Xorazmshohlar malikasi Turkon Xotunning davlatr boshqaruvida tutgan o’rni tarixi yoritilgan asarlarning tahlili


I.2. Alouddin Atomalik Juvayniyning “Tarixi Jahongusho” asarida Turkon Xotun haqida ma’lumotlar


Download 0.49 Mb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1535348
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mamatmurodov

I.2. Alouddin Atomalik Juvayniyning “Tarixi Jahongusho” asarida Turkon Xotun haqida ma’lumotlar
Markaziy Osiyo tarixining qonli sahifalaridan bo’lgan mo’g’ul istilosi davri haqida sanoqli manbalar mavjud. Bu davr hayotini aks ettirgan yuksak qiymatga ega asarlar qatorida Atomalik Juvayniyning “Tarixi jahongusho” asari ham tilga olinadi va keyingi davrlarda yaratilgan asarlarga birlamchi hujjat bo’lib kelmoqda8.
Ushbu asarda biz Turkon xotun haqida ham ba’zi qiziqarli ma’lumotlarni uchratamiz va ular quyidagilar: Turkon xotun asli “qang’li” nomi berilgan turk qabilasidan edi. Bu qabila ga mansublar Turkon tomonidan doimiy himoya qilinar va boshqaruvda kuch sohibi edilar. “Ajamiylar” ham deyilgan bu odamlar yomon tabiatli va marhamatsiz edilar. Ular qayerga borsalar, o`sha yerni xarob qilardilar, xalq ularni ko`rganida qochishga yo`l izlardi. Ularning xalqqa ravo ko`rganlari faqat aziyat va zulm, bu esa Sulton davlati asoslarini shiddatli tarzda larzaga keltirgan sabablardan biri edi. U “Bir qavm borki, ular besh vaqt namozni ortiqcha deb uylaydi va harami sharifda xojilar qonini to`kishni ma’qul deb biladilar”. Turkon xotunning alohida bir saroyi, o`ziga tegishli bir davlat arkoni, o`ziga xos mol-mulk va yerlari bor edi. Bulardan tashqari uning so`zi Sulton va uning yaqinlari tomonidan tinglanar, Sulton xazinasini xoxlaganich sarflay olardi. Turkon xotunning tez-tez yashirin vaqtichog`lik ziyofatlari tashkil qilganligini aytadilar. Shu bilan birga u davlat sohibi bo`lgan bir qancha xonadonga mansub shaxslarni yo`q qildirgan edi. Yangi bir mamlakat fath etilganidan so`ng u yerning boshqaruvchilari garov sifatida Xorazmga keltirilar, Turkon xotun ulardan o`g`liga biror aziyat yetmasin, deb hammasini o`ldirtirib, daryoga otib yuborardi. Bu qabih amallarni qilayotganida Alloh Odam o`g`lining qilgan ishlari jazosi va mukofoti faqat bu dunyoda emas, balki narigi dunyoda berilishidan xabari yo`q edi.Sulton onasi va haramini Mozandoronga olib ketib, u yerning qal’asiga bekitish uchun Xorazmga odamlarini yubordi.Turkon xotun o`g`lining buyrug`iga ko`ra harakat qildi.Sulton haramini olib ketayotganida askarlarni Xorazmda qoldirishdi.Harakat paytida asir qilib olinganlar shohlarini buyrug`i bilan, Jayhun daryosiga cho`ktirib yuborganidan so`ng bolalari, nevaralari, yaqinlari va xazinasi bilan vazir Nosiriddinning kuzatuvida Dehiston ustidan Mozandoronga tomon harakat qildi.Mozandaronga kelgan Sulton u yerni ham ishonchli deb hisoblamay Turkon va boshqa haram a’zolarini Jurjon va Ilol qal’asiga yubordi. Sulton ketidan ta’qib qilib Mozandoronga kelgan Subutoy eslatilgan qal’aalarni qamal qilish uchun askar chaqirdi. Taqdirni qarangki, yomg`ir bulutlari o`z yuklarini yuklaydigan va o`sha paytgacha hech kim suv tanqisligini ko`rmagan Ilol qal’asi qurshovga olingan vaqtda yomg`ir ham ularga dushmanlik qilib, yog`may qo`ydi. Chunki omad, baxt o`sha kundan beri ularning tark etgan edi. O`n besh kundan so`ng suv tugagach, og`ir axvolda qolgan Turkon xotun boshqa haram a’zolari bilan vazir Nosiriddin bilan mashvarat kengashini o`tkazdilar. Ular qal’aning tubiga borgan vaqtda ob-havo yuzini norozi ohangda bujmaytirib, qovogini osib, yashin yuklaydi, chaqib yig`lay boshladi9.
Mo’g’ul askarlari Turkon xotunni o`g`illari, qizlari va Nosiriddin bilan birga Tolikonda turgan Chingizxon yoniga olib bordilar. Hijriy 618, milodiy 1221-1222 yil Chingizxon buyrug`iga ko`ra, Nosiriddinni qiynab o`ldirdilar. Sultonning o`g`il farzandlaridan birontasini ham tirik qoldirmadi. Tirik Kolgan Turkon, Sultonning qizlari, singillari va ayollariga Chingizxon buyrug`i bilan Sultondan va uning mamlakatidan ayrilgani uchun dod-faryod qilib, yig`latdilar. Avvalroq aytib o`tganimizdek, Sultonning daryodan qochib qutilgan, o`z oldingi vaqtidagi o`lkalariga qaytgan mog`ullar Sulton haramini ham o`zlari bilan birga olib ketgan edilar. Qoraqurumga olib ketilgan Turkon xotun u yerda bir necha yil baxtsiz hayot kechirdi va hijriy 630-yil, milodiy 1232-1233-yillar oralig’ida vafot etdi. Chingizxon uning qizlaridan ikkitasini Chig`atoyga taqdim qildi. Chig’atoy ularningning birini Shahar cho`risi qilib, boshqa birini esa vaziri Kutbiddin Xabash Amidga berdi. Boshqa Shahzodalar chekiga tushgan qizlaridan birini ham Amid xojibga berdilar. Ulardan boshqa Sulton Jaloliddin haramiga mansub bo`lganTurkon ismli ikki yosh bir qizcha ham asirlikka tushgan edi. Va u ham xoqonga yuboriladi. Xoqonning amriga ko`ra, uni saroyda tarbiyaladilar jahon shahzodasi Xulogu G`arb o`lkalariga boshqaruvchi bo`lib ketayotganida Turkonni o`ziga loyiq bir inson bilan turmush qurish uchun Xuloguga berdilar. Xulogu esa unga juda qiymatli kelin sarpolarini berib 1257-1258 yilda mo`g`ul davlatiga qilgan munosib xizmatlari tufayli mas’ul boshqaruvchis-o`g`li Malik Solihga shariat hukmlariga ko`ra nikohlab bergan10.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling