Xorazm maqomlarining umumiy tavsifi. Chertim yо‘li. Aytim yо‘li


Download 0.6 Mb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1158396
1   2   3
Bog'liq
10-мавзу

2. Chertim yо‘li
Shashmaqom Xorazm sharoitiga moslanib olindi va juda katta o‘zgarishlarga uchradi. Xorazmlik mashhur bastakorlar Niyozjon Xo‘ja, Feruz, Komil, Muhammadrasul Mirzo va boshqalar maqomlarga yangi cholg‘u qismlar bastalab, maqomlarni shaklan va mazmunan boyitdilar. Tasnif qismlari o‘rniga har bir maqom nomi bilan ataladigan cholg‘u yo‘llarini yaratdilar. Maqom yo‘llarining kuy tuzilishida ham jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ular kengaytirilib yoki qisqartirilib, qayta ishlandi. Lekin, Shashmaqom ohanglari asosan saqlanib qoldi.
Har bir maqom belgilovchi omil — muayyan lad tizimi va uning asosida yuzaga kelgan kuy yо‘llaridan iborat. Xorazm maqomlari Buxoro Shashmaqomi kabi mustaqil tuzilishga ega bо‘lgan chertim (cholg‘u) va aytim (ashula) bо‘limlarini о‘z ichiga oladi. Chertim yо‘li (bо‘limi) tani maqom, tarje, peshrav, muxammas, saqil, ufar kabi shaklan yakunlangan va nisbiy mustaqil qismlardan tashkil toptan. Boshlang‘ich tani makom va yakunlovchi ufar har bir maqomda bittadan bо‘lsa, о‘rtada keladigan peshrav, muxammas, sakil 2—3 tagacha bо‘ladi. Cholg‘u yо‘li yakkanavozlik va jо‘rnavozlik usulida chalinadi. Yakkanavozlikda tanbur asosiy soz hisoblanadi. Jо‘rnavozlik, odatda, tanbur, dutor, nay, bо‘lamon, qо‘shnay, g‘ijjak, chang, doiradan iborat ansamblda amalga oshiriladi.
Shuningdek, Xorazm maqomlarining dutor, surnay yо‘llari ham mavjud. Mas, 19—20-a. boshlarida Xivada 11 ta Xorazm dutor maqomi mashhur bо‘lgan: Chapandoz, Navoiy, Sadri Iroq, Tashniz, Ag‘yor va b. Tanbur yо‘llaridan farqli о‘laroq ular turkumli asarlar bо‘lib, har bittasi 2—7 qism (mas, «Iroq» dutor maqomi «О‘rta ufori», «Nigoron», «Oromijon», «Boymuxammad», «Saklansin») dan iborat bо‘lgan. «Oraz bam va uforisi», «Majnun dali», «Roviy», «Miskin va uforisi», «Mо‘g‘ulcha ufori»lari M. Yusupov tomonidan «О‘zbek xalq muzikasi»ning 6-jildiga kiritilgan.
Xorazm maqomlarining cholg‘u yo‘llari keyingi yillarda juda kam ijro etilgan bo‘lib, magnit yozuvlari ham sanoqli darajadadir. Shuning uchun bu yerda ular haqida mufassal to‘xtalib o‘tirmaymiz. Xorazm maqomlari cholg‘u qismlaridan umumiy tasavvur olish uchun Buxoro maqom cholg‘u yo‘llariga murojaat etish kifoY. Ular orasida ba’zi tafovutlar bor, xolos. Masalan, cholg‘u bo‘limlarida Shashmaqomdagi tasniflar o‘rniga maqomlar nomi bilan ataladigan va saraxborlarga ohangdosh sho‘ba va ufarlar kiritilgan. Cholg‘u qismlarining kuy tuzilishi esa asosan saqlanib qolgan va xorazmcha uslubda ijro etiladi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling