Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomаsi –10/1-2022 1 Ўзбекистон республикаси фанлар


Download 6.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet182/193
Sana02.06.2024
Hajmi6.69 Kb.
#1837861
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   193
Bog'liq
Теоретические Воззрения Изобразительного Искусства Как Фактор

инновационного подхода
Вохидова Норпошшахон Хабибуллаевна - профессор педагогического факультета Ташкентского 
государственного педагогического университета
Аннотация: В статье изложены цели, содержание, методы и средства образовательной деятельности и 
изменения в результатах образовательной деятельности на основе внедрения инноваций в образовательную 
деятельность. Таким образом, был проведен сравнительный анализ содержания традиционного и 
инновационного подхода к организации образовательной деятельности, выявлены положительные аспекты 
инновационного подхода.
Ключевые слова: анализ, воспитание, инновации, технология, образование, этап, самобытность, 
специальный, методический, профессия, совершенствование, результат, возможность, воспитательная 
деятельность.
Future teachers based on an innovative approach improving the system of preparation for educational 
activities 
Norposhshakhon Khabibullayevna Vokhidova-professor of the pedagogical Department of Tashkent State 
Pedagogical University
Abstract: The article outlines the goals, content, methods and means of educational activities and changes in the 
results of educational activities based on the introduction of innovations in educational activities. Thus, a 
comparative analysis of the content of the traditional and innovative approach to the organization of educational 
activities was carried out, positive aspects of the innovative approach were identified.


136
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –10/4-2022 
Key words: analysis, education, innovation, technology, education, stage, identity, special, methodical, profession, 
improvement, result, opportunity, educational activity. 
Mamlakatimizda bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashga oid innovatsiyalarni joriy 
etishning yaxlit tizimini yaratish, yangilikka intiluvchan, innovatsion faoliyat bilan shug’ullana oladigan pedagog 
kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda. Yuksak texnologiyalar asosida dunyo miqyosida 
raqobatbardosh zamonaviy kadrlarni tayyorlash ishlarini samarali tashkil etish yo’lida aniq harakatlardan biri 
O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 7 aprelda qabul qilingan “Innovatsion faoliyat 
to’g’risida”gi Qonun hisoblanadi [1].
Oliy ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishdagi vazifalaridan biri bo’lajak o’qituvchilarni 
tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini ta’minlashdan iborat bo’lib, uni 
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavjud yo’nalishlarni rivojlantirish, takomillashtirish zarur. 
Zero, innovatsion yondashuvlar asosida bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash ta’lim-
tarbiya jarayonining ajralmas qismini tashkil etadi. Unga singdirilgan tarbiya g’oyalari, axloqiy me’yorlarni egallash 
umumqabul qilingan qoidalar asosida bexato sodir bo’ladi. 
Oliy ta’lim tashkilotlarining innovatsion faoliyati – bu professor-o’qituvchilarning ta’lim sifatini yaxshilash 
uchun pedagogik tizimga yangiliklarni joriy etishga qaratilgan vaqt va kengaytirilgan faoliyati, samarali 
natijalaridir. 
Innovatsiyalar, birinchi navbatda, talaba shaxsiga yangi yondashuvlar (ya’ni, o’quv jarayonining umumiy 
yo’nalishi), ta’lim xizmatlari doirasi, shaxsning ijtimoiylashuvi va fuqarolik pozitsiyasini, shu jumladan, tarbiyaviy 
faoliyatga tayyorgarligini shakllantiradigan ta’limiy dasturlar sifatiga qaratiladi. SHu sababli, innovatsion 
yondashuvlar asosida bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning mazmun-mohiyatini aniqlash, uni 
sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko’tarish davr talabi ekanligini ta’kidlash joiz. 
“Innovatsiya” terminini dastlab iqtisodda XX asrning 1900 boshlarida Avstriyalik iqtisodchi Y.SHumpeter 
qo’llagan. 
“Innovatsiya”, “innovatsion yondashuv”, “innovatsion faoliyat” kabi tushunchalarga turlicha yondashuvlar 
mavjud. Aslida “innovatsiya” atamasi lotincha “novatio” so’zidan olingan bo’lib, “yangilanish” (yoki “o’zgarish”), 
“in” qo’shimchasi lotinchadan “yo’nalishda” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “innovatio” ko’rinishida tarjima 
qilinsa – “o’zgarishlar yo’nalishida” deb izohlanadi.
“O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi”da ko’rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va 
tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va texnologiya 
avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag’lar; 2) ilmiy–texnika yutuqlari va ilg’or 
tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar
shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo’llanishi” tushuniladi. [2].
N.Muslimov innovatsiyani jarayonga yangilik olib kiradi degan g’oyani ilgari suradi, G.M.Kodjaspirova, 
A.Yu.Kodjaspirovlar [3] innovatsiya so’zlari bir-biriga sinonim “yangilik, yangi tartib-qoidalar, degan ma’noni
anglatishini bildirganlar, M.M.Potashnik, O.G.Xomerikilar esa “yangi yangilik”, “innovatsiya – yangilik kiritish” 
so’zlarining sinonimi deb hisoblaganlar. Aslida yangilik bu – aynan vosita, metod, usul va uslubning yangiligi 
bo’lsa, innovatsiyalar esa jarayonga, uning tarkibiy qismlariga, muhitga yangiliklarni kiritish asosida tizimni bir 
holatdan ikkinchisiga o’tishini bildiradi. 
I.L.Balabanov fikricha: “Innovatsiya – kapitalni yangi texnika yoki texnologiyaga, ishlab chiqarishni tashkil 
qilish, mehnat, xizmat ko’rsatish va boshqaruvning yangi shakllariga, jumladan, yangicha nazorat va hisob shakllari, 
rejalashtirish va tahlil usullariga kiritishdan olingan, moddiy tus olgan natijadir. 
A.V.Borisov esa, innovatsiyaga: “Yangi mahsulot turlari, texnologiyalarni ishlab chiqish, yaratish va 
tarqatishga, yangi tashkiliy shakllar joriy qilishga yo’naltirilgan ijodiy faoliyat natijasi” deb qaraydi.
T.Brayn innovatsiyani nou-xau deb baholab: “Innovatsiya – intelektual mahsulot-ixtiro, axborot, nou-xau 
yoki g’oya iqtisodiy mazmunga ega bo’ladigan jarayon degan xulosaga keladi. 
L.V.Kantarovich innovatsiyalarning samaradorligiga urg’u berib yozadi: “Innovatsiya – amaliyotda 
qo’llanadigan hamda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy talablarni qoniqtiradigan, mos keluvchi sohalarda samara 
beradigan ilmiy ixtiro yoki kashfiyotdir.
Ko’rinadiki, innovatsiyalar nazariy jihatdan asoslangan, biron-bir sohada aniq maqsadga qaratilgan hamda 
amaliy tatbiq etishga yo’naltirilgan yuqori samaradorlikka ega yangilik hisoblanadi. 
Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion 
rivojlanish yo’liga o’tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. CHunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi 
davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g’oya va innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak 
degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo’lsak, uni aynan innovatsion g’oyalar, 
innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak [4; 104 b.]. 

Download 6.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling