Xorazm viloyat hokimining 2023 yil 13 fevraldagi
Download 277.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Hokim granti-3-11
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-bob. Tanlov ishlarini baholash usuli va mezonlari
e-qaror.gov.uz
14.02.2023 8 kiritgan taqdirda ushbu pul mablag‘larini faqatgina tanlovda ko‘rsatilgan startap loyihani muddatida amalga oshirishga, rivojlantirishga qonunchilikda belgilangan tartiblarda maqsadli foydalanish; - ushbu Nizomning talablariga rioya qilish. 6.3. Ishtirokchilarning javobgarligi: - talabnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarga belgilangan talablarni buzganligi uchun; - ushbu nizomda belgilangan shartlar, tartiblar va muddatlarga rioya qilmasligi uchun; - mualliflik huquqini buzganligi uchun, shu jumladan materiallarni tayyorlash vaqtida. Mazkur qoidabuzarliklar uchun hakamlar hay’ati ishtirokchini tanlovda ishtirok etish huquqidan mahrum qilishi mumkin. 6.4. Tanlovda qatnashish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tanlovda ishtirok etuvchilarning o‘z hisobidan amalga oshiriladi. 7-bob. Tanlov ishlarini baholash usuli va mezonlari 7.1. Tanlovga taqdim etilgan ishlarni baholash uch bosqichda amalga oshiriladi. 7.2. Talabnomalarni belgilangan mezonlar bo‘yicha saralashda hakamlar ma’lumotlarning to‘g‘riligini tahlil qiladi. Mas’ul tashkilotning belgilangan vakili tomonidan tasdiqlangan ishtirokchilar to‘g‘risidagi ro‘yxat tanlovning belgilangan mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat deb hisoblanadi. 7.3. Tanlov ishtirokchisining talabnomasi quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi: - biznes-g‘oyaning yangiligi va noyobligi; - biznes-goyaning ijtimoiy ahamiyati; - maqsadliligi va mo‘ljallanganligi; - amaliy tajribasi. Tanlov ishtirokchisining talabnomasini baholash 0 (nol) balldan 2 (ikki) e-qaror.gov.uz 14.02.2023 9 ballgacha baholanadi. Bunda 0 (nol) - mezonlarga to‘liq javob bermaydi, 1 (bir) - mezonlarga qisman muvofiq, 2 (ikki) - mezon talablariga to‘liq muvofiq deb belgilanadi. Tanlov qatnashchilarining talabnomalarini baholash natijalari bo‘yicha ballari teng bo‘lgan holatlarda hakamlar hay’ati qarori bilan aniqlanadi. 7.4. Tanlov ishtirokchilarining taqdimotlari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi: - biznes-g‘oyaning yangiligi va noyobligi; - biznes-g‘oyaning ijtimoiy ahamiyati; - yaratilayotgan ish o‘rinlar soni; - amaliy natijalarga yo‘naltirilganligi; - qoplash muddati; - rentabelligi, to‘lashga qodirligi va boshqalar; - maqsadliligi va mo‘ljallanganligi; - amaliy tajribasi. Tanlov ishtirokchilarining taqdimotlarini baholash har bir mezonlar bo‘yicha 1 (bir) balldan 10 (o‘n) ballgacha baholanadi. Tanlov ishtirokchilarining taqdimotlarini baholash natijalari bo‘yicha ballari teng bo‘lgan holatlarda hakamlar hay’ati qarori bilan aniqlanadi. 7.5. Tanlovning biznes-reja g‘oliblarini baholash quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi: - biznes-rejaning yangiligi va noyobligi; - biznes-rejaning ijtimoiy ahamiyati; - yaratilayotgan ish o‘rinlarining soni; - amaliy natijalariga yo‘naltirilganligi; - qoplash muddati; - maqsadga yo‘naltirilganligi; - raqobatbardoshligi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling