Xorazmda istiqlolchilik harakati
Download 63.42 Kb.
|
Mirzabahromov Ilhombek kurs ishi 3 (1)
2.3.Junaidxon
JUNAYDXON Qurbon Mamed (Muhammad) sardor (turkmancha: Jüneýt han; 1857, hozirgi Taxta tumani, Turkmaniston — 1938, Hirot atrofi, Afgʻoniston) — Istiqlolchilik harakati namoyandalaridan. Mustamlakachi chor Rossiyasi hamda shoʻro qoʻshinlariga qarshi kurashgan. Yovmut qabilasi bayramali urugʻining junayd tarmogʻiga mansub. Nizoli masalalarni adolatli hal qilganligi va jasurligi uchun turkmanlar orasida uning shuhrati keng yoyilgan. U uzoq yillar mobaynida oʻz urugʻining mirobi, qozisi, oqsoqoli, harbiy boshligʻi boʻlgan. Chorizmning Xiva yurishlari paytida yosh Qurbon Mamed turkman yovmut yigitlari qatorida rus bosqinchilariga qarshi janglarda qatnashgan.7 Asfandiyorxon Junaydxonni turkman qabilalarining sardori etib tayinlagan (1915). Turkman oqsoqollari uni Junaydxon deb eʼlon qilishgan. Turkman davlatini tuzish maqsa-dida Junaydxon Xivaga yurish qilgan (1916). Xivani egallagan Junaydxon qoʻshini xondan katta miqdorda tovon puli olgach, 15-fevralda poytaxtni tark qiladi. Turkiston harbiy gubernatori zudlik bilan Xivaga Toshkentdan general Galkinning jazo otryadini yuboradi. 16-martda Gʻazovotda Junaydxon qoʻshini ruslardan yengilgach, Qoraqumga chekingan, soʻngra Eron va Afgʻonistonga oʻtib ketgan. Junaydxon 1917 yil yozida Xorazmga qaytib kelib, siyosiy hokimiyat uchun kurashni davom ettirgan. 1918 yil 10-yanvarda Asfandiyorxon Junaydxonni Xivaga taklif qilib, xonlik qoʻshinlarining bosh qoʻmondoni qilib tayinlashga majbur boʻlgan. Junaydxon 1918 yil oktabrda Asfandiyorxonga suiqasd uyushtirib, uni oʻldirgan va xonning akasi Sayd Abdullaxonni Xiva taxtiga oʻtqazgan, amalda Junaydxon xonlikning mutlaq hukmdoriga aylangan. Rossiyaga (1918 yil yanvar — 1920-yanvar) qaram boʻlgan Xiva xonligi amalda mustaqil davlatga aylangan. Junaydxon 1918 yil oʻrtalari — 1920 yil yanvarda shoʻro qoʻshinlariga qarshi keskin kurash olib borgan, biroq magʻlubiyatga uchrab choʻlga chekingan. Xivada xonlik tuzumi agʻdarilib Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tuzilgan. Junaydxon turkman, oʻzbek, qoraqalpoq, qozoqlardan iborat 30 ming kishilik qoʻshin tuzib kurashni davom ettirgan. Shoʻro hukumati Junaydxon ga qarshi kurashda boshqa turkman sardorlari Qoʻshmamadxon va Gʻulomalixonlarni jalb qilgan. Natijada 1920 yil avgustda ular Junaydxon koʻshiniga zarba berishgan. Junaydxon Turkistondagi istiqlolchilik harakati kuchlarini yagona qoʻmondonlik ostiga birlashtirish maqsadida 1922 yil boshida Anvar posho va Fargʻonadagi qoʻrboshilar bilan aloqa oʻrnatgan. U oʻz qoʻshinida qattiq tartib intizom oʻrnatdi va xorijdan zamonaviy qurollar sotib oldi. Junaydxon 1922 yil aprelda Porsu qalʼasini qizillardan ozod qilgan. 1923 yil dekabrda Pitnak, Hazorasp, Bogʻot, Xonqa tumanlarida shoʻro tuzumiga qarshi dehqonlarning ommaviy qoʻzgʻolonlari boshlangan. Junaydxon qoʻzgʻolonchilarga madad berish uchun 15 ming kishilik qoʻshini bilan Xivani gʻarbdan qurshovga olgan (1924 yil 10-yanvar) Shoʻro hukumati unga qarshi butun vositalarini ishga solib fevral boshlarida Xivaga Toshkent, Toʻrtkoʻl, Aktyubinsk (Oqtoʻba)dan qoʻshimcha kuch tashlagan, Junaydxon Afgʻonistonga chekinish (1924.17.6)ga majbur boʻlgan. Biroq shu yilning kuzida Xorazm vohasiga qaytib kurashni davom ettirgan. Turkmaniston SSR Sovetlarining 1-sʼyezdi yangi hukumat boshligʻi Q. Otaboyevning qatʼiy talabi bilan Junaydxon va uning safdoshlarini afv etgan (1925 yil fevral). Biroq Junaydxon 1927 yil 19 sentabrda Toshhovuz okrugidagi Oqtepada shoʻro hokimiyatiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. Turkmaniston XKS va MI K darhol Junaydxonni qonundan tashqari deb eʼlon qilgan.8 Junaydxon lashkari Toshxovuz okrugi Taxta va Koʻhna Urganch tumanlaridagi koʻplab ovullarda shoʻro hokimiyatini tugatishgan. Tengsiz janglarda Junaydxon magʻlubiyatga uchragan boʻlsada, S. M. Budyonniyning saralangan maxsus otliq qoʻshini uni qoʻlga tushira olmagan. Junaydxon Xorazm vohasida ayrim tanaffuslar bilan 1931 yilgacha kurash olib borib, nihoyat Eron orqali Afgʻonistonga oʻtib ketgan. JUNAYDXON Qurbon Mamed (Muhammad) sardor (turkmancha: Jüneýt han; 1857, hozirgi Taxta tumani, 1 Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz 17 –sahifa 2 https://www.gazeta.uz/oz/2019/11/29/ca-brifing/ 3 Kazaklar (p. orenb. rus. kazaklar [1] birlik OE ruscha kozak [1] - "ishchi, fermer"; pl. ukrain kazaklari va polyak kozaki; tahminan turkiy soʻzdan olingan boʻlib, “erkin, mustaqil shaxs, sarguzasht, sarguzasht” degan maʼnoni bildiradi. " 4 Yosh xivaliklar — Xiva xonligida jadidlar tashkil qilgan partiya (firqa) (1914—21). Oʻz safida milliy ziyolilar, hunarmand, dehqon, savdogarlar, islom ulamolari va ayrim davlat amaldorlarini birlashtirgan 5 Yusupov Polvonniyoz Hoji, Polyoz Hoji (1861 Xiva 1936.14.5) - Xorazmda jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, Yosh xivaliklar partiyasining asoschisi, davlat arbobi. Xiva xonligi hududidagi jadidchilik harakatida faol qatnashgan. 6 "Bosmachi" soʻzi aslida turkiy "bosmoq" (hujum qilmoq) feʼlidan yasalgan. Xalq oʻrtasida "bosmachi" deb harbiy birlikka aloqasi boʻlmagan jinoyatchi unsurlar, oʻgʻri va bezorilar tushunilgan. 7 Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob (Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida), 36-sahifa 8 Yusupov P., Yosh xivaliklar tarixi (xotiralar), Urganch, 2000; 50-sahifa Download 63.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling