Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi


Undalmali va kirish so‘zli gaplar bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash


Download 199.5 Kb.
bet3/25
Sana17.01.2023
Hajmi199.5 Kb.
#1097623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
9-sinf ona tili

Undalmali va kirish so‘zli gaplar bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash
1. Qaysi gapda kirish so‘z ishtirok etmagan?
A) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog‘ing tabarruk.
B) Umuman, odam bolasi tug’ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi.
C) Bu vidolashuv, ayniqsa, Ulug‘bekka qattiq ta’sir qildi.
D) Xullas, qars ikki qo‘ldan chiqadi.
2. Qaysi gapda tinish belgilari bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Kamol, Kamoljon, uxlab qoldingmi? Kel, o‘g‘lim, ovqating sovib qoldi.
B) O‘zimning bulbulim, nega to‘xtab qolding? Bulbuljon?
C) Yaxshi, bolam, yaxshi! Ko‘pning nazaridan qolma.
D) Barcha gapda tinish belgilar to‘g‘ri qo‘llangan.
3. Qaysi gap tarkibida uyushiq undalma mavjud?
A) Kamol, Kamoljon, uxlab qoldingmi?
B) Yaxshi, bolam, yaxshi! Ko‘pning nazaridan qolma.
C) Uyushiq undalma qo‘llanmagan.
D) O‘zimning bulbulim, nega to‘xtab qolding bulbuljon?
Sodda va qo‘shma gaplar
1. Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo‘lgan gap …
A) sodda gap B) bir bosh bo‘lakli gap C) yig‘iq gap D) sodda yoyiq gap
2. Qaysi qatorda sodda gap berilgan? A) Odam borki, fikr yuritish qobiliyatiga ega.
B) Yuksak, teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan el-yurtiga naf yetadigan siymolarnigina mutafakkir deyish mumkin.
C) Tilingni o‘z ixtiyoringda asra, so‘zingni ehtiyot bilan so‘zla.
D) Odamlar siz bilan dardini yoki quvonchini o‘rtoqlashsa, diqqat bilan tinglang.
3. Gap uchun muhim belgi nima?
A) kesimlik B) eganing mavjudligi C) tugallanganlik D) ega va kesimlik
4. Ikki yoki undan ortiq sodda gapning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo‘lgan butunlik…
A) uyushiq bo‘lakli gap deyiladi B) bog‘langan qo‘shma gap deyiladi
C) qo‘shma gap deyiladi D) ergashgan qo‘shma gap deyiladi


Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar
1. Qo‘shma gap qismlarini bir-biriga bog‘lashda ishtirok etuvchi yuklamalarni ko‘rsating.
A) -u, -yu, -mi, -chi B) -da, -a, -ya, -ki C) -ku, -u, -mi, -da D) -u, -yu, -da, -ki
2. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
A) teng bog‘lovchilar, bo‘g‘lovchi vazifasidagi vositalar, ohang
B) ergashtiruvchi bog‘lovchilar, nisbiy so‘zlar, ko‘makchili qurilmalar
C) teng bog‘lovchilar, yuklamalar, shart mayli qo’shimchasi (-sa)
D) berilganlarning barchasi to‘g‘ri
3. Bog‘lovchi vazifasidagi vositalar keltirilgan qatorni toping.
A) chunki, bo‘lsa, -ki, shu sababli B) deb, -da, shuning uchun, -sa
C) zeroki, yo, bo‘lsa, shuning uchun D) dam..., dam..., esa, -u, shu tufayli
4. Qaysi vosita orqali bog‘langanda qo‘shma gap qismlari ergash gap + bosh gap shaklida bo‘ladi?
A) shuning uchun B) negaki C) -ki yuklamasi D) bo‘lsa, esa so‘zlari

Download 199.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling