiyotlarda turkiy so‘zlarning xususiyatlari haqida gapirilganda, qisqa bo‘g‘inli so‘zlarning turkiy bo‘lib chiqishi haqida aytilgan. Xususan, sifat turkumiga oid rang-tus bildiruvchi ko‘pgina so‘zlar, jumladan, oq, sariq, ko‘k, qora kabilar so‘zsiz turkiy qatlamga oid so‘zlardir. Shunday ekan, “Oqcha” nomini hech ikkilanmay turkiy tarkibli sodda nomlar qatoriga qo‘shishimiz mumkin. Mazkur nom tarkibida majud bo’lgan yana bir element -cha affiksi bo’lib, bu element nom tarkibiga singib ketgan deb hisoblash mumkin. Mazkur nom “Aqcha”, “Aqchagul” kabi variantlarda “Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostonida qo‘llaniladi. Bu ism egasining asl ismi Gulnihol bo‘lib, “Oqcha” nomi uning laqabi hisoblanadi. Dostonlar matnidan o’rin olgan quyidagi parchalarga diqqatni qarataylik:
...Ammo Shohsanamning Gulnihol degan bir kanizi bor erdi, laqabini Aqcha der erdilar... yoki: ... Shohsanam Aqchaga qarab bir so‘z aytdi:
Aqcha galin g‘amsiz boshim, G‘amxona bo‘ldi naylayin?
Bir so‘z bilan oshno, yorim, Begona bo‘ldi naylayin?... kabi.
Oqcha//Aqcha laqabi uning oq yuzli ko‘rinishga ega bo’lgaligi sababli qo‘yilgan bo’lishi mumkin. Ma’lumki “oq” leksemasi aslida sifat turkumiga taalluqli bo’lib, u kichraytirish-erkalash affiksini olishi mumkin emas. Mabodo nom tarkibida bu element mavjud ekan, bu holatni bir necha lisoniy hodisalarning ma’lum ketma-ketlikda ro’y berib o’tganligi bilan izohlash mumkin. Birinchidan, sifatning atoli otga o’tishi uchun avval substanlashish jarayoni, keyin nomga aylanishi va undan keyin esa -cha elementini qabul qilganligini ko’rish mumkin. Ushbu element nomga yana bir ma’no nozikligini qo’shish uchun xizmat qilmoqda deb hisoblash, bizning nazarimizda, to’g’riroq bo’ladi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, xalqimiz tomonidan qo’llanilayotgan nomlar orasida bayramlar va ranglar bilan bog’liq onomastik birliklarning o’ziga xosliklarini tekshirish, tadqiq qilish ularning yana ham qiziqarli jihatlarini namoyon qilishi shubhasiz.



Download 209.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling