Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/248
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1721215
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   248
Bog'liq
2022-11-3

 
Kirish. Bugungi davr talabalarni o‘qitishga zamonaviy usulda yondashish, o‘qituvchilarni o‘z
kasbiga nisbatan o‘ta talabchanlik bilan munosabatda bo‘lishini taqozo etmoqda. Pedagogik 
jarayonning eskirgan texnologiyasini yangisiga o‘zgartirish, ta’limga davr talablariga mos ravishda 
yondashish, darsga esa yangicha usullarni tadbiq etish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biriga 
aylandi. Bugungi kunda jamiyatimizda zamonaviy ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, 
ta’limning jahon ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, erkinlashuvi va insonparvarlashtirish 
jarayonlarining rivojlanishi ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar (PT)ga yangicha 
yondashish kerakligini taqozo etmoqda. 
Texnologiya (yunon. “techne” – mahorat, san’at, “logos” – tushuncha, ta’limot)– muayyan 
(ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va b.) jarayonlarning yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil 
etish [1]. Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi – talaba shaxsini kamol toptirish orqali 
ta’limning ko‘zlangan maqsadini amalga oshishini ta’minlashdan iboratdir. 
Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlarga asoslanga holda bugunki kun kimyo darslarini 
zamonaviy usulda tashkil qilish, dars samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida ta’lim jarayoniga 
yangicha pedagogik va o‘yinli texnologiyalarni joriy etish zamon talabi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Kimyoni o‘qitishda biz keltirayotgan didaktik o‘yinlar darsning turli qismlarida, ya’ni, mavzuni 
takrorlashda, mustahkamlashda, umumlashtirish jarayonida qo‘llanilishi mumkin. 
Kimyoviy baxr-u bayt. 
O‘yin ishtirokchilari doira shaklida turadilar. O‘yin quyidagi tartibda boradi: Boshqaruvchi 
talaba kimyoga oid biror atama yoki tushuncha nomini aytadi va uning oxirgi harfiga keyingi talaba 
shu harfga boshlanuvchi so‘zni aytadi. O‘yin shu tariqa davom ettiriladi. Qaysi talaba 5-10 soniya 
davomida atamalar nomini ayta olmasa, to‘xtalib qolsa, u o‘yindan chiqqan sanaladi. O‘yin bitta 
talaba qolguncha davom ettiriladi. Eng oxirida qolgan talaba g‘alaba qilgan hisoblanadi. Kimyoning 
asosiy tusunchalarini o‘rganishda ham bu o‘yin yaxshi samara beradi. Masalan, modda – atom – 
molekula – atom - massa – allotropiya – yadro – olmos – sublimatsiya - va hokazo. Yoki, kimyoviy 
element – tenglama – amorf – formula – atom – molekulyar – reaksiya – yadro – oltin – neytron – 
nisbiy molekulyar massa – va hokazo. Shu bilan birga kimyoviy elementlar, anorganik birikmalarning 
eng muhim sinflari kabi mavzularda qo‘llash ham yaxshi samara beradi. Masalan, Kaliy nitrat ─ 
Temir (II)-sulfat ─ Temir (III)-sulfat - va hokazo yoki Natriyli silitra ─ Ammoniy xlorid ─ Dimetil 
ammoniy sulfat va hokazo.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling