Xorazm maqomlarining umumiy tavsifi. Chertim yо‘li. Aytim yо‘li


Download 0.6 Mb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1158396
  1   2   3
Bog'liq
10-мавзу


10-mavzu. Xorazm maqomlari
Reja:

  1. Xorazm maqomlarining umumiy tavsifi.

  2. Chertim yо‘li.

  3. Aytim yо‘li.


1. Xorazm maqomlarining umumiy tavsifi
Xorazmda maqom yо‘llariga yaqin mumtoz musiqa namunalari qadimdan ma’lum bо‘lgan. Bizgacha yetib kelgan shakli — olti maqom (Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq) tizimi Shashmaqom asosida 19-a. boshlarida shakllangan. Matyusuf Xarratovning aytishicha, Xorazm maqomlari Shashmaqomning xuddi o‘zidir. XIX asr boshlarida xorazmlik sozanda va bastakor Niyozjon Xo‘ja Buxoroga borib, Shashmaqomni o‘rganib keladi va Xorazmga olib kelib tarqatadi. Binobarin, Xorazmda maqomlarning keng yoyilishi uchun qulay zamin mavjud edi. Bu o‘lkada juda qadimiy musiqa an’analari va maqom ijrochiligida boy tajribaga ega bo‘lgan ko‘plab sozanda, xonanda va bastakorlar yashab ijod etib kelganlar. Al-Xorazmiy (X asr), Abul Vafoi Xorazmiy, Devonai Hisbiy (XV asr) kabi o‘nlab olimlarning musiqa risola-larida maqomlar nazariy jihatdan asoslab berilgan edi. Umuman, Sharq maqomlarining tarixiy taraqqiyotiga xorazmlik musiqachilar salmoqli ulush qo‘shganlar.
Xorazm maqomlari va Buxoro Shashmaqomining umumiy va farq qiluvchi tomonlari mavjud. Tashqi tomondan X.m. Rostdan, Shashmaqom Buzrukdan boshlanadi. X.mda Iroqning ashula bо‘limi unutilgan, Rost maqomining chertim yо‘llari asosida 8 qismdan iborat Panjgoh turkumi yaratilgan; suvora, naqsh, faryod qismlari о‘ziga xos xususiyatlarga ega; savt va mо‘g‘ulcha kabi ikkinchi guruh shо‘balari uchramaydi. Ichki tuzilishi jihatidan kо‘pchilik doyra usullari, kuy kiyofasi, ijrochilik uslubi mustakilligi bilan ajralib turadi.
Xorazm maqomlari Komil Xorazmiy ixtiro qilgan tanbur chizig‘ida uning о‘zi va о‘g‘li Muhammad Rasul Mirzaboshi tomonidan tо‘la yozilgan (1886).

Hozirgi nota yozuvida YE. Romanovskaya chertim yо‘llarini («Xorazm klassik muzikasi», T., 1939) va M. Yusupov chertim va aytim yо‘llarini («О‘zbek xalq muzikasi», 6j., T., 1958) yozib olgan. M. Yusupov tomonidan keyinchalik nashrga tayyorlangan «Xorazm maqomlari» tо‘plamiga (T., 1980—1987) Xorazm mumtoz musiqasining boshqa janrlari (suvora, faryod kabi) namunalari ham kiritilgan. YE. Romanovskaya, Il. Akbarov tomonidan Matyoqub Xarratov tanburda ijro etgan ayrim parchalar fonografga yozilgan (1934). San’atshunoslik intida K. Otaniyozov va K. Ismoilovlardan Rost, Navo, Dugoh, Segoh (1949), H. Boltayevdan Buzruk (1952) makomlarining ashula yо‘llari magnit lentasiga yozib olingan.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling