Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –11/3-2022
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
2022-11-3
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –11/3-2022__________
15 maqolasida ulosa qilib shunday deydi, mamlakat president Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025 yilgacha davlat mulkini 75 foizgacha qisqartirish uchun harakatlar izchillik bilan olib borilyapti, bu qo`yilgan 75 foizlik maqsad faqat quruq gap bo`lib qolmasdan uni amalga oshirish uchun juda katta qonunchilik bazasi va amaliy harakatlar olib borilyapti. Bu esa o`z navbatida O`zbekiston iqtisodiyotini yanada o`sishiga olib keladi degan umidamiz” [6]. Kenneti Rapoza tomonidan yozilgan yana bir maqolada(Qo`shnilarda inqiroz paytida O`zbekiston investetsiya jalb qilishga e`tabor bermoqda(Neighbors In Crisis, Uzbekistan Shifts Focus To Investment, Forbes, 2022-yil 1-may) . Ushbu maqolda O`zbekiston hozirgi atrofida ro`y berib bergan iqtisodiy, siyosiy jarayonlar davrida avvalo o`z iqtisodiyotini rivojlantirishga juda katta e`tibor berayotgani, bu jarayonda tashqi investetsiyalarni jalb qilish asosiy e`tabor markazida ekanligi qayd etiladi. Muallif asosan ushbu maqolasida 2022-yil mart oyida O`zbekistonda birinchi marotaba tashkil etilgan xalqaro investorlar forumi haqida o`z fikrlarini bayon etadi. Foruming asosiy masalalari qatorida davlat mulklarini xususiylashtirish jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilish ham bor edi. Muallifi ta`kidlashicha, mamlakatda 2026-yilgacha davlatga tegishli bo`lgan 25 dan ortriq sektorda xususiylashtirish ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Bundan tashqari, muallif O`zbekiston hukumatining 2030-yilgacha bo`lgan davrda O`zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish harakatlarini olqishlagan holda, O`zbekiston “Yangi Singapur” bo`lishiga umid bildiradi [7]. O`zbekiston energiya, havo yo`llari, avtomobil sanoatini xususiylashtirmoqda ( Uzbekistan to privatize energy, airline, auto companies , The Independent gazetasi 2022 yil 10-aprel soni) O`zbekiston yangi energiya va iqtisodiy stategiya haqida o`ylamoqda. O`zbekiston bir qancha davlat kompaniyalarini xususiylashtirmoqchi, bunday kompaniyalar sirasiga O`zbekneftegaz,O`zbekiston havo yo`llari, O`zAuto Motors kabi bir qancha O`zbekiston iqtisodiyotining “lokomotivlari” ham bor. O`zbekiston so`nngi yillarda o`z iqtisodiyotini yuksaltitish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarni bilan bir qatorda chet elllik investorlarga ham ko`plab imtiyozlar bermoqda. Bunday imtiyozlar sirasiga valyuta ayirboshlashni osonlashtirish, soliqlarni kamaytirish, va ayniqsa davlat mulkini keng miqyosda xususiylashtirish siyosatini olib bormoqda [8]. Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish zarurki, O`zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayoniga juda katta e`tibor berilmoqa. Negaki, 2030-yilgacha O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishining istiqbolli rejalardan davlatning iqtisodiyotdagi rolini keskin qisqartirish ko`zda tutilgan. Bundan asosiy maqsad shuki, Yangi O`zbekistonni barpo etishda, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev to`g`ri ta`kidlaganlaridek: “Davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish iqtisodiyotni isloh etishning ustuvor vazifalaridan biri boʼlib qoladi” [9]. Bu jarayonlar dunyo afkor ommasi tomonidan yuksak e`tirof etilayotgani ham fikrimiz dalili bo`la oladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling