SUYAKLI BALIQLAR SINFI.
1.Suyakli va tog’ayli baliqlar turkumining 2-nomi?Bakra turkumi.
2.Bakra baliqlar turkumiga ta’rif bering?Bu baliqlarning xipcha va cho’ziq tanasi bo’ylab, orqa,yon va qorin tomonida 5 qator romb shaklda, suyak plastinkalar joylashgan.
3.Boshining oldingi tomoni nimani hosil qiladi?Uzun tumshuqni,
4.Bularning og’iz organi qayerda joylashgan?Boshining ostida.
5.Skeleti asosan nimadan iborat va qaysi qism skeleti suyakdan iborat?Tog’aydan,miya qutisi suyakdan.
6.Bakra baliqlarga qaysi baliqlar kiradi?Bakra,beluga,sterlyad,Amudaryo qilquyrug’i.
7.Qaysi suyakli baliqlarning xo’rdasi hayot davomida saqlanib qoladi?Bakra balig’lari.
8.O’rta Osiyo suv havzalarida suyakli tog’ayli baliqlardan qaysilar uchraydi?Bakra baliq va soxtakurakburun.
9.Bakra baliq qayerda yashaydi?Amudaryo va Sirdaryoning quyi va o’rta oqimlarida.
10.Bakra baliqning uzunligi va og’irligi?2 m, 30 kg.
11.Soxtakurakburun baliqi qayerda yashaydi?Amudaryo etaklari va o’rta oqimlarida.
12.Soxtakurakburun baliqining 2-nomi?Qilquyruq.
13.Qilquyruqning uzunligi va og’irligi?75 sm, 2kg.
14.Soxtakurakburun nimalar bilan oziqlanadi?Mayda baliqlar va hasharotlar qurti.
15.Noyob tur sifatida himoya qilinadigan baliq?Soxtakurakburun.
16.Losossimonlarga qanday baliqlar kiradi?O’q skeleti va bosh qutisi qisman suyakka aylangan baliqlar.
17.Losossimonlarning orqa suzgich qanoti ortida qanday organi joylashgan?1 ta suzgich qanoti
18.Ko’payish davrida dengizlardan chuchuk suvlarga o’tib tuxum qo’yadigan baliqlar turkumi?Losossimonlar turkumi.
19.Losossimonlarga qanday baliqlar kiradi?Losos,keta,bukri baliq,gulmoyi.
20.Bukri baliqning 2-nomi?Gorbusha.
21.Gulmoyi qayerlarda yashaydi?Amudaryo va Sirdaryoda.
22.Gulmoyining 2-nomi?Forel.
23.Tanasi skelet suyskdan iborat bo’lgan baliqlar turkumi?
Do'stlaringiz bilan baham: |