Xorazmshohlar davlatining zavol topishi Reja
Vаtаndаn kеtgаn хоrаzmliklаr tаqdiri
Download 49.45 Kb.
|
Xorazmshohlar davlatining zavol topishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan аdаbiyotlаr
Vаtаndаn kеtgаn хоrаzmliklаr tаqdiri
Jaloliddin halok bo’lgandan so’ng uning ko’p sonli askarlari Yaqin Sharqning turli mamlakat va o’lkalariga tarqalib ketdilar. Bu mamlakatlarda hukmronlik qilgan podsholar va hokimlar o’z siyosiy maqsadlari yo’lida xorazmlik harbiy guruhlardan foydalandilar. Ular xorazmliklarni xizmatga olayotib, ularga iqto’ sifatida ayrim viloyat va shaharlarni, yirik yer-mulklarni ajratib berardilar. Jaloliddin o’limidan so’ng xorazmliklar Qirxon Malikni o’zlariga amir etib sayladilar. 1231 yilning avgust oyida Ko’niyo sultoni Alouddin Qayqubod I Qirxon Malik va boshqa xorazmlik amirlarga uning xizmatiga o’tishni taklif etdi. Amirlar uning taklifini qabul qildilar. Qayqubod I ularga Arzurum viloyatini tortiq etdi. Qirxonning o’zi esa iqto’ sifatida Arzinjonni oldi. Yaqin Sharqdagi qator mamlakatlarda (Misr, Suriya, Falastin) hukmronlik qilayotgan Ayyubiy hukmdorlar o’rtasidagi ziddiyatlardan foydalanib, Qo’niyo sultoni Alouddin Qayqubod I xorazmliklar yordamida ularning mulklariga hujum qildi va 1233 yilda Hilotni bosib oldi. Qayqubod I ushbu g’alabadan so’ng xorazmlik amirlarga yangi viloyatlar va tumanlarni iqto’ qilib berdi. Jumladan, amir Barakatxon Amasiyani, Qushlu Lorandni va Yo’g’on Tug’dixon Nigdani oldilar. Biroq, Qayqubod I 1237 yilda vafot etganidan so’ng saltanat taxtiga o’tirgan o’g’li Iziddin Qilich Arslon xorazmlik amirlarga shubha bilan qarab, ularni o’ziga sadoqat bilan xizmat qildirish uchun ularning amiri Qirxon Malikni qamab, garovda saqlashga qaror qildi. Qirxon Malik Zamantu qal’asida qamoqda saqlandi, ammo u bu yerda kasallanib, vafot etdi. Shundan so’ng xorazmlik amirlar ularning ham ahvoli shunday bo’lishidan xavfsirab, yer-mulklarini tashlab oila va bola-chaqalari bilan Anado’ludan chiqib ketdilar. So’ngra xorazmliklar Ayyubiylardan biri al-Malik as-Solihning xizmatiga kirdilar. U ularni Harron, Urfa, Saruj va Roqqa nohiyalarida joylashtirdi. Bundan keyingi 10 yil (1237-1246) davomida xorazmliklarning harbiy kuchlari Yaqin Sharqdagi siyosiy voqealarda muhim rol o’ynadi. Ularga amir Barakatxon ibn Davlat Malik boshchilik qildi. Uning qarorgohi Harron qal’asida edi. Xorazmliklar bilan ittifoqchilik rishtalarini mustahkamlash maqsadida Ayyubiy al-Malik as-Solih Barakatxonga o’z qarindoshlaridan bo’lgan bir qizni berdi. Ammo xorazmliklarning al-Malik as-Solih bilan munosabatlari doimo yaxshi bo’lgan emas. Al-Malik as-Solih Qohirani olib, Misr hukmdori bo’lganidan so’ng (1240) podshohsiz qolgan Suriyada xorazmliklar ko’p shahar va qal’alarga hujum qilib, talon-taroj bilan mashg’ul bo’ldilar, ko’p aholini qirdilar. Bunga javoban Suriya va Falastindagi qator Ayyubiy hokim va noiblar o’z kuchlarini birlashtirib, 1241 yil aprel oyida Frot daryosi bo’yida xorazmliklarni tor-mor etdilar. Xorazmliklarga iqto’ qilib berilgan barcha viloyat va shaharlar olib qo’yildi. Shundan so’ng xorazmliklar Suriyaning dasht qismlariga ko’chib o’tib, 1244 yilgacha ko’chmanchi tarzda yashadilar. 1244 yilda ularni Misr hokimi al-Malik as-Solih yana o’z xizmatiga da’vat etdi. As-Solih salibchilar bilan bo’lajak jangda ularning kuchidan foydalanishni rejalashtirgan edi. Ushbu rejaga binoan xorazmliklar Suriyadan Falastinga yurish qilib, 1241 yilning 11 iyunida Quddus shahrini bosib oldilar, undagi barcha xristianlarni qirdilar va cherkov hamda bu yerdagi avliyolarning qoqmurdalarini yondirdilar. Quddus qal’asidagi 6 ming ritsar (tampliyerlar va gospitalyerlar)ga shaharni tashlab chiqib ketishga ruxsat etildi. Lekin ritsarlar shahardan uzoqlashganda xorazmliklar ularga hujum qilib, deyarli barchasini qilichdan o’tkazdilar. Faqat 300 nafar ritsar omon qoldi, xolos. Al-Malik as-Solih misrlik va xorazmlik askarlar bilan Suriyada hukmronlik qilayotgan Ayyubiy qarindoshlari bilan jang qilishga qaror qildi. Suriyalik Ayyubiylar salibchilar bilan ittifoq tuzib, G’azza yaqinidagi Harbiya qishlog’iga yetib keldilar. Bu yerda bo’lib o’tgan jangla suriyaliklar va salibchilar to’liq tor-mor etildi. Bu g’alabaga xorazmliklar juda katta hissa qo’shdilar. Ushbu g’alabadan so’ng Misr hokimi G’azo, Falastin va Quddusni o’z mulklariga qo’shib oldi. So’ngra 1245 yilning 1 oktyabrida al-Malik as-Solih xorazmliklar yordami bilan Damashqni qo’lga kiritdi. Ammo u xorazmliklarga g’oliblar sifatida shaharga kirishga ruxsat bermadi. Natijada bunday munosabatni o’zlariga haqorat deb hisoblagan xorazmliklar Ayyubiylarga bo’ysunishdan bosh tortdilar.Ular Falastindagi Ayyubiylarning ayrim mulklarini egallab oldilar va Damashqqa qarab yo’l oldilar. Ammo 1246 yil may oyida Hims shahri yaqinida barcha Ayyubiylarning birlashgan qo’shini bilan bo’lib o’tgan jangda xorazmliklar mag’lubiyatga uchradilar. Jangda ularning bosh amiri Hisomiddin Barakatxon o’ldirildi. Ko’p xorazmliklar asirga olindi, qolganlari esa Suriya, Livan va Falastin bo’ylab tarqalib ketdilar. Xorazmliklarning eng so’nggi guruhi 1246 yil 1 sentyabrda Karaka yaqinda tor-mor qilindi. Shundan so’ng ularning bir qismi Misrga ketadi, yana bir qismi Qushluxon boshchligida mo’g’ullar xizmatiga o’tdilar. Hozirgi kunda ham Turkiya, Iroq, Suriya va boshqa mamlakatlarda “Hurzum” deb atalgan ko’p qishloqlar mavjud. Ushbu qishloqlarda o’sha zamonlarda bu yerlarga qolib ketgan xorazmliklarning avlodlari yashamoqdalar. Foydalanilgan аdаbiyotlаr Шиҳобуддин Муҳаммад ан-Насавий. Сийрат ус-султон Жалолиддин Мангуберди. Т., 2000. Буниёдов З. Ануштагин Хоразмшоҳлар давлати. Т., 1998. Ибн ал-Асир. Ал-комил фи-т-тарих: Полный свод истории. Т., 2006. Referatlar.uz Arxiv.uz Download 49.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling