Xorazm viloyat hokimining 2023 yil 13 fevraldagi
Download 277.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Hokim granti-3-11
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Hokim granti” ajratish to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar
- 2-bob. Tanlovning maqsadi va vazifalari
e-qaror.gov.uz 14.02.2023 3 Xorazm viloyat hokimining 2023 yil 13 fevraldagi 47-12-0-Q/23-son qaroriga 1-ilova IT ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, yoshlarning dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishi hamda eksportga yo‘naltirishi bo‘yicha startap loyihalari uchun “Hokim granti” ajratish to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1.1. IT ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, yoshlarning dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalari uchun “Hokim granti” ajratish bo‘yicha tanlov nizomi (keyingi o‘rinlarda - nizom) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023- yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-sonli qarori, viloyat hokimligining 2022-yil 9-yanvardagi “Hokim va yoshlar uchrashuvi” to‘g‘risidagi 12-sonli yig‘ilish bayoniga (4-81, 2023-yil 29-dekabr) asosan Xorazm viloyatida IT ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, yoshlarning dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, shuningdek, ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlarni eksportga yo‘naltirish bo‘yicha yoshlarning (18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan) startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan. 1.2. Nizom ishtirokchilar o‘rtasida yangi startaplar uchun tanlovlar (bundan keyin - tanlov) o‘tkazish tashkilotchilari va ishtirokchilarining vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari, tanlovni o‘tkazish tartibi va muddati, tanlovni baholash mezonlari (indikatorlari) va usulini belgilaydi. 2-bob. Tanlovning maqsadi va vazifalari 2.1. Tanlov maqsadi ishtirokchilarning ilmiy faoliyatga yo‘naltirish va ularda innovatsion fikrlash, yangi g‘oya va tashabbuslarni shakllantirishdan iborat. 2.2. Tanlovning vazifasi quyidagilar: - ishtirokchilarda tadbirkorlik layoqatini rivojlantirish va tadbirkorlikni rag‘batlantirish; - eng yaxshi startaplarni aniqlash va ularni rivojlantirish; - biznes-loyihalarning umumiy miqdorini oshirish; Download 277.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling