Xorazmshohlar davlatida madaniy hayot Reja: Xorazmshohlar davlatining shahar va qishloqlari


Хоrаzmshоhlаr dаvlаtidа dеhqоnchilik, hunаrmаndchilik vа sаvdо


Download 50.81 Kb.
bet3/8
Sana15.03.2023
Hajmi50.81 Kb.
#1272131
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xorazmshohlar davlatida madaniy hayot

Хоrаzmshоhlаr dаvlаtidа dеhqоnchilik, hunаrmаndchilik vа sаvdо

Xorazm qadimgi zamonlardan ziroatchilik rivojlangan mintaqalardan biri bo’lgan. XI-XIII asrning boshlarida ham bu yerda dehqonchilik yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. Ayniqsa Takash va Alouddin Muhammad hukmronligi


davrida qishloq va nohiyalarda ekinzorlar ko’p edi. Bu joylar paxta, qovun, tarvuz, turli mevalar yetishtirilgan. O’sha davrda bu yerlarga kelgan arab sayyohi Yoqut Hamaviy “Xorazmdan ko’ra go’zalroq gullab-yashnagan o’lkani ko’rmadim”, deb yozgan edi.
Xorazmshohlar davlatidagi yer egaligi shakllari xususida yozma manbalarda ma’lumotlar ko’p emas. Shunga qaramay, bizgacha yetib kelgan ayrim hujjatlardan bu davrda iqto’ deb atalgan yer egaligi keng taraqalganligi to’g’risida ma’lumotlar olish mumkin. Jumladan, xorazmshoh Takashning shaxsiy kotibi bo’lgan Muhammad Bag’dodiyning asarida Niso viloyati bilan bog’liq ayrim hujjatlar keltirilgan. Ulardan biri g’uz qabilasining nufuzli sardorlaridan biri Tuganshohga viloyatdagi katta nohiyalarni in’om etish to’g’risidagi yorliqdir. Hujjatdan ma’lum bo’lishicha, Tuganshohga bu hududdagi ruhoniylar, qozilar, olimlar, harbiy boshliqlar, ziroatkorlar va boshqa tabaqalar bo’ysunganlar. Iqtodorga qishloq va nohiyalar hokimlari-shixnalar, moliya-soliq idoralarning amaldorlari – mutasarriflar, soliq yig’uvchilar – omillar ham tobe’ bo’lganlar. Yorliqda iqtodorga ko’rsatmalar berilib, unga soliq yig’uvchilar faoliyatini nazorat qilib turish, ularning xalqdan ortiqcha mablag’ yoki mahsulot undirib olishlariga yo’l qo’ymaslik ta’kidlangan.
Viloyatning Tuganshoh iqtosidan tashqari yerlari xorazmshoh Takashning o’z mulklari bo’lib, bu yerlarni u noib orqali boshqarar edi. Ushbu noib shohdan maosh olar, bundan tashqari ayrim joylar unga ham iqto’ sifatida berilgan edi. Noib nomiga berilgan yorliqda u unga iqto’ sifatida berilgan yerlardan o’z foydasiga soliqlar yig’ib olishi o’z bilganicha bu yerlarni idora etishi ta’kidlanadi. Bu yorliqda ham noibga soliq yig’uvchilar faoliyatini nazorat qilish, aholidan ortiqcha soliq yig’ishga yo’l qo’ymaslik zarurligi ta’kidlangan. Qayta-qayta ushbu ko’rsatmaning berilishi shundan dalolat beradiki, soliq yig’uvchilar amalda aholidan belgilangan miqdordan ancha ortiq soliq olib, ularni qiyin ahvolga solib qo’yganlar.
Xorazmshohlar davlati xo’jaligining muhim tarmog’i hunarmandchilik bo’lgan. Xorazmda hunarmandchilikning 50 da ortiq turi rivojlangan edi. Zakariyo Qazviniyning yozishicha, Gurganjda mohir ustalar, ayniqsa, temirchilar, duradgorlar va boshqa hunar egalari o’z kasbida barkamol bo’lganlar. Gurganj naqqoshlari fil suyagidan va sandal daraxtidan ajoyib naqshlar yasar edilar. Gurganj ayollari chevarlikda mohir edilar. Ipakchilar ipakning oliy navlarini tayyorlaganlar. Binokorlar esa tol yog’ochidan shunday yengil sinchli binolar qurar edilarki, bu yerda tez-tez bo’lib turadigan zilzila paytida tosh va g’ishtin uylar qulasa ham, sinchli uylarga ziyon yetmas edi.
Hunarmandchilikning asosiy markazlari shaharlar bo’lgan. Shahar hunarmandchiligi asosan arxeologik topilmalar asosida o’rganilib, bu topilmalar ko’proq kulolchilik va shishasozlik kabi tarmoqlar bilan bog’liqdir.
XI-XII asrlar kulolchilik mahsulotlari hajmining ortishi va shakllarining standartlashib borishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda sirlangan idishlarning geografiyasi kengayib bordi. Sirlangan va sirlanmagan idishlarning barchasi geometrik hamda o’simliklar shaklidagi naqshlar bilan bezatilar edi. Turli hayvonlar, parrandalar, baliq va odamlarning tasvirlari tushirilgan sopol idishlar ko’p uchraydi.

Download 50.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling