Xorazmshohlar malikasi Turkon Xotunning davlatr boshqaruvida tutgan o’rni tarixi yoritilgan asarlarning tahlili


Download 0.49 Mb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1535348
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mamatmurodov

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4ta treja, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I.1. Shihobiddin Muhammad an-Nasaviyning “Siyrat as-Sulton Jalol ad-din Mankburni” asarida Turkon xotun shaxsiyati va siyosiy nufuzining yoritilishi
Shihobiddin Muhammad an-Nasaviyning “Siyrat as-sulton Jaloliddin Mankburni” (Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti) asari arab tilida yozilgan bo’lib, asarning to’liq bo’lmagan ikkita qo’lyozmasi bugungi kungacha yetib kelgan. Ulardan biri 1260-yilda yozilgan qo’lyozma Parij milliy kutubxonasida, ikkinchisi esa Britaniya muzeyida saqlanadi. Bu asar haqida G’arb tarixiga ilk ma’lumotni XIX asr o’rtalarida K.D’ Osson olib kirgan. Uning 1852-yilda Amsterdamda nashr etilgan “Mo’g’ullarning Chingizxondan Amir Temurgacha bo’lgan tarixi” nomli asarida bu haqida mufassil ma’lumot beriladi.Keyinchalik sharqshunos olim Oktav Udas ”Siyrat” ni fransuz tiliga tarjima qiladi va nashr ettiradi.Bu asarning jahon tarixidagi o’rni haqida bir qancha maqolalar yozadi.O.Udas tarjimasi asosida 1914-1916-yillarda Y.Ziyo va A.Tavhid turk tiliga o’girib nashr qildiradilar. “Siyrat” rus tiliga 1850-yildan 1900-yilgacha qisqartirlgan holda bir necha marta nashr ettirilgan4.
Manbada Turkon Xotun haqida ko’plab o’rinlarda so’z boradi: “Turkon xotun Bayot urug`idan edi. Bayot urug`ining Yemek qabilasiga mansub hisoblanadi.U ulug`vor va aqilli ayol edi.Unga shikoyat xatlari, arznomalar keladigan bo`lsa, ularni sinchkovlik bilan, adolat nuqtai-nazaridan ko`rib chiqar edi va jabr qiluvchining zulmi ostida ezilgan odamtarafini olar edi.Ammo u qotillikni mardlik nishonasi deb bilar edi.U mamlakat uchun ko`plab yaxshi ishlar qildi.Agar bularning barini birma-bir sanaydigan, uning ulug`vor ishlarini ta’kidlab ko`rsatadigan bo`lsak yana ko`p qog`ozlarni qoralashimizga, ko`p gapirishimizga to`g`ri keladi. Uning kotiblari yettida edi. Ularning hammasi mashxur, davlatning obroli insonlari edi. Agar Turkon xotundan va Sultondan bir xil mazmundagi ikkita noma keladigan bo`lsa, albatta uning bitilgan muddatiga qaralar edi. Ulardan qaysi biri keyin yozilgan bo`lsa mamlakat ishlarida asos qilib olinar edi. Uning farmonlarining o`ziga xos tug`rosi quyidagicha edi: “Ulug` Turkon, mo`minlarning va tinchlikning himoyachisi, ikki olam ayollarining malikasi” degan so`zlardan iborat bo`lgan. Uning shiori esa “Faqatgina Allohdan himoya istayman” degan so`lar edi. U bu so`zlarni qalam bilan katta qilib, chiroyli tarzda yozib qo`ygan edi, uni boshqa odam o`zgartira olmas edi”5.
Chingizxon elchisi - Xojibning Xorazmga tashrifi Sultonning Jayhun qirg`oqlaridan qochishi habari bilan baravar keldi. Turkon xotun bu habardan keyin vahimaga tushib qoldi va yaqinlashayotgan xavfni o`ylamaslikka harakat qildi. U Xorazmda qolish imkoniyati yo`qligini bildi va o`zi bilan olishi mumkin bo`lgan narsalarning hammasini, sulton xotinlarini, kichik yoshdagi bolalarni, xazinadagi boyliklarni olib, shahar bilan hayrlashib, Xorazmdan chiqdi. Uning xayrlashish onlarini ko`rganlarning ko`zlariga yosh keldi. U ketishidan oldin, asrlar bo`yi eslanadigan, adolatsiz bir ishni qildi. U bu urush olovi tezlik bilan barxam topadi, uzilgan iplar yana qaytadan ulanadi, qop-qora tun zulmatidan keyin tong yana ziyo sochadi deb o`ylab, Xorazmda asirlikda bo`lgan hukmdorlarni, ularning o`g`illarini, yuqori martabali zotlarni, oliyjanob insonlarni va ulug` zotlarni qatl qildirdi. Uning himoyasida bo`lgan bunday shaxslar yigirma ikkita edi. Shunday qilib u shaharni tark etishni xohlaganlar bilan Xorazmni tark etdi. Odamlar uchun unga hamrohlik qilish qiyin kechdi. Chunki odamlarga o`zi egalik qilgan boyliklarining barchasini olishga ruxsat etilmadi, ularga esa mulklaridan kechish qiyinchilik tug`dirdi. Shuningdek, u o`zi bilan Yozir hukmdorining o`g`li Umarxonni ham qabatiga olgan edi. Chunki umamlakatiga boradigan barcha yo`llarni yaxshi bilar edi. Yozir huddudiga yaqinlashgach esa, Turkon xotun Umarxon sadoqatiga shubha qilib, bizni tashlab ketadi degan o`y bilan uni qatlga hukm etdi. U ham qo`l-oyog`i bog`lanib so`yildi. Oradan vaqt o`tgach Turkon xotun va hamrohlari qo`ngan qal`a totorlar tomonidan qamalda olindi va shu tariqa Turkon xotun mo`g`ullar qo`liga asir bo`lib tushdi. U Chingizxon huzuriga olib kelinadi. Tarafdorlari Jaloliddindan madad istashni taklif qilsa, Turkon xotun quyidagidek javob beradi “Bunday gaplarni bas qil, men qanday qilib Oy chichenning o`g`li Jaloliddindan yordan so`rab, uning oldiga yuqunib boraman? Menga Chingizxon qo`lida asir ekanligim, xo`rlik va sharmandalikda kun kechirganim, Jaloliddin oldiga qaytishdan ko’ra a’lo”6.
O’sha paytda unga xizmatkorlik qilgan shaxsning ma’lumotiga ko’ra, Turkon xotunning axvoli yomon edi. U Chingizxonning tushlik dasturxoniga borar edi va yegulik olar, bular unga bir necha kunga yetar edi deydi. U sharmandali va xorlikda kechgan kunlarida Ilol qal’asida yagona omon qolgan shaxzodani bag`riga bosish bilan ovunar edi ammo bir kuni Chingizxonning sarxanglaridan biri uni qo`lidan tortib olib ketti, shundan keyin u shaxzodani qayta ko`rmagan. Bola Chingizxon huzuriga olib borilgan bo`g`ib o`ldirishga amr qilingan. Shu tariqa Turkon xotun bu olamda hukmdorlarning farzandlarini qirg`in qilib nimaiki qilgan bo`lsa, shunga yarasha o`z jazosini oldi. Undan keying ma`lumotlar asar muallifiga ma’lum emasligini aytib o’tadi7.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling