Xorazmda istiqlolchilik harakati
II BOB Junaidxon va miliy istiqlolchilik harakati
Download 63.42 Kb.
|
Mirzabahromov Ilhombek kurs ishi 3 (1)
II BOB
Junaidxon va miliy istiqlolchilik harakati 1 Xorazmda jang harakatlarining boshlanishi va kengayib borishi. Xorazm vohasida bolsheviklar, qizil armiya kuchlariga qarshi qurolli kurash 1918-yil o’rtalarida boshlanib ketgan edi. Tajovuzkor kuchlar Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To’rtko’l)ni Xiva xonligiga qarshi hujum bazasiga aylantira boshladilar. Chorjo’ydan Amudaryo orqali harbiy kuchlar keltirildi. Xorazmning o’ng qirg’oq hududi XIX asrning 70-yillarida podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinib, harbiy istehkomga aylantirilgan edi. Xorazm sovet hokimiyatidan Petro-Aleksandrovskni qaytarib berishni talab qildi, ammo rad javobini oldi. Aksincha, qizil qo’shinlar shu istehkomdan Xorazm vohasiga bostirib kirib, xon hokimiyatini ag’darib tashlashda foydalandilar. Xorazm respublikasida 1920-yil bahoridan boshlab misli ko’rilmagan talonchilik va zo’rliklarga qarshi ommaviy qurolli kurashlar boshlandi. Bunga, ayniqsa, 1920-yilda qizil askarlar tomonidan Urganch aholisi, ulamolari norozilik yig’inining qonli bostirilishi, Qo’chmamadxon boshchiligidagi turkman yigitlarining o’ldirilishi, turkman aholisi ustiga jazo otryadlarining bostirib borishi, 1921-yil boshida Polvonniyoz Hoji Yusupov5 hukumatining fitna yo’li bilan ag’darilishi, begunoh kishilarning qamalishi, o’ldirilishi, mol-mulkining talanishi sabab bo’ldi. Qurolli kurashni turkman yovmut urug’ining boshlig’i Qurbon-Mamed Sardor - Junaidxon (1857-1938) guruhlari boshlab, qator yillar davom ettirdi. Uning qo’shini saflarida o’zbek, qoraqalpoq va qozoqlar ham bor edi. O’zbek dehqonlari va hunarmandlaridan iborat guruhlarga Madraimboy, Sa’dulla bola, Shokir bola, Mavlonbek va boshqalar rahbarlik qildilar. Xususan, Ko’hna Urganch, Ilyali, Toshhovuz, Mang’it, Qo’shko’pir, Chimboy, Qo’ng’irot va To’rtko’lda harakat qilgan o’nlab guruhlar qizil askarlarga jiddiy zarba berdi. Junaidxon boshchiligidagi isyonchilar hujumga o’tib, Ko’hna Urganch, Xo’jayli, Ilyali va Taxtani qayta egalladi, ko’plab qizil askarlarni asir oldi. 1921-yil yozida Qo’ng’irotda qo’zg’olon ko’tarildi. Bunday ko’tarilishlar tez-tez takrorlanib turdi. Rasmiy axborotlarda respublika hududida, qumlar orasida «kaltamanlar va bosmachilar sonining o’sishi», ularning kuch to’plab jangga kirganlari qayd etilgan. Qishloq va shaharlarning aholisi ularga xayrixohlik bildirgan. 1922-1923yillarda olib borilgan jangovar harakatlar qizil armiya qo’mondonligini tang ahvolga solibgina qolmay, balki respublikadagi siyosiy muhitga ham jiddiy ta’sir qildi. Isyonchilar qatoriga mahalliy aholi vakillari, shuningdek Xorazm respublikasi hukumatining ayrim a’zolari qo’shildilar.
Download 63.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling