Xorazmda istiqlolchilik harakati
Download 63.42 Kb.
|
Mirzabahromov Ilhombek kurs ishi 3 (1)
1.6 Yosh Xivaliklar
Yosh xivaliklar — Xiva xonligida jadidlar tashkil qilgan partiya (firqa) (1914—21). Oʻz safida milliy ziyolilar, hunarmand, dehqon, savdogarlar, islom ulamolari va ayrim davlat amaldorlarini birlashtirgan. 1914-yil avgustda Yosh xivaliklar partiyasiga Polvonniyoz hoji Yusupov asos soldi. Jumaniyoz Boboniyozov, Bobojon Yoqubov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Nazir Sholikorov, Sultonqori Jumaniyozov, Xudoybergan Devonov, Husaynbek devonbegi Matmurodov, Muhammadyorxoʻja Abdullayev partiyaning faollari edi. Partiyaning eʼlon qilingan dasturida xon hokimiyatini cheklaydigan islohotlar oʻtkazish, mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish, xalqni maʼrifatli qilish moʻljallangan. Xiva xonligidagi 1916-yil qoʻzgʻolonida faol qatnashgan Yosh xivaliklar ing rahbarlaridan biri qozikalon Bobooxun Salimov (1874— 1929) qoʻzgʻolonchilar faoliyatini yashirin ravishda boshqardi. 1917-yil fevral inqilobi Yosh xivaliklar faoliyatiga kuchli taʼsir koʻrsatdi, ular ochiq kurash yoʻliga oʻtdi. 1917-yil 5 aprelda Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh xivaliklar . takdim etgan manifestni imzolashga majbur boʻldi. Manifestda yangi usul maktablari ochilishi, mamlakatda temir yoʻl, pochta, telegraf barpo etilishi zarurligi, davlat xazinasi nazorat ostiga olinishi, barcha amaldorlarning saylanishi va maosh bilan taʼminlanishi, butun aholining shariat oldida tengligi taʼkidlangan edi. Isloxrtlar amalga oshirilishini nazorat qilish uchun 30 vakildan iborat muvaqqat qoʻmita tashkil topdi. 8 aprel da mamlakatni boshqarish uchun Xivada xon huzurida Majlis (raisi — Bobooxun Salimov) va Nozirlar Kengashi (raisi Husaynbek devonbegi Matmurodov) tuzildi. P. Yusupov (1861—1936) ga Rossiya hukumati va rus qoʻshinlari bilan munosabatlarni barkarorlashtirish vazifasi yuklatildi. Muvaqqat qoʻmita tarkibiga keyinchalik yana 19 kishi, shuningdek, 7 turkman kiritildi. Yosh xivaliklar Xiva xonligida hokimiyatni boshqaruvchi hukmron kuchga aylandi. 1917-yil mayda Majlis raisi Bobooxun Salimov boshchiligidagi delegatsiya Muvaqqat hukumat vakillari bilan muzokara oʻtkazish uchun Toshkentga joʻnadi. Asfandiyorxon Muvaqqat xukumatning Xivadagi vakili general Xoʻja Mirbadalov (millati tatar) boshchiligidagi harbiy kuchlarga tayanib, iyunda Majlisni tarqatib yubordi. Xon oʻziga maʼqul kishilardan yangi tarkibdagi Majlis (raisi — Ortiq Oxun) va Nozirlar Kengashi (raisi — Ishoqxoʻja Xoʻjayev)ni tayinladi, Yosh xivaliklardan shafqatsiz oʻch olishga kirishdi. H. Matmurodov boshchiligidagi sobiq Majlisning 17 aʼzosi qamoqqa olindi, Bobooxun Salimov ustidan kuchli nazorat oʻrnatildi, Yosh xivaliklar partiyasining barcha aʼzolari kofir, deb eʼlon qilindi. 1917-yil sentabrda Xivaga polkovnik Zaysev katta kazak3 otryadi bilan yetib keldi. 21 noyabrda Yosh xivaliklar ustidan "qozilarning shariat sudi" oʻtkazildi. 1917-yil noyabrda Asfandiyorxon rus kazaklari yordamida Majlisni butunlay tugatdi. Xonning istibdod tuzumi bilan kurashda maglubiyatga uchragan Yosh xivaliklar mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1917-yil noyabr—dek.da P. Yusupov, N. Sholikorov (1881 — 1938) Toshkentga, mulla Jumaniyoz Sultonmurodov — PetroAleksandrovsk (hoz. Toʻrtkoʻl)ga yetib borishdi. Yosh xivaliklar partiyasining boshqa yetakchilari Husaynbek Matmurodov, Ishoqxoʻja Xoʻjayev, Abdusalom Hoji Islomxoʻjayev, Hoji Avazberdi Eshonov xon buyrugʻi bilan qatl qilindi (1918-yil 18 may). 1918-yil boshlarida Toshkentda Yosh xivaliklar qoʻmitasi tuzildi (raisi — Polvonniyoz Yusupov). Yosh xivaliklar taktik maqsadlarni koʻzlab, bolsheviklar bilan yaqinlashdi. Toʻrtkoʻldagi Yosh xivaliklar dan bir guruh inqilobchilar bilan ajralib, 1919-yil boshida kommunistik guruh (fraksiya) tuzganligini eʼlon qildi (raisi — Jumaniyoz Sultonmurodov). Yosh xivaliklar partiyasiga koʻplab aʼzolar kelib qoʻshildi. Uning yangi dasturi qabul qilinib, unda demokratik islohotlar dasturi bayon etildi. Xiva xoni, toʻralar va beklarga qarashli butun molmulkni xalqqa berish, katta boylarning yerlarini kambagʻallarga taqsimlash, bepul shifoxonalar va maktablar ochish, yoʻllar va koʻpriklar qurish, siyosiy erkinlik, milliy tengxuquqlilik, xonlik tuzumini agʻdarib tashlab, demokratik xalq hokimiyati — respublikani barpo qilish koʻzda tutildi. Rossiya va Turkistonning bolshevik rahbarlari Xiva xonligidagi barcha muxolif kuchlarni jipslashtirishga zoʻr berib intildi. 1919-yil noyabr da Yosh xivaliklar Toʻrtkoʻldagi inqilobchi kommunistlar guruhi hamda Qoʻshmamedxon Sapiyev (? — 1920) va Gʻulomalixon Bahodir (taxminan 1885— 1925) boshchiligidagi turkman qabilalari Xiva xoni Sayd Abdullaxon (? — 1933) va turkman yovmutlarining yetakchisi Junaidxonta karshi kurash boshlash uchun oʻzaro ittifoq tuzib, Xivani egallash uchun qizil askarlarni yordamga chaqirdi. 1919-yil noyabr — 1920-yil yanvar oylaridagi keskin janglar natijasida Turkiston fronti Amudaryo (Xiva) guruhining qoʻshinlari (qoʻmondon — N. M. Shcherbakov, siyosiy rahbar — G. B. Skalov) 1920-yil 1 fevralda xonlik poytaxti Xivani bosib oldi. Xiva xoni Sayd Abullaxon taxtdan voz kechdi, Junaidxon janglar bilan Krraqumga chekindi. 2 fevralda Muvaqqat inqilobiy qoʻmita tuzildi. Unga Toʻrtkoʻldagi Yosh xivaliklar . inqilobiy qoʻmitasining boshligʻi Jumaniyoz Sultonmurodov — rais, Majlisning sobiq raisi Bobooxun Salimov, ulamolar vakili Odamoxun Ortiqov, yirik savdogar Matpanoboy Madrahimov, turkmanlar vakillari Mulla Oʻroz Xoʻjamuhamedov va Mulla Navroʻz Roʻziboyev aʼzo boʻldi. 9 aprelda Muvaqqat inqilobiy qoʻmita ishini yaxshilash uchun uning tarkibida 10 kishidan iborat dastlabki xalq xukumati — Nozirlar Shoʻrosi tashkil qilindi. Kundalik masalalarni hal qilish uchun Jumaniyoz Sultonmurodov (rais), Polvonniyoz Hoji Yusupov, Bobooxun Salimovdan iborat hayʼat saylandi. 1920-yil 26—30 aprelda Butun Xorazm xalq vakillarining I qurultoyida Xorazm Xalk Sovet Respublikam (XXSR) tashkil topdi. Yosh xivaliklar dasturi qurultoyda qabul etilgan muvaqqat konstitutsiyaga asos qilib olindi. Unda Xiva xonligi tugatilganligi va Xorazm Xalq Respublikasi tuzilganligi eʼlon etildi. Qurultoyda 15 kishidan iborat respublika xukumati — Xalq Nozirlari Shoʻrosi tuzildi. Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligidagi xukumat tarkibiga Jumaniyoz Sultonmurodov (raisning 1muovini), Bobooxun Salimov (adliya), Bekjon Rahmonov (maorif), Eshchonqori Jabborqulov (xalq xoʻjaligi), Oʻroz Xoʻjamuhamedov (tashqi ishlar), Navroʻz Roʻziboyev (hukumat kotibi), Qoʻshmamedxon Sapiyev (raisning 2muovini), Gʻulomalixon Bahodir (ijtimoiy taʼminot), Shomurod Baxshi (sogʻliqni saqlash), Muhammadpanoboy Abdullayev (moliya), Xudoybergan Devonov (oliy mufattishnazorat), Rizo Shokirov (harbiy), Hakim Bobojonov (ziroatdehqonchilik), Nazir Sholikorov (ichki ishlar) nozir sifatida kiritildi.4 Nozirlarning aksariyati jadidlardan iborat boʻlgan va shu sababli hukumat Yosh xivaliklar hukumati deb yuritilgan. Yosh xivaliklar mamlakatda xonlikdan qolgan asoratlarni tugatish, respublikada demokratik tuzumni qaror toptirish, mustaqil Xorazm davlatini barpo qilish uchun kurashdi. Rossiya rasmiy doiralari, Turkkomissiya va Turkfront vakillari mustaqil siyosat yuritishga intilayotgan Yosh xivaliklar xukumatini badnom qilish uchun jonjaxdi bilan harakat qildi. Shoʻrolar davlatining qurolli igʻvogarliklariga qaramay, Yosh xivaliklar hukumati qariyb bir yil yashadi. 1921-yil 6 martda qizil askarlar Xivada 2marta davlat toʻntarishi yasab, Yo. x. xukumatini agʻdarib tashladi. Bolsheviklar xalq nozirlarini qamoqqa olib, koʻpchiligini otib tashladi. Ayrim nozirlar Junaidxon va istiklolchilar safiga qoʻshildi, baʼzilari chet ellarga oʻtib ketdi. Yosh xivaliklar .ning bir qismi keyinchalik afv qilindi va ular Xorazmdagi shoʻro davlati qurilishida faol ishtirok etdi (1923-yil okt.gacha). Ularning aksariyat qismi 30y.lar qatagʻonlarida yosh buxoroliklar singari halok boʻldi. Xorazm Xalq Sovet Respublikasi davlat gerbi ( 2-ilova) Xorazm xalq sovet respublikasining dunyo xaritasidan ko`rinishi (3-ilova) Download 63.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling