Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
2022-11-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- __________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –11/3-2022 114
- Moddalar nomini o‘rganamiz o‘yini
Toponomik nomlar o‘yini.
Bir xil o‘lchamdagi qog‘ozga elementlar nomlari yoziladi: mis, oltin, kumush, qalay, qo‘rg‘oshin, temir, simob, oltingugurt, uglerod, rux, mishyak, surma va hokazo. O‘yin qoidasi: elementlar nomlari aralashtirilib, yozuvli tomoni pastga qaratilgan holda stolga yoyib qo‘yiladi. Talabalar o‘zlari tanlab olgan element nomlariga qisqacha izoh berishadi. Masalan, Oltin-tong shafog‘i, berilliy-shirin, alyuminiy-achchiqtosh, argon-yalqov, yod-binafsha, vodorod-suv yaratuvchi, kislorod-kislota hosil qiluvchi va hokazo. O‘yinga taklif etilgan talabalarga 5 tagacha qog‘oz olishga ruxsat beriladi. Talaba javob bersa, nom yozilgan qog‘ozni o‘zida olib qoladi, javob bera olmasa qog‘ozni joyiga qo‘yadi. Demak, talabalarning har bitta to‘g‘ri javobiga 1 ball beriladi. Bu o‘yinni guruhning barcha talabalari ishtirokida tashkil qilish mumkin. O‘yin davomida qaysi talaba ko‘p ball to‘plasa, o‘sha talaba g‘alaba qozonadi. Toponomik o‘yin talabalarni darslikdan tashqari materiallarni ko‘proq o‘rganishiga va ma’lumotnoma materiallari bilan tanishishiga turtki beradi. «Kim ko‘p biladi» o‘yini O‘yin qoidasi: talabalarda faqatgina qog‘oz va qalam bo‘lishi talab etiladi. O‘yinni kimyoviy elementlar, metallar va metallmaslar, oddiy va murakkab moddalar, oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar mavzuslari doirasida o‘tkazish, ayniqsa yuqori natija beradi. Bu o‘yin uchun ma’lum vaqt __________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –11/3-2022 114 belgilab beriladi. Masalan, «Kislotalar» mavzusi e’lon qilinadi desak, talabalar belgilangan vaqt ichida o‘zlari biladigan kislotalarni formulasini va nomini yozadilar. Yozilgan bitta kislota uchun 1 ball beriladi. O‘yinda eng ko‘p ball to‘plagan talaba g‘olib deb e’lon qilinadi. Moddalar nomini o‘rganamiz o‘yini O‘yin qoidasi: moddalar formulalari ko‘rsatilgan qog‘ozlar teskari holatda pastga qaratib qo‘yiladi va o‘yin boshqaruvchining oldida turadi. O‘rtaga bitta talaba taklif qilinadi va unga 2 ta asos, 2 ta kislota va 2 ta tuzni olishga ruxsat beriladi. Talaba o‘zi tanlagan moddalar nomlarini birma- bir aytadi. Bitta to‘g‘ri javobga 1 ball beriladi. O‘yinni teskari shaklda ham o‘tkazilsa bo‘ladi. Bunda qog‘ozlarga moddalarning formulalarini emas, nomlarini yoziladi. Talaba qog‘ozlardan tanlagach, ularning formulalarini yozadi. Har bir to‘g‘ri formula uchun 1 ball beriladi. Eng ko‘p ball to‘plagan talaba g‘alaba qozonadi. Ta’lim jarayonida yuqoridagi didaktik o‘yinlardan foydalanish orqali kimyo darslarida talabalarning darsga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish bilan birga, dras jarayonining zerikarli bo‘lib qolishining oldini olih ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa dars jarayonida muammoli o‘qitish usullaridan foydalanish orqali talabalarning diqqat e’tiborini yanada jalb qilish mumkin. Muammoli o‘qitishda o‘qituvchi yordamida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo talabalarning mustaqil faoliyati natijasida nazariy bilimkar, amaliy ko‘nikmalar va malakalarni o‘zlashtirishi va aqliy faoliyatini rivojlantirishiga imkon beradigan ta’lim jarayonni tashkil etish nazarda tutiladi [2]. Xususan, muammoli o'qitishning mazmunini o'qituvchi tomonidan talabalarning o‘qish jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, o'quv vazifalaridagi muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o'zlashtirishlari uchun ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etiladi. Bu esa bilimlarni o'zlashtirishda yangi ilmiy-tadqiqot usullarini yuzaga keltirib chiqaradi. Muammoli o‘qitishning ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko‘rinishi farqlanadi: 1. Muammoli vaziyatni yaratish va ishlab chiqish. 2. Muammo sababining qo‘yilishi. 3. Muammo yechimini aniqlash. Muammoli o‘qitishning muvaffaqiyatli jihatlari quyidagilarga bog'liq: 1. O'quv materialini yanada mukammal muammolashtirish; 2. Talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish; 3. Ta’lim jarayonini o'yin va mehnat faoliyatlari bilan umumlashtirish; 4. O'qituvchining muammoli metod va texnologiyalardan o'z o'rnida va samarali foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lishi; 5. Muammoli vaziyatni yechimini topish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuza olish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish. Muammoli metodlar yordamida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, talabalarning muammoni hal etishi, murakkab savollarga javob topishi jarayonida alohida ob’yekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko'nikmalarini va bilimlarini faollashtirishga asoslangan bilish faoliyatini taqozo etadi. Muammoli vaziyatni o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida yuzaga keltirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko‘p qo‘llash o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u talabalar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va talabalarning izlanishiga, fikrlashiga undaydi. Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda, shuni aytishimiz mumkinki, kimyo mashg‘ulotlarini didaktik o‘yinlar orqali tashkil etish dars samaradorligining oshirish bilan birga, talabalarning dars mashg‘ulotiga qiziqishini ham uyg‘otadi. Aynan shu didaktik vositalardan keng foydalanish orqali, o‘qituvchi talabalarga mavzu borasidagi kerakli bilimlarni o‘zlashtirishlari uchun qulay sharoit yaratib bera oladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling