Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o‘sib borishi. Xonlik va amirlikning qulashi. Reja


Download 28.07 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi28.07 Kb.
#1628372
1   2   3   4
Bog'liq
Turkistonda Xonlik va amirlikning qulashi

3-masala:
1917-yilgi fevral burjua-demokratik inqilobi va podsholik tuzumining ag‘darilishi, hokimiyatning boshqa siyosiy kuchlar qo‘liga o‘tishi amir Buxorosiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Negaki, chorizmning yarim mustamlakasi hisoblanib kelgan Buxoroda bu davrga kelib ichki ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ziddiyatlar jiddiy tus olib borayotgandi. Buning boisi amirlikning moliyaviy-iqtisodiy hayoti va savdo-sotiq aloqalari ko‘pdan buyon Rossiya iqtisodiyotiga bo‘ysundirib kelinganligida edi. Bunda uning siyosiy jihatdan qaramligini gapirib o‘tmasa ham bo‘ladi. Buning ustiga mamlakat ichki hayotida hokimi mutlaq, cheklanmagan vakolatlar sohibi bo‘lgan amir va uning ko‘p sonli ayonlari, amaldorlari mehnatkash ommaga hukm o‘tkazib, zulm-sitamni kuchaytirib kelardi. Yurt fuqarolarining aksariyat ko‘pchiligi adolatsizlik, huquqsizlik va demokratik erkinliklarning yo‘qligidan aziyat chekardi. Shu bois amirlikda tez-tez xalq g‘alayonlari yuz berib turardi. Ularda harakatga kelgan aholi tabaqalari o‘zlarining haqqoniy, adolatli talablarini ilgari surib, mamlakatda o‘zgarishlar yuz berishini yoqlardilar.
XX-asr boshlarida ilg‘or taraqqiyparvar ziyoli yoshlardan tashkil topgan Yosh buxoroliklar tashkiloti ham aynan mana shu maqsadlarda faoliyat yuritardi. O`z saflarida Abduvohid Burhonov, Usmon Xo‘jayev, Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Mirza Muhiddin Mansurov, Abdulqodir Muhiddinov va boshqa o‘nlab yurt fidoyilarini birlashtirgan Buxoro jadidlari 1917-yil inqilobiy voqealaridan foydalanib keng xalq manfaatlari foydasiga muhim siyosiy o‘zgarishlarni ro‘yobga chiqarishga harakat qildilar.
1917-yil 7-aprelda amir Said Olimxon keng omma tazyiqi va Yosh buxoroliklarning islohiy talablari asosida Manifest chiqarishga majbur bo‘ladi. Unda amirlik tuzumining tub negizlariga daxl qilmagan holda mamlakatda bir qator demokratik o‘zgarishlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan edi. Soliqlarni tartibga solish, turli ijtimoiy tabaqa vakillaridan iborat Majlis tashkil qilish, maorif, tibbiyot, sud tizimi faoliyatini yaxshilash, ma’muriy boshqarish ishlarini takomillashtirish va boshqalar shular jumlasiga kirardi. Biroq, hukmron, reaksion kuchlar unga tish-tirnoqlari bilan qarshi turdilar. Yosh buxoroliklarni ta’qib qilish, ulardan o‘ch olish avjiga chiqdi. Ularning ko‘plab namoyondalari qo‘shni Turkiston ASSRga bosh olib ketishga majbur bo‘ldilar. Shu tariqa amirlikda konservativ ruhdagi kuchlarning qo‘li baland keldi. Islohiy harakatlarning birinchi bosqichi muvaffaqiyatsiz yakun topdi.
1917-yil kuzida Rossiyada yuz bergan oktabr to‘ntarishi va bolsheviklarning hokimiyatga kelishi amirlikdagi voqealar rivojiga ham ta’sir o‘tkazmasdan qolmadi. Sotsialistik inqilob g‘oyasini boshqalarga yoyishga intilgan bolsheviklar chegaradosh Buxoroni o‘z mo‘ljaliga olgan edilar. Shu bois Rossiya Federatsiyasi, qolaversa, sovet Turkistoni, uning mutasaddilari har bir vaziyatdan foydalanib, Buxoro ichki ishlariga aralashib, muxolifatchi kuchlarni qo‘llab-quvvatlab, amirlik tuzumini qulatish harakatida bo‘ldilar. Turkiston avtonom sovet respublikasi hukumati raisi F.I. Kolesov suveren Buxoro davlatiga ochiq tazyiq o‘tkazib, Yosh buxoroliklar talabini quvvatlagan bo‘lib, 1918-yil 2-martida Kogon temir yo‘li yoqalab qizil qo‘shinlar kuchi bilan ochiq harbiy intervensiya uyushtirdi. G`azabga kelgan Buxoroning ko‘pchilik aholisi o‘z yurtini jon-jahdi bilan himoya qilib, bolsheviklar hamlasiga qarshi yalpi kurashga otlandilar. Kolesov intervensiyasi tezlikda sharmandalarcha mag‘lubiyatga uchradi. Bu esa amir va uning arkoni davlatiga barcha inqilobiy-demokratik kuchlardan qonli o‘ch olish uchun bahona bo‘ldi. Ayniqsa, Yosh buxoroliklar ayovsiz qirg‘in qilindi. Ularning anchagina qismi yashirinishga yoki muhojirlikka ketishga majbur bo‘ldi.

Download 28.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling