Xo’rdalilar tipi. Tuban tuzilgan xo’rdali hayvon?Lansetnik


BALIQLAR. 1.Zog`ora baliq qaysi suv havzalarida uchramaydi? O`rta osiyoning tog` daryolarida


Download 26.52 Kb.
bet2/6
Sana31.01.2023
Hajmi26.52 Kb.
#1144401
1   2   3   4   5   6
BALIQLAR.
1.Zog`ora baliq qaysi suv havzalarida uchramaydi? O`rta osiyoning tog` daryolarida.
2. Zog`ara baliqni qayerlarda uchratish mumkin? Ko`l, hovuz va sholipoyalarning iliq suvida, tich oqadiga daryolar o`zanida.
3. Zog`ara baliqning kattaligi va og`irligi qancha bo`ladi? 1m, 8-16 kg.
4. Zog`ara baliqning tanasi qanday tuzilgan? Tanasi suyri shaklda, ikki yon tomondan yassilashgan, bosh va dum qismlari ingichkaroq bo`lib boshi tanasiga harakatsiz qo`shilib ketgan.
5. Baliqlarning tanasining shakli va tuzilishi nimaga imkon beradi? Suvning qarshiligini yengib, tez harakatlanishga.
6. Zog`ara baliqning suzgichlari qanday vazifalarni bajaradi? Tanasini o`nga va chapga biroz bukib oldinga qarab harakatlanish.
7. Zog`ara baliqning toq suzgichlari qaysi? Orqa, dum, anal.
8. Zog`ara baliqning juft suzgichlari/ qaysilar? Ko`krak, qorin.
9. Zog`ara baliqning anal suzgichlari qayerda joylashgan? Dumining ostida.
10. Zog`ara baliqning suzgichlari nimalardan iborat? Yupqa teri pardadan va uni o`rab turadigan suzgich yoylardan.
11. Zog`ara baliqning oldiga harakatlanishini qaysi suzgichlari yordam beradi? Dum suzguchlari.
12. Zog`ara baliqning juf suzgichlari qanday vazifalarni bajaradi? Tanasini muvozanatga solib turish va harakatlanganida burilish yoki to`xtashga, oldinga qarab asta-sekin suzish.
13. Zog`ara baliqning tanasi nimalar b-n qoplangan?Tangachalar b-n.
14. Zog`ara baliqni tangachalarining vazifasi? Tanasini tashqi tasirdan himoya qiladi, suzishga halaqit bermaydi.
15. Zog`ara baliqni tangachalari qanday joylashgan? Tangachalarning oldingi qirrasi teriga botib kiradi, keyingi qirrasi o`zidan keyigi tangacha chetiga yopishib turadi.
16. Zog`ara baliqni yoshini qanday aniqlash mumkin? Tangachalardagi halqalar soniga qarab.
17. Zog`ara baliqni tangachalar sirtidagi teri bezlar ishlab chiqaradigan yupqa shilliq parda qanday ahamiyatga ega? Baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytirib, harakatini osonlashtiradi.
18. Baliqlar tanasi rangi nimaga bog`liq? Atrof muhit rangiga.
19. Chuchuk suv havzalarida yashaydigan ko`pchilik baliqlar tanasining orqa va qorin tomoni qanday rangda bo`ladi? Orqa tomoni balchiq rangiga o`xshash to`q- yashil, qori tomoni oqish rangda bo`ladi.
20. Baliqlar nega yirtqich hayvonlar ko`ziga tez tashlanmaydi? Gavda rangi otrof- muhitga mos bo`lgani uchun.
21. Zog`ara baliq skeleti asosini nima tashkil qiladi? Umirtqa pog`onasi.
22. Zog`ara baliq umurtqa pog`onasi qanday birikkan? Chala harakatchan.
23. Zog`ara baliqning umurtqa pog`anasi nechta umurtqalardan iborat? 39-42 ta
24. Zog`ara baliqni har bir umurtqasining tanasida nimalar joylashgan? Bir juftdan uski va oski yoylar.
25. Zog`ara baliqning umurtqa nayi qanday hosil bo`ladi? Ustki qarama-qarshi yoylar o`zaro tutashganligi tufayli.
26. Zog`ara baliqning orqa miyasi qayerda joylashgan? Umurtqa nayi ichida.
27. Zog`ara baliq tana bo`limidagi umurtqalarga ikki yon tomondan nimalar birikadi? Qilichsimon qovurg`aral.
28. Zog`ara baliqning dum umurtqalarida … bo`lmaydi? Qovurg`alar.
29. Zog`ara baliq qovurg`alarining ikkinchi uchi qayerda erkin yotadi? Muskullar orasida.
30. Zog`ara baliqni suzgich skeleti nimardan iborat? Suzgich yoylari va kamari suyaklaridan.
31. Baliqlar boshqa umurtqalilardan nimasi b-n farq qiladi? Kamar suyaklar umurtqa pog`anasiga tutashmaganligi b-n.
32. Baliqlarning bosh skeleti qanday suyaklardan iborat? Bosh miyani himoya qilib turadigan miya qutisi, og`iz bo`shlig`ini o`rab turadigan jag`lar, jabra ravoqlari va jabra qopqoqlari.
33. Skelet baliqlar hayotida qanday ahamiyatga ega? Muskullar uchun tayanch, ichki o`rganlarni himoya qilish.
34. Baliq muskullari qayerda va nimalarga birkkan?Terisi ostida suyaklarga birikkan.
34.Baliqlar nimaning hisobiga tanasini egib,harakatlanadi?Muskullarning qisqarishi va bo`shashishi hisobiga.
35.Baliqlar gavdasining qaysi muskullari kuchli rivojlangan?Orqa tomonida va dumida joylashgan muskullari
36.Baliqlarning suzgich pufagi qayerda joylashgan?Qorin bo`shlig`ida ichakning ustida.
37.Baliqlarning suzgich pufaklari qanday tuzilgan?O`rtasidan tortilib, ikkiga bo`lingan gaz b-n to`lgan, kumush rang xaltachadan iborat.
38.Baliqlarning suzgich pufagi b-n ingichka ichagini bog`lab turuvchi qism? Ingichka naycha.
39. Tuxumdan chiqqan lichinka qancha vaqitdan keyin chiqadi va suzgich pufagini nima b-n to`ldirib oladi? 2-3 kun o`tgach va atmosfera havosi.
40. Pufak yuzasi nimalar b-n qoplangan? Kapillar qon tomirlar b-n.
41. Baliqning suv yuzasiga ko`tarilishi yoki suv tubiga tushishi nimaga bog`liq? Suzgich pufagi hajmining o`zgarishiga.
42. Sugich pufaginingt kengayishi nimaga bog`liq? Qondan ajralib chiqayotgan gazlarning pufakning toldirishi b-n bog`liq.
43. Baliq qachon suv yuzasiga chiqadi? Pufagi gaz b-n to`lganida.
44. Gazlar pufakdan nima orqali ichakka o`tadi? Ingichka nay.
45. Tanasi birmuncha og`irlashgan baliqda qanday jarayon kuzatiladi? U suv tubiga tushadi.
46. Suzgich puganing hajmi o`zgarmasa baliqda qanday jarayon kuzatiladi? U muayyan chuqurlikda muallaq turadi.
47. Baliqlarning qaysi organi tovushni kuchaytiradigan rezanator vazifasini bajaradi? Suzgich pufagi.
48.Zog`ora baliq nimalar b-n oziqlanadi? Suvda yashovchi mayda umurtqasiz hayvonlar, tuban suv o`tlar, yashil o`simliklar yosh novdalari va burglar b-n.
49. Baliqlarning hazm qilish sistemasi? Og`iz bo`shlig`i – halqum – qizilo`ngach – ichak.
50. Halquda nimalar joylashgan? Uch qator tishlar.
51. Halqum keyingi uchi qayerga ochilgan? Qisqa qizilo`ngachga.
52. Qizilo`ngachning keyingi uchi qayerga ochilgan? Ichakka.
53. Zog`ara baliqning qanday o`rgani bo`lmaydi? Oshqozon.
54. Baliqlarda oshqozon vazifasini qaysi o`rgan bajaradi? Ichakning oldingi qismi.
55. Ichak bo`shlig`iga qaysi organlarning hazim qilish shirasi ajraladi? Oshqozon osti bezining hazm qilish shirasi va jigar ishlab chiqaradigan o`t suyuqligi.
56. O`t suyuqligi qayerda to`planadi? O`t pufagida.
57. Baliqlar nima orqali nafas oladi? Jabralar orqali suvda erigan kislorod b-n.
58. Baliqlar og`zi orqali kirgan suv nima orqali chiqib ketadi? Jabra teshiklari orqali.
59. Baliq jabrasi qanday qismlardan tashkil topgan? Jabra qilchalari, varaqlari,ravoqlari, jabra qopqog`idan.
60. Jabra qilchasining vazifasi? Suv b-n oqib keladigan oziqni tashqariga chiqib ketishiga yo`l qoymaslik.
61. Jabra varaqlari nimalar b-n qoplangan? Juda mayda qon tomirlar b-n ( kapillar).
62. Baliqlarda gazlar almashinuvi qayerda bo`ladi? Jabra varaqlari va kapillar qon tomirlari orasida.
64. Baliq qanday muhitlarda yashay olmaydi? Suvda kislorod kam bo`lgan suvda yashay olmaydi.
65. Baliqlar qanday qon aylanish sistemasida tashkil topgan? Yurak – qori va orqa aortalar – arteriya – vena – kapillar.
66. Baliqlarning yuragi necha kamerali va qanday? 2 kamerali, yurak qorinchasi va yurak bo`lmasidan.
67. Yurakdan chiqadigan qon tomirlar bu? Arteriyalar.
68. Yurakka keladigan qon tomirlar bu? Vena.
67. Zog`ora baliqning yuragi qayerda joylashgan? Jabralardan orqaroqda joylashgan.
68. Yurak bo`lmasi qisqarishi tufayli qon qayerga o`tadi? Yurak qorichasiga.
69. Yurak qorinchasi qisqarganda qon qayerga o`tadi? Qorin aortasiga.
70. Qon qorin aortasidan keyin qayerga o`tadi? Jabralarga olib boruvchi arteriyaga.
71. Arteriyalardagi qon qayerda kapillar qon tomirlariga o`tadi? Jabralarda.
72. Kapillardagi kislorod b-n to`yingan qon qayerga o`tadi? Orqa aortaga o`tadi.
73. Kislorod b-n toyingan qon qanday rangda bo`ladi? Qip-qizil rangda bo`ladi.
74. Orqa aorta qon tomiri qayerda joylasgan va tarqalgan? Umirtqa pog`anasi ostida va butin tana bo`ylanb.
75. CO2 b-n toyingan qon va zararli moddalar to`qimardan qayerga o`tadi? Vena qon tomiriga.
76. Vena qonni qangay rangda bo`ladi? To`q qizil.
77. Baliqlarning ayrish sistemasi qanday? 2ta tasmasimon qong`ir- qizg`ish buyraklar, 2ta sidik yo`li, qovuq, anal orqasidagi teshikcha.
78. Siydik qayerda va qanday hosil bo`ladi? Buyraklarda,qondan filtirlanib.
79.Buyrakda hosil bo`lgan siydik qaysi o`rganlardan o`tib tashqariga chiqariladi? Buyrakdan ikki ta siydik yo`li orqali qovuqqa,undan anal teshigi orqasida joylashgan maxsus teshik orqali.
80.Moddalar almashinuvi natichasida hosil bo`lgan moddalar qanday jarayonlar u-n sarflanadi?O`sish,ko`payish,nasil qoltirish va barcha hayotiy jarayonlar uchun sarf bo`ladi.
81.Baliqlar qon aylanish sistemasiga ko`ra qanday hayvon?Sovuqqonli hayvon,ularning tana harorati tashqi muhit tasirida o`zgarib turadi.
82.Baliqlarning markaziy nerv sistemasi nimalardan tashkil topgan? Bosh miya va orqa miyadan.
83.Orqa miya qanday shakilda va qayerda joylashgan?Uzun nay va umurtqa pog`onasi nayida.
84.Orqa miyaning ikki yonida qaysi organlarga nervlar chiqqan?Ichki organlarga,suzgichlarga ,teri va muskullarga.
85.Bosh miya qayerda joylashgan?Miya quttisi ichida.
86.Bosh miya nimaning o`zgarishidan hosil bo`lgan?Nerv nayining oldingi qismining o`zgarishidan.
87.Bosh miya qanday qismlardan iborat?Oldingi miya,oraliq miya,o`rta miya,miyacha va uzunchoq miya.
88.Miyacha va uzunchoq miyalarning vazifasi?Harakatlanish,nafas olish,qon aylanish,hazm qilish.
89.Baliqlar sezgi organlari yordamida qanday jarayonlar boradi?O`z ozig`ini topadi,yaqinlashgan dushmanini sezadi.
90.Bliqlarning ko`zi qanday va qayerda joylashgan?Qovoqsiz,boshining ikki yonida joylashgan.
91.Baliqlarning ko`rish mosofasi qanday?Yaqin masofadan.
92.Baliqlar ko`zlari nimalarni yaxshi farqlaydi?Narsalarning shaklini va rangini.
93.Baliqning burun teshigi qanday xaltachalarga ochiladi?Hid sezuvchi hujayralarga ega bo’lgan xaltachalarga.
94Baliqning eshitish organi qayerda joylashgan va nimadan iborat?Miya qutisining ikki yonida joylashgan bo’lib, suyaklar bilan qoplangan ichki quloqdan iborat.
95.Baliqlar qanday tovushlarni yaxshi eshitadi?Qirg’oqda yurgan odam qadami,suzib kelayotgan qayiq ovozi,qo’ng’iroq va o’q tovushlarini.
96.Baliqning tam bilish hujayralari qayerda joylashgan?Og’iz bo’shlig’i,halqumi va butun tana yuzasida.
97.Baliqlarning mo’ylovlari qanday vazifani bajaradi?Tuyg’u.
98.Baliqlarning yon chiziqlari qayerda va qanday joylashgan?Tanasining 2 yonida qator bo’lib joylashgan teshikchalardan iborat.
99.Baliqning yon teshikchalari qanday naylar bilan tutashgan?Maxsus sezuvchi hujayralari bo’lgan naylar bilan.
100.Baliqlarning yon chiziqlari qanday ahamiyatga ega?Suv oqimi,suv ostidagi narsalarni sezish,ko’r bo’lib qolgan baliq ham to’siqlarni sezadi va harakat qilayotgan o’ljasini tutib oladi.
101.Shartsiz(instinkt) refleksga ta’rif bering?Irsiy bo’lib,hayot davomida o’zgarmasdan saqlanib qoladi va nasldan-naslga o’tadi.
102.Bir turga kiruvchi hamma hayvonlarning qaysi xususiyatlari bir xil bo’ladi?Shartsiz (instinkt) reflekslari.
103.Shartli refleksga ta’rif bering?Hayot davomida hosil bo’ladigan,nasldan-naslga o’tmaydi va uzoq saqlanib qolmaydi.
104.Baliqning sezgi organlari qaysilar?Ko’z,eshitish,tam bilish organlari, yon chiziqlari.
105.Zog’ora baliq urg’ochisining jinsiy organlari qayerda joylashgan va nimalardan iborat?Tana bo’shlig’ida,yirik urug’donlardan iborat.
106.Zog’ora baliq erkaklarining jinsiy organlari qanday tuzilgan?Bir juft uzun urug’donlardan.
107.Zog’ora baliq erkagining urchish davrida urug’donlari nima bilan to’ladi va ularda nimalar yetiladi?Quyuq oq suyuqlik “sut”, millionlab urug’ hujayralari(spermatozidlar).
108.Baliqlarning jinsiy hujayralari yetila boshlashi bilan ularda qanday jarayon kuzatiladi?Ko’payish instinkti paydo bo’ladi.
109.Instinkt baliqlarni nimaga undaydi?Tuxum qo’yish va nasl qoldirish uchun qulay joy axtarishga
110.Ba’zi baliqlar qayerlarga tuxum qo’yadi?Suv havzalarining oqmaydigan joylariga, ba’zilari suv oqib turadigan joylariga.
111.O’tkinchi baliqlarning ba’zilari tuxum qo’yish uchun qayerlarga ko’chadi?Chuchuk suv havzalaridan dengizlarga,boshqalari dengizdan chuchuk suv havzalariga.
112.Qaysi baliqlar uvildiriq tashlash uchun Amur daryosining irmog’iga o’tadi?Keta va gorbusha.
113.Ugor balig’i tuxumlarini qayerga qo’yadi?Yevropa daryolaridan 1000 lab km uzoqda joylashgan Atlantika okeanining Sargass dengiziga.
114.Zog’ora baliq tuxumlarini qayerga qo’yadi?Suv havzalarining tinch oqadigan sayoz joylariga,suv omborlari va ko’llardagi suv o’simliklari ustiga.
115.Zog’ora baliqning tuxumlari qanday urug’lanadi?Erkak baliq tuxumlar ustiga o’zining “sut”ini sepib urug’lanadi.
116.Zog’ora baliqning urug’langan tuxum hujayralaridan qulay sharoitda necha kun ichida mayda baliqchalar rivojlanadi?4 – 6 kun.
117.Baliq chavoqlari nimalar oziqlanadi?Dastlab suvdagi mayda mikroorganizmlar,keyinroq mayda umurtqasiz hayvonlar bilan.
118.Baliq chavoqlarining uzunligi 1 yilda qanchaga yetadi?5 – 10 sm.
119.Zog’ora baliqning naslga g’amxorlik qilish nimadan iborat?Tuxum qo’yish uchun joy tanlashdan iborat.
120.Qanday baliqlar juda ko’p tuxumlar qo’yadi?Nasl to’g’risida g’amxo’rlik qilmaydigan baliqlar.
121.Qaysi baliqlar ko’p tuxum qo’yadi?Okun 300 000 gacha,Treska bir necha mln.
122.Nima sababdan ko’p tuxum qo’yadigan baliqlar naslining juda kam qismi voyaga yetadi?Chunki tuxumlari va lichinkalarining juda ko’p qismi boshqa hayvonlarga yem bo’ladi.
123.Qaysi baliqlarning nasl to’g’risida g’amxo’rlik qilish instinkti kuchli rivojlangan?Chuchuk suv tikanbalig’i, dengiz otchasi,Afrika tilyapiya balig’i.
124.Urchish davrida suv o’tlarini so’lak bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik bilan yopishtirib, urg’ochisiga qulay uya yasaydigan baliq?Tikanbalig’.
125.Qaysi baliqning erkaklari tuxumlarini qorinidagi maxsus xaltachasida olib yuradi?Dengiz otchasi.
126.Qaysi baliqning erkagi urg’ochisi qo’ygan tuxumlarini og’zida olib yuradi?Tilyapiya.

Download 26.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling