Xorazm viloyat hokimining 2023 yil 13 fevraldagi
Download 277.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Hokim granti-3-11
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. Tanlov yo‘nalishlari va nominatsiyalari
- 4-bob. Tanlovni o‘tkazish tartibi va bosqichlari e-qaror.gov.uz 14.02.2023
e-qaror.gov.uz
14.02.2023 4 - loyihalarga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish; - oliy ta’limda ta’lim oluvchilarning ilmiy-amaliy faoliyat samaradorligini oshirish; - kelgusida tijoratlashtirish uchun intellektual faoliyat natijalarini yaratish; - startaplarni yaratish asoslarini shakllantirish uchun yangi texnik masalalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni rag‘batlantirish; - innovatsion tadbirkorlikni rivojlanishiga ko‘maklashish. 3-bob. Tanlov yo‘nalishlari va nominatsiyalari 3.1. Ishtirokchilar yangi startaplar uchun tanlovlarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talabnomalari qabul qilinishi mumkin: - fan va ta’lim; - energiya tejamkorlik; - ijtimoiy-iqtisodiy; - qishloq xo‘jaligi; - axborot texnologiyalari; - sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish; - sanoat; - sog‘liqni saqlash. 3.2. Ishtirokchilar yangi startaplar uchun tanlovlar quyidagi nominatsiyalarda tashkil etiladi: - “Ijtimoiy ahamiyatli innovatsiyalar”; - “Texnostart”; - “Eng yosh olim”; - “Eng yaxshi innovatsion loyiha”; - “Istiqbolli ishlanma”. 4-bob. Tanlovni o‘tkazish tartibi va bosqichlari e-qaror.gov.uz 14.02.2023 5 4.1. Tanlovda 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar ishtirok etadi. 4.2. Oliy ta’lim muassasalari va boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorlikda ishtirokchilar orasida yangi startaplar uchun tanlovlarni o‘tkazadi. 4.3. Oliy ta’lim muassasalari va boshqa mas’ul tashkilot vakillaridan iborat bo‘lgan tashkiliy qo‘mita shakllantiriladi. 4.4. Yangi startaplar uchun tanlovlar har yili aprel-may oylarida o‘tkaziladi. 4.5. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor tanlov e’lon qilingan kundan boshlab e’londa ko‘rsatilgan manzilga belgilangan shaklidagi talabnomani to‘ldirgan holda murojaat qiladi. Talabgorning istagiga binoan talabnomaga loyihaning mohiyatini (biznes- rejasi, video tasvirlari, ishlab chiqilgan dasturning demo versiyasi, loyiha byudjeti, loyihaning hozirgi bosqichining tavsifi, natijasi va h.k.) tushuntiruvchi yoki namoyish qilinadigan har qanday hujjat va materiallar ilova qilishi mumkin. 4.6. Tanlovda ishtirok etish uchun talabnomalar e‘lon berilgandan keyin taqdim etilishi lozim va belgilangan muddatdan keyin topshirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqish va tanlovda ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 4.7. Tanlov saralash, tanlov va yakuniy bosqichlarda o‘tkaziladi. 4.8. Tanlovning saralash bosqichida talabgor taqdim etgan talabnomasining to‘liqligi, ishonchliligi, unga ilova qilingan hujjatlar, materiallar va ma’lumotlarni talabnomaning mazmuniga muvofiqligi tahlil qilinadi. Talabnoma va unga ilova qilingan hujjatlar, materiallar va ma’lumotlarni talabnomaning mazmuniga muvofiq bo‘lmasa tanlovda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. 4.9. Hakamlar hay’ati saralash bosqichdan o‘tgan talabnomalar asosida tanlov bosqichini tashkil etadi va talabgorlarning loyihalarini baholashadi. 4.10. Tanlov natijalariga ko‘ra yakuniy bosqichga tanlov ishtirokchilari taklif etiladi. Tanlovning yakuniy bosqichida yakuniy bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritgan ishtirokchilar hakamlar hay’ati a’zolari oldida o‘zlarining ishlanmalarini tanishtirish imkoniyati beriladi. Yakuniy bosqichda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling