Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
2022-11-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy baxr-u bayt.
Kirish. Bugungi davr talabalarni o‘qitishga zamonaviy usulda yondashish, o‘qituvchilarni o‘z kasbiga nisbatan o‘ta talabchanlik bilan munosabatda bo‘lishini taqozo etmoqda. Pedagogik jarayonning eskirgan texnologiyasini yangisiga o‘zgartirish, ta’limga davr talablariga mos ravishda yondashish, darsga esa yangicha usullarni tadbiq etish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Bugungi kunda jamiyatimizda zamonaviy ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta’limning jahon ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, erkinlashuvi va insonparvarlashtirish jarayonlarining rivojlanishi ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar (PT)ga yangicha yondashish kerakligini taqozo etmoqda. Texnologiya (yunon. “techne” – mahorat, san’at, “logos” – tushuncha, ta’limot)– muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va b.) jarayonlarning yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etish [1]. Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi – talaba shaxsini kamol toptirish orqali ta’limning ko‘zlangan maqsadini amalga oshishini ta’minlashdan iboratdir. Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlarga asoslanga holda bugunki kun kimyo darslarini zamonaviy usulda tashkil qilish, dars samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida ta’lim jarayoniga yangicha pedagogik va o‘yinli texnologiyalarni joriy etish zamon talabi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kimyoni o‘qitishda biz keltirayotgan didaktik o‘yinlar darsning turli qismlarida, ya’ni, mavzuni takrorlashda, mustahkamlashda, umumlashtirish jarayonida qo‘llanilishi mumkin. Kimyoviy baxr-u bayt. O‘yin ishtirokchilari doira shaklida turadilar. O‘yin quyidagi tartibda boradi: Boshqaruvchi talaba kimyoga oid biror atama yoki tushuncha nomini aytadi va uning oxirgi harfiga keyingi talaba shu harfga boshlanuvchi so‘zni aytadi. O‘yin shu tariqa davom ettiriladi. Qaysi talaba 5-10 soniya davomida atamalar nomini ayta olmasa, to‘xtalib qolsa, u o‘yindan chiqqan sanaladi. O‘yin bitta talaba qolguncha davom ettiriladi. Eng oxirida qolgan talaba g‘alaba qilgan hisoblanadi. Kimyoning asosiy tusunchalarini o‘rganishda ham bu o‘yin yaxshi samara beradi. Masalan, modda – atom – molekula – atom - massa – allotropiya – yadro – olmos – sublimatsiya - va hokazo. Yoki, kimyoviy element – tenglama – amorf – formula – atom – molekulyar – reaksiya – yadro – oltin – neytron – nisbiy molekulyar massa – va hokazo. Shu bilan birga kimyoviy elementlar, anorganik birikmalarning eng muhim sinflari kabi mavzularda qo‘llash ham yaxshi samara beradi. Masalan, Kaliy nitrat ─ Temir (II)-sulfat ─ Temir (III)-sulfat - va hokazo yoki Natriyli silitra ─ Ammoniy xlorid ─ Dimetil ammoniy sulfat va hokazo. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling