Xorazmda istiqlolchilik harakati


Download 63.42 Kb.
bet7/8
Sana03.06.2024
Hajmi63.42 Kb.
#1854353
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mirzabahromov Ilhombek kurs ishi 3 (1)

2.1 Harakatning mag`lubiyati

Xorazmda qurolli kurashlar natijasida tajovuzkor qizil qo’shinlarga qator jiddiy zarbalar berildi. Qo’mondonlik yangidan-yangi harbiy qismlarni to’plab, aeroplanlarni Xorazmga keltirib, isyonchilarga qarshi jangga tashladi. Ular orasida Rossiyadagi fuqarolar urushida qatnashgan, jangovar tajribaga ega bo’linmalar, chunonchi, mashhur Budyonniy qo’mondonligi ostidagi sara otliq qo’shin ham bor edi.


Bolsheviklar, qizil armiya qo’mondonligi harakat rahbarlari bilan hech qanday muzokaraga kirishmay, ularni faqat qurol kuchi bilan bostirish rejasiga amal qilib bordilar. Shuningdek, harbiy munofiqlik, aholidan o’ch olishni ham keng qo’lladilar. Respublikada «bosmachilikka qarshi kurash uchun «favqulodda uchlik» (troyka) tuzilib (1922-yil oxiri), «bosmachilar» 6va ularga yordam berishda shubha qilingan yuzlab kishilar oliy jazoga hukm qilindilar va 24 soat ichida otib tashlandilar. Shuningdek, turkman qabilalari boshliqlari o’rtasida kelishmovchilik va adovat keltirib chiqardilar, turkmanlar va o’zbeklarni qarama-qarshi qo’yishga urindilar. Respublikada turli millatlar o’rtasida munosabatlar murakkablashib, jiddiy tus oldi.
Ammo hiyla-nayranglar kutilgan natijani bermadi. Qurolli kuch asosiy vositaga aylandi. Chunonchi, Xiva atrofida bo’lgan 1924-yil boshlaridagi qo’zg’olonni bostirish uchun 4-Aktyubinsk, 82-Turkiston otliq polki va aviaeskadriliya, To’rtko’ldan qo’shimcha qizil askar qismlari tashlandi. Bu kuchlar tazyiqi ostida qo’zg’olonchilar Xiva qamalini to’xtatib, chekinishga majbur bo’ldilar. Aeroplanlardan qumlarga chekinganlarni shafqatsizlarcha o’qqa tutdilar. Qo’zg’olonchilar ashaddiy qirg’in qilindi.
Xorazmda vatanparvarlar harakati ayrim guruhlar tomonidan 1935-yilgacha davom ettirildi. Buxoro, Xorazm respublikalari, umuman, O’zbekiston hududidagi sovet hokimiyati va qizil armiyaga qarshi kurashlar tarixiga yakun yasar ekanmiz, ularni keng xalq ommasi, birinchi navbatda dehqonlar qahr-g’azabi, noroziligining yuksak darajaga ko’tarilganligi ifodasi deb e’tirof etishimizga to’g’ri keladi. O’zbekiston XKS raisi F.Xo’jaev 1927-yilda bu harakatga baho berib, u «shiddatli siyosiy, sovetlarga qarshi xususiyat kasb etdi va butun o’rta Osiyoning mavjud uch respublikasi - Buxoro, Turkiston va Xorazmdagi dehqonlar aholisining deyarli ommaviy harakatiga aylandi...», deb ta’kidladi.
Harakatga aloqador bo’lgan umumiy xususiyat bu bosqinchi qizil armiyani, bolsheviklarni vatanimiz hududlaridan olib chiqib ketish talabi edi. Bu talab butun harakat tomonidan ilgari surildi. Keyingi maqsadlarga kelganda ko’pchilik harakat rahnamolari Buxoro va Xorazm mamkkatlarida 1920-yilgacha bo’lgan eski boshqaruv va hokimiyatni tiklashni ko’zladilar. Holbuki, eskilikka qaytish xalq manfaatlari va demokratiyaga zid edi. Albatta, bu hol o’zining salbiy tomonini ko’rsatmay qolmadi. Buxoro, Xorazm respublikalari hukumatlari qurolli muxolifat harakati bilan muzokaralar olib borish, xunrezlikning oldini olish va yangi, demokratik tuzumlarni xalq ommasi manfaatlari zamirida rivojlantirish yo’lida faoliyat ko’rsatdilar. Ammo ko’pchilik harakat boshliqlari dunyoqarashlari tor bo’lganligi uchun ko’p vaziyatda bu hukumatlar bilan murosa qila olmas edilar. Shunga qaramasdan qurolli harakat tarixi sovet hokimiyati osonlikcha Turkiston zaminida o’rnasha olmaganligi haqida guvohlik beradi va xalqimizning bu davrda ham mustaqillikka intilishi, mustabid tuzumga qarshi kurashganligi haqida dalolat beradi.


Download 63.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling