«xorazm dostonlaridagi nomlarning antroposentrik talqini»


Tadqiqotning maqsad va vazifalari


Download 209.35 Kb.
bet3/19
Sana19.01.2023
Hajmi209.35 Kb.
#1102455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
BMI-18

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Shularni e’tiborga olgan holda, ishimizda quyidagi muammolarni hal qilishni maqsad qildik:
1. Xalq dostonlaridagi pretsedent nomlarni to’plash va ularning ko’lamini aniqlash.
2. Xorazm dostonlarida uchraydigan nomlarni madaniyat, urf-odat, diniy qadriyatlar bilan bog’liq jihatlarini aniqlash va ularni lisoniy jihatdan tavsiflash.
3. Dostonlardagi diniy-tarixiy nomlar, real nomlar va badiiy to’qima nomlarni aniqlash hamda ularni zamonaviy tilshunoslik yo’nalishlari bo’yicha tahlil qilish.
4. Atoqli otlarning tarixiy-etimologik asoslarini belgilash va ayrim nomlarning etimologik xususiyatlariga munosabat bildirish.
6. Xorazm xalq dostonlarida uchraydigan atoqli otlardan madaniyat, urf-odat bilan aloqador pretsedent nomlar lug’at-so’zligini tuzish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar:
“Go’ro’g’li” va “Oshiqnoma” turkumidagi dostonlar birinchi marta yaxlit holda tadqiqot obyekti sifatida antroposentrik yo’nalishlar bo’yicha tahlil qilindi;
Xorazm xalq dostonlarida uchraydigan pretsedent nomlar lug’at-so’zligini tayyorlandi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqot o’zbek tilining onomastik tizimini antroposentrik jihatdan o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotning ilmiy natijalaridan oliy o’quv yurtlari filologiya fakultetida 5141100 – O’zbek tili va adabiyoti bakalavriat yo’nalishi bo’yicha ta’lim oluvchilarga “Hozirgi o’zbek adabiy tili”, “Dialektologiya” va “O’zbek adabiy tili tarixi” fanlarini o’qitishda onomastikaga oid lug’atlarni boyitishda, o’zbek xalq dostonlari leksikasi lug’atini yaratishda, foydalanish mumkin. Dissertatsiyada tadqiq qilingan materiallar oliy o’quv yurtlari filologiya va tarix fakultetlari talabalariga maxsus kurslar o’qishda qo’l keladi.
Shuningdek, nomlar fondida ko’p jihatdan munozarali bo’lgan birliklar va grammatik formalar ham mavjudki, ularni tahlil qilish nomning ma’nosiga oydinlik kiritish bilan birga ularda sodir bo’lgan fonetik o’zgarishlar, tarkibiy va semantik hamda funksional o’zgarishlarning evolyutsiyasini aniqlash imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.
Tadqiqotning metodologik asosi va tadqiq usullari. Ishning metodologik asosini mustaqil O’zbekiston davlatining til siyosatiga oid dasturiy hujjatlari, yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning mazkur sohaga oid ma’ruzalaridagi ko’rsatmalar tashkil qiladi. Tadqiqot doirasida murakkab masalalar yuzasidan bildirilgan fikrlarda yetakchi o’zbek tilshunoslari hamda xorijlik taniqli turkologlarning mavzuga taalluqli muhim kontseptsiyalariga tayanildi.
Tadqiqotda sinxron va diaxron tavsiflash, antroposentrik tadqiq usullari, areal (lisoniy-geografik) metod, qiyosiy-tarixiy metodlardan foydalanildi.

Download 209.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling